"Torpedo Moskva" futbol klubi (, FK Torpedo Moskva) – „Torpedo Moskva“ nomi bilan tanilgan, 1924-yilda tashkil etilgan va Moskvada joylashgan Rossiya professional futbol klubi.
„Torpedo“ tarixan sovet davrida ham mamlakat ichida, ham Yevropada katta muvaffaqiyatlarga erishgan Moskvaning yirik klublaridan biri hisoblanadi. Biroq, yaqin tarixda klub moliyaviy muammolar va yomon boshqaruvdan aziyat chekgan. 1938-yildan beri klub SSSR Oliy ligasida ishtirok etishni boshlagan boʻlib „Torpedo“ Rossiya Premyer-ligasining 2006-yilgi mavsumidan soʻng oʻz tarixida birinchi marta quyi ligaga tushib ketgan. 2007-yildan 2024/2025-yillarda asosan Rossiya birinchi ligasida ishtirok etgan. 2014/2015, 2022/2023-yilgi mavsumlarda jamoa Rossiya Premyer-ligasida oʻynagan.
Tarix
Ismlar tarixi
1930—1932 – AMO „Avtomobilnoe Moskovskoe Obshchestvo“ (AMO) ga tegishli. 1933—1936 – ZIS, AMO zavoi nomidan keyin Zavod Imeni Stalina (ZIS) ga oʻzgartirilgan. 1936—1996 – Torpedo Moskva Sovet „B“ ligasining asoschilaridan biri sifatida shu nomaga oʻzgartirilgan. 1996—1998 – Torpedo-Lujniki, Lujniki korporatsiyasining mulkiga aylanganidan soʻng shu nomga oʻzgartirilgan. 1998-yildan hozirgi kungacha – Torpedo Moskva
Klub tarixi „Torpedo“ uch marta Sovet Ittifoqi Oliy ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va yetti marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. „Qora-oqlar“ laqabini olgan Torpedo 1950—1960-yillarning yorqin hujumchisi, „rus Pelesi“ nomi bilan tanilgan Eduard Streltsov davridan beri klub Rossiya futbolida asosiy kuchga aylanmagan. Torpedo jamoasining oʻtmishdagi shon-sharafiga uchta SSSR chempionligi (1960, 1965 va 1976-yil kuzi), oltita SSSR kubogi (1949, 1952, 1960, 1968, 1972, 1986), bitta Rossiya kubogi (1993) gʻoliblilari kiradi. Shuningdek jamoa UEFA kubogi musobaqasida 2 ta va 1991-yilda Ciutat de Lleida Trophy musoboqasida 1 ta oʻyin oʻtkazgan.
Klub 1990-yillarning oʻrtalarida inqirozga qadar ZIL avtomobil zavodiga tegishli edi. ZiL zavodining inqirozi sababli klub Lujniki mulkiga aylangan va Torpedo oʻzining tarixiy joyini tark etib, shahar boʻylab Lujnikiga koʻchib oʻtgan. Bu davrda jamoa nomi (1996—1997) Torpedo-Lujnikiga oʻzgartirilgan. Keyinchalik jamoasi Torpedo Moskva nomini qayta olgan.
1996-yilda ZIL zavodi Moskvaning „Torpedo“ klubini sotgandan soʻng, „Torpedo-ZIL“ jamoasini (1997) tashkil etgan. Yangi Torpedo nomi ostida tashkil etilgan jamoa Rossiya uchinchi ligasida debyut qilgan va 2000-yilda Rossiya Premyer-ligasiga sihtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Premyer-ligaga chiqqanidan soʻng jamoa nomi FC Moskva nomiga oʻzgartirilgan. Biroq, bu yangi jamoa moliyaviy inqiroz sababli 2010-yilgi mavsumni Havaskor futbol ligasida oʻtkazgan, uning egasi va bosh homiysi MMC Norilsk Nikel moliyalashtirishni toʻxtatganidan keyin tarqatib yuborilgan.
ZIL zavodi 2003-yilda „Torpedo-ZIL“ jamoasini sotgandan soʻng, uchinchi divizionda oʻynashni boshlagan „Torpedo-ZIL“ (2003) jamoasini tashkil etgan. Biroq, bu jamoa ham 2011-yilda Birinchi ligaga koʻtarilish harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, tarqatib yuborilgan.
SC Lujniki korporatsiyasi qoʻl ostida (1996—2009), Torpedo Moskva 2006-yilda Birinchi divizionga tushib ketgan va moliyavaiy qiyinchiliklardan soʻng ikkinchi divizionga tushib ketgan. 2009-yil boshida Lujniki korporatsiyasi jamoani yana ZiL zavodiga sotgan. ZIL Torpedo Moskva va Torpedo-ZIL (2003) jamoalarini birlashtiradi, deb taxmin qilingan edi. Keyinchalik jamoalar birlashtirilmadi va buning oʻrniga mustaqil Torpedo Moskva jamoasi 2009-yilni Havaskorlar futbol ligasida oʻtkazgan va ikki mavsum davomida jamoaga tajribali futbolchilarni jalb etilishi natijasida 2011-yilda Birinchi ligaga qaytgan.
2012/2013-yilgi mavsumda Torpedo Rossiya Ikkinchi ligasiga tushib ketishdan arang qutulib qolgan. Chempionat yakuniga koʻra, oʻz vaqtida „Torpedo“da toʻp surgan 42 yoshli Vladimir Kazakov klub bosh murabbiyligiga tayinlangan. Yuqori saviyada oʻynash tajribasiga ega boʻlgan bir nechta oʻyinchilar xarid qilingan. Biroq dastlabki 6 uchrashuvda qora-oqlar atigi ikki ochko ishlab olishga muvaffaq boʻldi, Kazakov aybni oʻz zimmasiga oldi va isteʼfoga chiqgan.
2013-yilda Aleksandr Borodyuk boshchiligidagi jamoa raqobatbardosh boʻla boshladi. Natijada 2013/2014-yilgi mavsumda uchinchi oʻrinni egallagan va Premyer-ligaga chiqish uchun pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Jamoa 2014-yil 18-may kuni shahar chetidagi Ramenskoye stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda, avvalgi mavsumda 14-oʻrinni egallagan Premyer-liga jamoasi „Krilya Sovetov Samara“ni 2:0 hisobida magʻlub etgan. 22-may kuni Samaradagi „Metallurg“ stadionida kechgan javob uchrashuvida „ Torpedo“ durang natija qayd etgan va shu tariqa umumiy hisobda gʻalaba qozongan va sakkiz yillik tanaffusdan soʻng Premyer-ligaga qaytgan.
2014/2015-yilgi mavsum Premyer-ligada Torpedo uchun yomon boshlangan. Birinchi oʻyinda klub Moskvaning CSKA jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Mavsum oxirida jamoa 15-oʻrinni egallaganidan soʻng, Rossiya futbol milliy ligasiga (Rossiya birinchi ligasi) tushib ketgan. Moliyaviy qoʻllab quvvatlovning yoʻqligi sababli, „Torpedo“ faqat 2015/2016-yilgi mavsumda uchinchi darajali Rossiya Professional Futbol Ligasida oʻynash uchun litsenziya olishi mumkin edi va shu bilan Rossiyaning 3-darajali ligaasiga tushib ketgan.
2017-yilda rossiyalik milliarder, Ingrad koʻchmas mulkni rivojlantirish kompaniyasi va Rossium konserni rahbari Roman Avdeyev Torpedo jamoasini sotib olgan.
Torpedo klubining uy stadioni Eduard Streltsov stadioni ham „Rossium“ korporatsiyasiga tegishli. 2017-yilda Roman Avdeyev stadionni rekonstruksiya qilishni eʼlon qilgan. Ishlar 2019—2020-yillarda boshlangan, va ishlar tugallangach, sigʻimi 15 000 (barcha oʻrinli) boʻlgan.
2018-yil iyul oyida Erving Botakaning Moskvaning „Torpedo“ klubiga qaytishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani, ultras qora tanli futbolchining klubda oʻynashiga ruxsat bermagani sababli klub uning shartnomasini bekor qilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik Torpedo buni rasmiy bayonot orqali rad etdi, ammo Torpedo ultras oʻz bayonotida qatʼiy edi. Torpedoga Moskva va Ingrad kredit banki oʻzaro homiylik kelishuviga erishgan. 2018/2019-yilgi mavsum oxirida jamoa FNLga koʻtarilishga erishgan.
„Torpedo“ 2022-yil 21-may kuni Rossiya futbol milliy ligasida gʻalaba qozonib, Premyer-ligaga qaytishni taʼminlagan.
Raqobat va qoʻllab quvvatlash "Torpedo" muxlislari klubi „Spartak“ muxlislar fan-klubi bilan yaqin aloqalarga ega. „Torpedo“ jamoasining raqobati Moskvaning boshqa klublari („Spartak“dan tashqari), „Lokomotiv“, „CSKA“ va „Dinamo“ jamoalari bilan boʻlib, bu jamoalarga qarshi Moskva derbilarida muxlislar alohida tayyorgarlik koʻrishadi.
Xabar qilinishicha, baʼzi muxlislar oʻyin paytida ham, oʻyindan tashqarida ham oʻta oʻng tomondagi belgilar va bannerlarni koʻrsatishgan, masalan, Seltik xochi va Svastika. bu haqda bir necha marta OAV tomonidan salbiy xabar berilgan.
Formalar, toʻplam yetkazib beruvchilar va homiylar Hamkorlik davriIshlab chiqaruvchiHamkorlik davriSovrin homiysi1976—1990Adidas1976—1987Homiylar yoʻq1988—1990Danieli1990—1996Umbro1990—1991Kodak Copiers1991—1996Holsten1997—1998Reebok1997Homiylar yoʻq1998Reebok1999—2003Diadora1999Homiylar yoʻq2000Rosneft2001—2003Homiylar yoʻq2004Le Coq Sportif20042005—2009Umbro2005—20082009Energy Consulting2010Adidas20102011—2012Umbro2011—2012Agent.ru2012—2013Adidas2012—2013ZiL2013—2018Legea2013Homiylar yoʻq2014—2015Gorenje2018—2019Joma2018—2022INGRAD2019—2020Macron2020—2022Nike2022—2023Puma2022—2024Pari2023—2024Wildberries2024—Puma2024—Tennisi bet
Yutuqlari
Mahalliy musobaqalar
Rossiya milliy futbol ligasi Gʻoliblar (1): 2021-22 Sovet oliy ligasi: Gʻoliblar (3): 1960, 1965, 1976 (kuz) Ikkinchi oʻrin (3): 1957, 1961, 1964 Sovet kubogi / Rossiya kubogi: Gʻoliblar (7): 1949 , 1952, 1960, 1968, 1972, 1985-86, 1992-93 Ikkinchi oʻrin (9): 1947, 1958, 1961, 1966, 1977, 1982, 1988-88, 1988-89, 1990-91 Sovet Superkubogi: Ikkinchi oʻrin (1): 1987-yil
Norasmiy
Ciutat de Lleida kubogi: 1
1991-yil
Yevropa musoboqalarida ishtirok Moskvaning „Torpedo“ klubining Yevropadagi eng yaxshi ishtiroki 1990/1991-yilgi UEFA Kubogi chorak finaliga qadar etib borishi, penaltilar seriyasida „Brøndby“ jamoasiga yutqazishi va 1986–87 yilgi Yevropa kubogi gʻoliblari kubogining chorak finalida „Bordo“ klubiga safardagi gollar evaziga magʻlub boʻlishgan.
Yoshlar tizimi Torpedo Rossiyadagi eng yaxshi va eng yirik futbol taʼlim tuzilmalaridan biriga ega. Klub akademiyasidan tortib, klub bilan bogʻliq boʻlgan shahar boʻylab bir nechta futbol maktablarigacha, ularga moliyaviy va texnik yordam koʻrsatadi. Keyinchalik klub akademiyasiga aylanadigan Torpedo futbol maktabi 1957-yilda tashkil etilgan va anʼanaviy ravishda Rossiyadagi eng kuchli futbolchilarni tayyorlaydigan futbol maktablaridan biri boʻlib kelgan, koʻplab oʻyinchilar asosiy jamoaga oʻtishgan, asosiy jamoaga jalb etilmagan oʻyinchilar esa Rossiya ligasining turli xil jamoalarida oʻz oʻrinlarini topishgan. Torpedo maktabi tarixning turli davrlarida Torpedo-ZIL va FK Moskvaning yurisdiktsiyasi ostida boʻlib, klub egaligi oʻzgargan.
Klub Rossiyaning tarixdagi eng muhim futbolchilarini, jumladan, milliy terma jamoa afsonalari, egizak aka-uka Aleksey Berezutskiy va Vasiliy Berezutskiy, keyinchalik klubni boshqaradigan Sergey Ignashevich va „Torpedo“ stadioni uning nomi bilan atalgangan klub afsonasi Eduard Streltsovni tarbiyalagan. Klubning mashhur akademiyasining boshqa bitiruvchilari orasida „Chelsea“ va „Seltik“ jamoalarining sobiq darvozaboni Dmitriy Xarin, „Zenit“ darvozaboni Andrey Lunyov, Pavel Mamayev, Kirill Nababkin, Valentin Ivanov, Valeriy Voronin, Aleksandr Ryazantsev bor.
„Torpedo“ jamoasining zaxira tarkibi, oʻz akademiyasining eng yuqori darajasi, Rossiya futbol piramidasida Torpedo-d Moskva (1992–1993-yillarda Rossiya Ikkinchi Ligasi, 1994–1995-yillarda Rossiya Uchinchi Ligasi), Torpedo-Lujniki-d Moskva (1996–1997-yillarda Rossiya uchinchi ligasi) va FK Torpedo-2 Moskva (1998–2000-yillarda Rossiya Ikkinchi divizioni) nomlari ostida professional ligalarda oʻynagan. Oʻsha davrdan beri farm jamoa "Torpedo-M" nomi bilan yoshlar futboliga qaytgan.
Oʻyinchilar
Joriy tarkib 2024-yil 17-avgust holatiga koʻra, Rossiya Birinchi Ligasi rasmiy sayti
Qaydnomaga kiritilmagan futbolchilar
Ijaraga berilgan futbolchilar
Xodimlar LavozimNameNationalityBosh murabbiyOleg Kononov Katta murabbiy:Vitali Yatsko Yordamchi murabbiy:Pavel KirilchikDarvozabonlar murabbiyi:Igor TelkovKatta jismoniy tayyorgarlik murabbiyiRamil SharipovJismoniy tayyorgarlik murabbiyi:Dmitri GoryainovFizoterapevt:Artyom GoryainovTahlilchi:Igor StebenevJamoa nazoratchisi:Valeri SkorodumovAdministrator:Aleksandr PetrovAdministrator:Aleksandr NikolaevAdministrator:Artyom AndreyevBosh shifokor:Kirill IvanovShifokor:Yan GobedashviliFizioterapevt:Aleksei ZavgorodniReabilitolog-fizioterapevt:Ilya NabatchikovMassajchi:Aleksandr KrasilnikovMassajchi:Stjepko Škreblin Jamoa operatori:Andrei Sherstobitov
Mashhur futbolchilar Nomi qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar Torpedoda oʻynab, oʻz mamlakatlarining terma jamalarida oʻynaganliklarini bildiradi.
USSR/Russia Leonid Buryak Vyacheslav Chanov Viktor Grachyov Valentin Ivanov Viktor Losev Aleksandr Maksimenkov Nikolai Manoshin Slava Metreveli Nikolai Parshin Valeriy Petrakov Boris Pozdnyakov Sergei Prigoda Vladimir Sakharov Nikolai Savichev Yuri Savichev Sergey Shavlo Eduard Streltsov Yuri Susloparov Valery Voronin Vasili Zhupikov Dmitri Kharine Andrei Chernyshov Oleg Shirinbekov Sergey Shustikov Igor Chugainov Andrei Afanasyev Diniyar Bilyaletdinov Denis Boyarintsev Aleksei Bugayev Viktor Bulatov Yevgeni Bushmanov Vyacheslav Dayev Vadim Evseev Yury Gazinsky Lyubomir Kantonistov Dmitri Khokhlov Oleg Kornaukhov Ilya Kutepov Andrey Lunyov Pavel Mamayev Yuri Matveyev Ivan Novoseltsev Aleksandr Panov Nikolai Pisarev Aleksandr Podshivalov Denis Popov Aleksandr Ryazantsev