Lathyrus belinensisframelesslink=|alt=|framelessCritically Endangered  (IUCN 3.1) IUCN Red list entryIlmiy tasniflashOlamO'simlikYuksak o'simliklar Gulli oʻsimliklar Ikki pallalilar OilaBurchoqdoshlarKichik oilaFaboideaeTurkumLathyrusTurL. belinensisBinar nomiLathyrus belinensisN.Maxted & GoyderframelessThe range of Lathyrus belinensis.

Lathyrus belinensis, shuningdek, Belin noʻxati nomi bilan ham tanilgan, Burchoqdashlar oilasiga tegishli Lathyrus turkumiga mansub tur.

U Turkiya botaniklari Nigel Maxted va David John Goyder tomonidan 1987-yilda kashf etilgan IUCN Red list entry.

L. belinensis 2012-yilda IUCN tomonidan dunyodagi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yuzlab turlar qatoriga kiritilgan.

Tavsif L. belinensis — bir yillik togʻda oʻsadigab oʻsimlik. Koʻtarilish uchun qulay joylar mavjud boʻlganda, poyalarning balandligi 50 — 200 sm ga etadiN. Maxted & D.J. Goyder 1988 A new species of Lathyrus sect. Lathyrus from Turkey. Kew Bulletin 43(4): 711-713. Barglari ikkita varaqchali. Oʻsimlik yozda iyundan avgustgacha gullaydi va gullar kuchli hidga ega. Gullar kichik, odatda kengligi 2,5 sm yoki undan kam. Gulning pastki yarmida sariq, yuqori yarmida toʻq sariq va qizil tomirlar mavjud.

Tarqalishi va oʻsish joyi L. belinensis Turkiyada oʻsuvchi endemik tur hisoblanadi. U Antaliya viloyatida oʻsadi. Ularning yovvoyi populyatsiyasi Belin qishlogʻi chetidagi 2 km² maydon bilan cheklangan. Dengiz sathidan 560 metr balandlikdagi mo''tadil yaylovlar va butazorlardagi toshloq, ohaktoshli tepaliklarda o'sadi. Shuningdek, u qabristonlar, yoʻllarning chetlari, temir yoʻllar va haydaladigan yerlar orasidagi chekkalar kabi sunʼiy yashash joylarida oʻsishi maʼlum. Shuningdek, u kamdan-kam uchraydigan manzarali oʻsimlik sifatida bogʻlarda tabiiy hududdan tashqarida oʻstiriladi.

Tahdidlar L. belinensisning yovvoyi populyatsiyasi faqat bitta hududda joylashganligi sababli xavf ostidaTurkum:CS1 maint: multiple names: authors list Turkum:Oʻsimliklar. U dastlab topilgan yer chorva mollari tomonidan juda koʻp toptalgan, bu esa L. belinensisning omon qolishiga jiddiy taʼsir qiladi. Politsiya binosini qurish jarayonida koʻplab turlarning asl yashash joylari ham yoʻq qilingan. Qolgan yashash joylarining koʻp qismini oʻsimliklarga soya soladigan ignabargli daraxtlar egallangan.

Lathyrus odoratus bilan duragaylash Shirin noʻxat (Lathyrus odoratus) 17-asrdan yetishtirila boshlangan. Koʻplab turli xil rangdagi navlar bogʻbonlar tomonidan tanlab yetishtirilgan: pushti, qizil, binafsha, oq, toʻq sariq va koʻk. Har doim orzu qilingan, ammo erishib boʻlmaydigan ranglardan biri sariq shirin noʻxat edi. Sariq gulli oʻsimlikni yaratish ishlari muvaffaqiyatli boʻlmagan. Koʻplab urinishlardan keyin ham hayotga layoqatli nasl olinmagan. Yangi kashf etilgan Belin noʻxati (L. belinensis) morfologik jihatdan shirin noʻxatga (L. odoratus) juda oʻxshaydi va gulida sariq pigment ham mavjud. Bu uni diragaylash uchun yaxshi nomzodga aylatirgan.

Duragaylash birinchi marta oʻsimlik selektsioneri doktor Keith Hammet tomonidan amalga oshirilgan. Gibridlar dastlab embryo rescue texnikasi orqali yaratilgan B.G. Murray, K.R.W. Hammett. New Sweet Pea (Lathyrus Odoratus) Cultivars Via Interspecific Hybridization with Wild Lathyrus Species K. R. W. Hammett, B. G. Murray, Kenneth R. Markham and I. C. Hallett. Interspecific Hybridization between Lathyrus odoratus and L. belinensis. F1 duragaylari pushti gullarga ega boʻlib, oʻz-oʻzidan steril boʻlgan. Seleksionerlar sariq shirin noʻxat etishtirish umidida bekross chatishtirishni davom ettirishmoqda Keith Hammett. The art of plant breeding Dawn Edwards. Developing a yellow sweet pea.

Gibrid navlar Sariq shirin noʻxatni yaratishga urinish jarayonida turli xil yangi rangga ega shirin noʻxat ranglari yaratilgan. Gibrid shtammlar baʼzan Lathyrus x hammettii deb ataladi. +Gibrid navlarga misollarEdwards, Dawn (2014). „Developing a yellow sweet pea“ (PDF). www.drkeithhammett.co.nz. Retrieved 2022-04-17. Ism TavsifBlu Shift Gullar binafsha rangda gullaydi, keyin koʻk rangga kiradi.Blue Vein Gullar oʻrik rangida gullaydi, keyin toʻq koʻk tomirlari bilan och toʻq sariq rangga kiradi. „Erewhon“ Gullar teskari ikki rangli lavanta standartlari va binafsha qanotlari bilan.Painted Porcelain Gullar krem rangda, barglari pushti pushti qirralarga ega.Porlock Gullar toʻq qizil rangga ega, qanotlari binafsharang, tomirlari bor.Turquoise Lagoon Gullar och pushti rangdan boshlanadi, ammo pishib, firuza rangga aylanadi.

Galereya

Manbalar