1992-yilgi futbol boʻyicha Markaziy Osiyo kubogi FIFA tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari terma jamoalari oʻrtasidagi futbol turniridir. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida birinchi boʻlib bunday turnir (ikkinchisi 1994-yil aprelda Toshkentda boʻlib oʻtgan, keyingi turnirlar oʻtkazilmagan).

Bu sobiq SSSRning mustaqil Markaziy Osiyo respublikalari jamoalari ishtirok etgan birinchi xalqaro turnir edi. Turnir 1992-yil 1-iyundan 25-oktyabrgacha oʻtkazilgan. Turnirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston terma jamoalari ishtirok etgan.

Liga formatiga ega boʻlgan turnir davomida jamoalar oʻzaro ikkita davra oʻyinini oʻtkazishdi — uyda va safarda. Tojikiston terma jamoasi ikkinchi davradan keyin moliyaviy qiyinchiliklar va u yerda boshlangan fuqarolar urushi sabab musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgan. Turnir natijasida ushbu jamoaning barcha natijalarini bekor qilishga qaror qilingan. Qolgan toʻrtta jamoa 6 tadan oʻyin oʻtkazgan. Turnir gʻolibi 9 ochko jamgʻargan Qozogʻiston, 7 ochko jamgʻargan Oʻzbekiston kumush, 6 ochko jamgʻargan Turkmaniston terma jamoasi bronza medali sohibiga aylangan.

Musboqa oʻtkazilish tartibi Turnir dumaloq tizimda oʻtkazildi, ishtirokchilar oʻz uylarida va safarda ikki marta toʻqnash kelishdi. Turnir yakunida Qozogʻiston terma jamoasi gʻolib deb topildi.

Oʻtkazilgan oʻyinlar

Yakuniy turnir jadvali JamoalarOʻGʻDM+/-OQozogʻiston63307-39Oʻzbekiston631212-67Turkmaniston62227-46Qirgʻiziston61143-163

Tojikiston terma jamoasi ikkinchi davradan keyin musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi. Turnir natijasida ushbu jamoaning barcha natijalari bekor qilingan.

Toʻpurarlar #FutbolchiGol (pen)1 Azamat Abduraimov 6 (5) 2 Ulugʻbek Roʻzimov 2 2 Vitaliy Zolotuxin 2 2 Ruslan Duzmambetov 2 2 Shuhrat Maqsudov 2 2 Chariyar Muxadov 2 2 Nikolay Kurganskiy 2

Yana qarang

Futbol boʻyicha 1994-yilgi Oʻzbekiston Mustaqillik kubogi Futbol boʻyicha 2007-yilgi Alma TV kubogi

Manbalar

Markaziy Osiyo Kubogi 1992 Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinlari 1992 Qozogʻiston terma jamoasining 1992-1999 yillardagi oʻyinlari Qirgʻiziston terma jamoasining 1992-1999 yillardagi oʻyinlari Tojikiston terma jamoasining 1992-1999 yillardagi oʻyinlari Turkmaniston terma jamoasining 1992-1999 yillardagi oʻyinlari

Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi oʻyinlari Turkum:Markaziy Osiyo futbol jamoalarining turnirlari Turkum:Milliy futbol jamoalari musobaqalari