Anvar Alisherovich Rahimov (1988-yil 20-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Lokomotiv U21 jamoasi bosh murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati Faoliyatini 2006-yilda „Xorazm“ klubida boshlagan. 2007—2012-yillarda Toshkentning „Bunyodkor“ klubida oʻynagan. Anvar keyinchalik Paxtakor, Andijon, Soʻgʻdiyina, Qoʻqon 1912 va Oqtepa jamoalarida oʻynagan. Anvar 2017-yilgi mavsum soʻngida Sementchi jamoasi tarkibida faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati 2018-yilgi mavsumda Chigʻatoy klubida bolalar murabbiy sifatida faoliyatini boshlagan. 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston U15 terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida qabul qilingan. 2023-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi bilan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidan jahon chempionatida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. 2024-yil qisqa muddat Oʻzbekiston U16 jamoasiga ustozlik qilgan. 2022—2023-yillarda Bunyodkor klubining U21 jamoasida yordamchi murabbiylik qilgan. 2024-yilda Bunyodkor-Farm klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2025-yilgi mavsumda Bunyodkor klubining oʻrinbosarlar tarkibi, U21 jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

2026-yil Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va U21 jamoasi murabbiyi etib tayinlangan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi: 2007 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2008, 2010 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007

Manbalar

Havolalar

Anvar Rahimov Transfermarkt saytida Anvar Rahimov Footballdatabase saytida Anvar Rahimov Footballfactsru saytida

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:20-fevralda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Bunyodkor-2 klubi murabbiylari