Valeriy Vasilevich Vasilenko (1950-yil 30-iyunda tugʻilgan – 2008-yil 18-yanvarda vafot etgan) – rus millatiga mansub oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini 1967-yilda Toshkentning „Toshkentkabel“ havaskorlar jamoasida boshlagan. 1969-yilda Olmaliqning „Metallurg“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1971-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingan. Valeriy Paxtakor jamoasi tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazgan, shu bois 1972-yilning yozida Yangiyer klubi tarkibiga oʻtgan. 1975-yilda Permning Zvezda klubda olti oy davomida oʻynagan, soʻngra Yangiyerga qaytgan va nomi oʻzgargan „Meliorator Yangiyer“ jamoasiga oʻtgan. 1976-yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab, „Traktor Toshkent“ klubiga yordamchi murabbiy safatida yordam bergan. 1987—2008-yillarda „Xonqa“, „Kosonsoy“, „Jayxun Urganch“, „Ximik/Kimyogar Olmaliq“, „Soʻgʻdiyona Jizzax“, „Atlaschi Margʻilon“ va „Mashʼal Muborak“ klublarini boshqarganSO VSYeX KONTINYeNTOV.
Yutuqlar
Yangiyer
SSSR Ikkinchi ligasi chempioni: 1976
Manbalar
Havolalar
Valeriy Vasilenko Footballfactsru saytida
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Olmaliq klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Xonqa klubi murabbiylari Turkum:Kosonsoy futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Xorazm klubi murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Atlaschi Margʻilon klubi murabbiylari Turkum:Kimyogar Olmaliq klubi murabbiylari