Azimjon Olimjon oʻgʻli Axmedov (1992-yil 4-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. 2023-yildan Bekobodning „Metallurg“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati Azim Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yildan 2015-yilgacha ushbu klub tarkibida oʻynagan. Bu vaqt ichida u 91 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 2016-yilning yanvar oyida Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019-yil mavsum boshida yana sobiq klubi „Navbahor“ jamoasi safiga qaytgan.

2022-yil mavsum yakunida Yaypanning „Turon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtida „Turon“ jamoasidagi moliyaviy muammolar sababli ikki taraflama kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan. 2023-yil 29-iyulda Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoa faoliyati 2014-yil 28-mayda Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti oʻyinini oʻkazgan.

Yutuqlari

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2018, 2022 Oʻzbekiston Kubogi kumush medal sohibi: 2018, 2022, 2024

Oʻzbekiston Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2015

Shaxsiy hayoti Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Axmedovning ukasi.

Manbalar

Havolalar

Azim Axmedov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Namangan viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar