Jung Jo Gook () (1984-yil 23-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, „Jeju United“ klubiga murabbiylik qiladi.
Klubdagi faoliyati
Seoul FC 2003-yilda Daesin oʻrta maktabini tugatib, Jung Jo-Guk oʻzining ilk katta klubi „Seoul“ klubiga (oʻsha paytda Anyang LG Cheetahs nomi bilan atalgan) qoʻshilgan. Jung jamoada hujumchi sifatida oʻynagan. U oʻzining debyut mavsumida 32 oʻyinda 12 ta gol urgan va 2003-yilda K ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan. Biroq, uning yaxshi oʻyinlari uzoqqa choʻzilmagan va 2007-yilgacha doimiy jarohati tufayli oʻz darajasida oʻynay olmagan. 2008-yilning ikkinchi yarmida u oʻzining jismoniy holatini qayt tiklagan va 14 uchrashuvda 8 ta gol urgan.
AJ Auxerre "Seoul" klubining K ligasi chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berganidan soʻng Jung Fransiya Liga 1 jamoasi AJ Auxerre bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Auxerrening shartnoma taklifini qabul qilib, u Liga 1da harakat qiladigan uchinchi koreyalik futbolchi boʻlgan. 2010-yil 3-yanvarda Jung ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. U 2011-yilning 8-yanvarida ES Wasquehalga qarshi o‘yinda AJ Auxerre safida debyut qilgan. 2011-yil 29-yanvarda Jung Liga 1da AJ Auxerre uchun debyut oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan.
2010/2011-yilgi mavsumda Jung „Auxerre“ uchun safida zaxiradan 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Biroq, u 2011/2012-yilgi mavsumda Liga 1ning boshqa jamoasi AS Nansyga 2011-yil 16-sentyabrda mavsum oxirigacha ijaraga berilgan.
FC Seoulga qaytishi 2012-yil 6-iyulda Jung Jo-gook „Seoul“ klubiga qaytib kelgan va 2015-yilgi mavsumga qadar harbiy xizmatni oʻtash uchun Ansan Police FCda toʻp surgan.
Gwangju FC 2016-yilning 11-yanvarida Jung Jo Gook „ Gwangju“ klubiga qo‘shilgan. U yaxshi mavsum oʻtkazgan va 31 liga oʻyinida 20 gol urib, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini yakunlagan. Bu natija tufayli u K ligasi eng yaxshi toʻpurari mukofotiga sazovor boʻlgan.
Xalqaro faoliyati Jung Jo-Gook oʻzining milliy termadagi faoliyatini 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoadan boshlagan, barcha yosh toifalarida (U-20 va U-23) ishtirok etgan va hozirda kattalar terma jamoasida oʻynaydi. Shu vaqt ichida u 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2006-yil 16-avgust Zhongshan futbol stadioni, Taypey, Tayvan 2 — 0 3-0 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi 2. 2006-yil 6-sentyabr Suvon Jahon kubogi stadioni, Suvon, Janubiy Koreya 2 — 0 8-0 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi 3. 4 — 0 4. 8 — 0
Faoliyati statistikasi KlubLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolJanubiy KoreyaLigaKFA KubogiLiga KubogiOsiyoJami2003Anyang LG CheetahsK Liga321200 - -32122004FC Seoul18225126 -3213200516321100 -284200617431102 -30720071223073 -22520081480071 -21920092171140743312201026121031 -3013FransiyaLigaFransiya KubogiLiga KubogiYevropaJani2010—11AJ AuxerreLiga 11521000 -1622011—2012100000 -102011—2012AS Nancy (Ijara)2021000 -212Janubiy KoreyaLigaKFA KubogiLiga KubogiOsiyoJami2012FC SeoulK Liga17400 - -1742013Ansan Police FCK Liga24910 - -259201411700 - -1172014FC SeoulK League2010 -N/AN/A302015FC Seoul11112 -621852016Gwangju FC312000 -003120JamiFC Seoulda faoliyatida186551410531313626684AJ Auxerredagi faoliyatida162100000172AS Nancydagi faoliyatida202100000212Ansan Police FCdagi faoliyatida35161000003616Gwangju FCdagi faoliyatida31200000003120Karyerada jami2889517105313136371124
Yutuqlari
Klub FC Seoul
K liga chempioni (2): 2010, 2012 K ligasi gʻolibi (1): 2008-yil FA kubogi gʻolibi (1): 2015-yil FA kubogi ikkinchi oʻrin (1): 2014-yil Liga kubogi sohibi (2): 2006, 2010 Liga kubogi ikkinchi oʻrin (1): 2007-yil
Shaxsiy yutuqlari
K ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi : 2003-yil Koreya FA Kubogining eng yaxshi toʻpurari sovrini : 2004-yil K-liganing eng yaxshi toʻpurari : 2016-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar