Wang Yongpo ( 1987-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining Shenzhen FC klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Wang Yongpo futbolchilik faoliyatini 2004-yilda Shandong Luneng yoshlar akademiyasidan klubning asosiy jamoasiga koʻtarilganida boshlagan. U klubdagi debyutini 2004-yilning 4-dekabrida „ Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan. Uning jamoadagi karyerasi keyingi mavsumda davom etgan, u 2005-yilgi mavsum davomida bir nechta oʻyinlarda maydonga tushgan. U 2007-yilgi mavsumda jamoadoshi Zhen Zhi jamoani tark etib, Charlton Athleticga qoʻshilganida, u klubda mashhurlikka erishgan. Mavsum davomida sezilarli darajada koʻp maydonga tushgan, klub ichida asosiy hujumchi rolini oʻynagan. 2008-yilgi mavsumda u muhim oʻyinchiga aylangan, 16 oʻyin oʻtkazgan va oyoq ligementiga jarohat yetganligi sababli mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, Shandong uchun 7 ta gol urgan.

2017-yilning 8-fevralida Wang Xitoy Superligasining „Tianjin Quanjan“ klubiga 60 million yuan evaziga uch yillik shartnoma asosida o‘tgan. U klubdagi debyutini 2017-yilning 4-martida Guangzhou R&Fga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan. U oʻzini jamoaning muhim aʼzosi sifatida koʻrsata olgan va jamoaga tarixda birinchi marta uchinchi oʻrinni egallashga va Osiyo Chempionlar Ligasiga yoʻl olishiga yordam bergan. Shartnomasi 2019-yil 30-iyulda yakuniga yetib borar ekan, Wang boshqa yuqori divizion jamoasi „Shanghai Shenxua“ bilan shartnoma imzolagan. 2019-yilgi Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritgach Shenxua bilan qisqa muddatdli shartnomasini toʻtatagan va 2020-yil 25-fevralda Shenzhen FC bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Wang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2013-yilning 6-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda u xalqaro maydondagi ilk golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShandong Luneng2004Xitoy Super Ligasi100000 - -102005303000 - -6020068020 -00 -1002007150 - -53202232008167 - - - -1672009266 - -50 -3162010184 - -50 -234201127210 -52 -334201218943 - - -22122013291110 - - -3011201417020 -40 -230201524641 -4210339201613310 -71 -214Jami21548184003583027160Tianjin Quanjian2017Xitoy Super Ligasi23231 - - -263201828210 -101 -393201910200 - - -102Jami616410010100758Shanghai Shenhua2019Xitoy Super Ligasi4010 - - -50Shenzhen F.C.2020Xitoy Super Ligasi6110 - - -71202116143 - - -204Jami222530010100275Karyerada jami30256288004593037873 Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2009 1 0 2010 0 0 2011 0 0 2012 yil 0 0 2013 6 4 2014 1 0 2015 6 3 2016 0 0 2017 2 1 2018 0 0 2019 2 0 Jami 18 8

Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.6.06.2013 Xohxot shahar stadioni, Xohxot, Xitoy 1 — 0 1-2Oʻrtoqlik 2.15.06.2013 Xefey Olimpiya sport markazi stadioni, Xefey, Xitoy 1 — 2 1-5Oʻrtoqlik 3.21.07.2013 Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya 1 — 0 3-3 2013-yil EAFF Sharqiy Osiyo kubogi 4. 2 — 3 5.5.08.2015 Wuhan Sport Center Stadium, Wuhan, Xitoy 2 — 0 2-0 2015-yil EAFF Sharqiy Osiyo kubogi 6.12.11.2015 Xelong stadioni, Changsha, Xitoy 9 — 0 12-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 7. 11 — 0 8.7.06.2017 Tianhe stadioni, Guanchjou, Xitoy 4 — 1 8-1Oʻrtoqlik

Yutuqlari

Klub Shandong Luneng

Xitoy Superligasi : 2006, 2008, 2010 Xitoy FA kubogi : 2004, 2006, 2014 Xitoy Superliga kubogi : 2004-yil Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Shanghai Shenhua

Xitoy FA kubogi : 2019

Shaxsiy yutuqlari

Xitoy Superligasining ichki „Oltin butsasi“ sohibi: 2012-yil Xitoy Superligasining yil jamoasi: 2012, 2013

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar