Anton Roxusovich Shox (1960-yil 7-yanvar, Jambil — 2009-yil 7-mart, Ust-Kamenogorskhttp://www.gazeta.ru/sport/2009/03/a_2954355.shtml) — SSSR va Qozogʻistonlik futbolchi va futbol murabbiyi.

Faoliyati

Futbolchi Kelib chiqishi Volga boʻyidan kelgan nemis. Otasi Shox Rohus 50-yillarda qatagʻonga uchrab, 2000-yilda oqlangan.ʼ.

1978-yili „Ximik“da faoliyatini boshlagan. U birinchi oʻyinini 1979-yil 24-mayda „Meliorator“ga qarshi oʻtkazdi, toʻqson daqiqa oʻynadi va bitta gol urdi.

1979—1985-yillari „Qayrat“da oʻynab, 170 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi. „Qayrat“ safidagi ilk oʻyinini 1979-yil 1-sentabrda "Shaxtyor" (Donetsk) jamoasiga qarshi oʻtkazib. U oʻsha yilning 17-oktabrida "Zarya„ darvozasiga ilk golini urgan, oʻyin 1:1 hisobida durang bilan tugagan. U ikkinchi golini oʻsha yilning 16-noyabrida “Lokomotiv" darvozasiga kiritdi. U 1985-yilda SSSR chempionatida sakkizta gol muallifiga aylandi. Uning „Qayrat“ safidagi soʻnggi oʻyini 1985-yil 19-noyabrda oʻzining boʻlajak klubi „Dnepr“ga qarshi oʻtkazilgan boʻlib, Shox bitta gol urib, 80-daqiqada almashtirilgan. Mazkur bahsda „Qayrat“ 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

1986-yili „Dnepr“ga oʻtdi. „Dnepr“ safidagi ilk oʻyinini 16-martda „Zenit“ga qarshi oʻtkazdi. Taqdir taqozosi bilan u dneprliklar safidagi ilk golini oʻsha yilning 2-may kuni „Qayrat“ darvozasiga kiritdi, Olmaotadagi oʻyin 2:2 hisobida yakunlangandi. 17-sentabr kuni u UEFA kubogining birinchi bosqichi boʻlgan "Legiya"ga qarshi Yevropa turnirlarida debyut qildi.

1988-yil 8-martda „Dinamo Kiyev“ga qarshi oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. SSSR chempioni boʻldi.

1990-yilda Avstriyaning LASK klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik u yana SSSR, Ukraina va Finlandiya klublarida oʻynab, 1995-yilda faoliyatini yakunladi. Oʻsha yili Ukrainaning „Evis“ klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Murabbiylik 2004-yili 19 yillik tanaffusdan soʻng Qozogʻiston futboliga qaytdi, „Atirau“ning bosh murabbiy etib tayinlandi. 2004-05-yillarda Qozogʻiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Timofeevning yordamchisi boʻlgan. Ayni vaqtda Qozogʻiston yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.

2009-yilda yana u „Atirau“ jamoasiga, keyin Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga murabbiy boʻldi. Oʻsha yilning mart oyida u „Vostok“ — „Atirau“ uchrashuvidan soʻng toʻsatdan vafot etdi. U Volgoradda, ota-bobolari yonida dafn etilgan.

Yutuqlar

Dnepr

SSSR chempioni: 1988 SSSR chempionatining kumush medali sovrindori: 1987, 1989 SSSR kubogi: 1989

Manbalar

Havolalar

Profil (Transfermarktda)

Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:7-yanvarda tugʻilganlar Turkum:2009-yilda vafot etganlar Turkum:7-martda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik futbol murabbiylari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:LASK futbolchilari Turkum:FC Metalurg Zaporojye futbolchilari Turkum:Hapoel Tzafririm Holon F.C. futbolchilari Turkum:FC Rotor Volgograd futbolchilari Turkum:FC Kremin Kremenchuk futbolchilari Turkum:Rovaniemen Palloseura futbolchilari Turkum:MFC Mykolaiv futbolchilari Turkum:FC Niva Ternopil futbolchilari Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Vorskla Poltava futbolchilari Turkum:FC Lada-Tolyatti futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar