Amey Ganesh Ranawade (1998-yil 7-martda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasida „Mumbay City“ himoyachisi.
Oʻyindagi faoliyati
Mohun Bagan 2018-yil yanvar oyida Amey yangi Mohun Bagan kattalar jamoasiga qoʻshildi.
Mumbay City FC 2020-yilda Amey Ganesh Ranawade „Mumbay City“ klubiga qoʻshildi. Oʻsha mavsumdan soʻng ushbu klub muxlislarining eʼtiborini tortdi va koʻplab mutaxissislar tomonidam iliq firklar bildirildi. Ushbu klubda mana qariyb ikki yildan buyon oʻynayotgan boʻlishiga qaramay, Amey Ganesh Ranawade hali biron bir rasmiy uchrashuvda gol ura olgani yoʻq. 2021-yilning 17-iyunida Ranawade „Mumbay City“ FC klubi bilan toʻrt yillik shartnomani uzaytirdi va yangi tuzilgan shartnoma bandlariga koʻra futbolchi u yerda 2025-yilning mayigacha qoladigan boʻldi. Keyinchalik Amey Ganesh Ranawade klubning 2022-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida oʻynaydigan tarkibiga ham kiritildi.
Amey Ganesh Ranawade jami hisobda 30 marotaba turli yosh toifalaridagi Hindiston terma jamoasida oʻynagan. Shundan 25 tasini Hindistonning 17 yoshgacha yosh futbolchilaridan iborat Hindiston U7 va qolgan 5 ta oʻyinini Hindiston U20 jamoasida oʻtkazgan. Terma jamoa safida 30 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlishiga qaramay, Amey Ganesh Ranawade Hindistonning hech qaysi yosh toifasidagi terma jamoasi safida bironta ham gol ura olmagan, lekin 3ta (shulardan 2tasi Hindiston U17 jamoasi safida) golli uzatmani amalga oshira olgan. Amey Ganesh Ranawadening eng muvaffaqiyatli klub faoliyati Mumbay City jamoasida boʻlgan. Ushbu jamoa safida Amey Ganesh Ranawade jami 32 ta oʻyinda maydonga tushgan (ikki mavsum davomida). Lekin Amey Ganesh Ranawade oʻzining eng muvaffaqiyatli mavsumlarida ham bironta gol ura olmagan.
Karyera statistikasi
Klub
Klub Mavsum Liga Kubok OFK Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar DSK Shivajians 2016-17 I-liga 0 0 0 0 - 0 0 Goa 2017-18 Hindiston Superligasi 0 0 1 0 - 1 0 Mohun Bagan 2018-19 I-liga 4 0 0 0 - 4 0 Goa 2019-20 Hindiston Superligasi 2 0 0 0 - 2 0 Bengaluru Yunayted 2020 I-liga 2-divizioni 4 0 0 0 - 4 0 Mumbay City 2020-21 Hindiston Superligasi 20 0 0 0 - 20 0 2021-22 12 0 0 0 0 0 12 0 Karyera jami 42 0 1 0 0 0 43 0
Yutuqlari
Klub Mohun Bagan
Kalkutta futbol ligasi: 2018-19
Mumbay City
Hindiston Superligasi Premerlari (Liga gʻoliblari qalqoni): 2020-21 Hindiston Superligasi: Chempionlar 2020-21
Manbalar
Havolalar
ESPN profili Sports Keeda profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Hindistonlik erkak futbolchilar