Benjamin Mendy (; 1994-yil 17-iyulda Fransiyaning Longjumeau shahrida tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, chap qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynaydi. 2025-yilgi mavsumda Shveysariya Superligasining „Zürich“ klubida toʻp tepgan.
Le Havre yoshlar akademiyasida taʼlim olgan Mendy oʻzining futbolchilik faoliyatini 2010-yilda klubning zahira jamoasida boshlagan va bir yildan soʻng asosiy tarkibga koʻtarilgan. U 2013-yilgacha shu klubda qolib, keyin Ligue 1 klubi „Marsel“ga oʻtgan. Mendy keyingi uch mavsumni „Les Olympiens“ bilan oʻtkazdi, soʻngra „Monako“ga oʻtib, u yerda 2016-17 yillarda milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi.
2017-yilda Mendy Angliyaning „Manchester City“ klubiga taxminan 52 million funt sterlingga oʻtdi, bu paytda bu himoyachi uchun jahon rekord transferi edi. U Angliyadagi birinchi mavsumidayoq Premyer-ligada gʻolib boʻldi. 2021-yilda Mendy jinsiy zoʻravonlikda ayblanib qamoqqa olingan va „City“ tomonidan chetlatilgan. U 2023-yildagi ikkita sud jarayonida barcha ayblovlardan oqlandi. Mendining shartnomasi tugashi bilan 2023-yil iyun oyida „Manchester City“ uni ozod qildi. 2023-yil iyul oyida Mendy Ligue 1 klubi „Lorient“ bilan erkin transfer asosida shartnoma imzoladi.
Mendy 2017-yilda Fransiya milliy terma jamoasida debyut qildi. Bunga qadar u Fransiyaning 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida oʻynagan edi. Benjamin Fransiya terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilgan va jamoasi bilan birga chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Yutuqlar Monako
Fransiya chempioni: 2016/2017
Manchester City
Angliya chempioni (3 karra): 2017/18, 2018/19, 2020/21 Futbol Ligasi kubogi sohibi (2 karra): 2019/20, 2020/21 Angliya Superkubogi gʻolibi: 2018-yil UEFA Chempionlar ligasi finalchisi: 2020-21
Fransiya terma jamoasi (19 yoshgacha)
Yevropa chempioni (19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar): 2013-yil
Fransiya terma jamoasi
Jahon chempioni: 2018-yil
Shaxsiy yutuqlari
Faxriy legion ordeni: 2018-yil
Manbalar
Havolalar
Benjamin Mendy FC Zürich saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyulda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Le Havre AC futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:FC Lorient futbolchilari Turkum:FC Zürich futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Monakodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shveysariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik musulmonlar