Faxriddin Shamsiddinovich Shamsiddinov (1907—1983-yil 15-noyabr) — sovet va oʻzbek davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1965—1978), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1972).

Tarjimai hol 1935-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. 1942-yildan KPSS (b) a'zosi.

1924—1929-yillarda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi 1935—1942-yillarda muhandis, sug‘orish tizimi boshlig‘i, katta muhandis, viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, 1942—1945-yillarda tuman Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, 1945—1947-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Marhamat tuman qoʻmitasi birinchi kotibi (Andijon viloyati), 1947—1951-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vaziri; 1951—1953-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari; 1953—1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudirining oʻrinbosari, 1954—1955-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi kotibi, 1955—1959-yillarda Farg‘ona viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, 1959—1960-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi kotibi, 1960—1963-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi, 1963—1965-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi, 1965—1978-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Keyinchalik Katta Farg‘ona kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i.

SSSR Oliy Kengashining 7-9-chaqiriq deputati.

Mukofotlar va unvonlar Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1972).

Havolalar Шамсудинов Фахредин Шамсудинович (рус.). Сайт «Герои страны». Некролог

Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Fargʻonada vafot etganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:15-noyabrda vafot etganlar Turkum:1907-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari