Zhang Chenglin () (1987-yil 20-yanvarda Bengbu shahrida tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „ Guangzhou“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Zhang Chenglin oʻz futbolchilik faoliyatini Shenyang Ginde bilan 2005-yil 14-avgustda Liaoning FCga qarshi oʻyinda boshlagan. Chju Bo klub bosh murabbiyi sifatida kelganidan keyingina Zhang klub uchun asosiy tarkibda maydonga tusha boshlagan va u 2009-yilning 3-iyulida Guangzhou Pharmaceutical darvozasiga oʻzining birinchi ligadagi golini kiritgan. 2010-yilgi liga mavsumiga kelib, Zhang yangi tayinlangan murabbiy Miodrag Jesic tomonidan jamoaning markaziy himoyasiga joylashtirilgan va hatto Wang Qiang bilan tandem hosil qilgan. Biroq, klub mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketgan.

Keyin Zhang 2010-yil dekabr oyida ukasi Zhang Chengxiang bilan yuqori diviziondagi Shaanxi Chanbaga oʻtgan. U 2011-yilning 10-aprelida Li Chunyuning o‘rniga Shenzhen Rubyga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan holda klub safidagi debyutini o‘tkazgan. Oʻyindan soʻng u jamoa himoyasining muhim aʼzosiga aylangan va 2011-yilning 23-oktyabrida Nanchang Hengyuanga qarshi 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchralgan liga oʻyinida klub uchun birinchi golini kiritgan. 2012-yilgi mavsum boshida Zhang Guizhouga koʻchib oʻtishga va oʻz nomini Guizhou Renhe deb oʻzgartirgan klub tarkibiga qoʻshilgan.

Zhan 2016-yilning 29-noyabrida Xitoy Superligasi vakili „Guangzhou Evergrand“ga o‘tgan. U 2017-yilning 10-martida „Shandong Luneng Taishan“ga qarshi oʻyinning 85-daqiqada Chen Zepengning o‘rniga maydonga tushgan. 2017-yil 1-avgust kuni u klub uchun birinchi golini 2017-yilgi Xitoy FA kubogi beshinchi bosqichi javob o‘yinida Guangzhou R&F darvozasiga kiritgan. 2018-yilning 28-oktabr kuni u „Guangzhou“ uchun birinchi ligadagi golini „Guizhou Hengfeng“ darvozasiga kiritgan.

2019-yil 7-fevralda Zhang 2019-yilgi mavsum uchun birinchi divizion jamoasi Tianjin Tianxay klubiga ijaraga berilgan. 2019-yilning 1-martida u o‘zining sobiq jamoasi „Guangzhou Evergrand“ga qarshi oʻyinda klub uchun debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2010-yil 12-oktabrda Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini milliy terma jamoa tarkibida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinOʻyinOʻyinGolOʻyinGolChangsha Ginde2005Xitoy Super Ligasi90?0?0 - -902006110?0 - - -110200740 - - - -40200851 - - - -512009191 - - - -1912010273 - - - -273Total75500000000755Beijing Renhe2011Xitoy Super Ligasi24120 - - -261201229461 - - -355201326550 -51 -366201426320 -5010343201529420 - - -3142016Xitoy Birinchi Ligasi14100 - - -141Jami14818171001011017620Guangzhou Evergrande2017Xitoy Super Ligasi6051 -1010131201811120 -1000141Jami17171002010272Tianjin Tianhai (Ijara)2019Xitoy Super Ligasi15220 - - -172Wuhan Zall (Ijara)2020Xitoy Super Ligasi17130 - -10211Kunshan F.C. (Ijara)2021Xitoy Birinchi Ligasi30211 - - -313Karyerada jami30229303001213034733

Yutuqlar

Klub Beijing Renhe

Xitoy FA kubogi : 2013 Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil

Guangzhou Evergrand

Xitoy Superligasi : 2017-yil Xitoy FA Superkubogi : 2018-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar