Farhod Baqoyevich Umarov (1977-yil) oʻzbek moliyachi-iqtisodchisi va davlat arbobi, 2020-yil 28-avgustdan 2020-yil 7-noyabrgacha Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

Tarjimai holi 1977-yilda tug'ilgan. 1999-yilda Buxoro davlat texnika universitetini, 2007-yilda esa Toshkent moliya institutini tamomlagan. Oʻtgan yillar davomida Moliya vazirligining Buxoro viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi, Buxoro viloyati hokimligi moliya boʻlimiga rahbarlik qilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 2017-yildan 2021-yilgacha viloyat hokimining moliya-iqtisodiy masalalar va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Shu davrda, ya'ni 2020-yil 28-avgustdan 2020-yil 7-noyabrgacha Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajargan.

Manbalar

Turkum:Buxoro viloyati hokimlari