Vodiy zambaklari tuxumi 1898-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida Fabergé ustaxonasi ustalari tomonidan ishlab chiqarilgan marvaridli Fabergé tuxumidir. Nazorat qiluvchi zargar Michael Perchin edi. Vodiy zambaklari tuxumi zamonaviy uslubdagi ikkita tuxumdan biri hisoblanadi(ikkinchisi — Pansy). Vodiy zambaklari tuxumi 5-aprel kuni podsho Nikolay II ga taqdim etildi. Podsho Nikolay II tuxumni rafiqasi Alexandra Feodorovnaga sovgʻa qildi.Hozirgi kunda Vodiy zambaklari tuxumi Sankt-Peterburgdagi Fabergé muzeyida saqlanadigan Viktor Vekselberg kolleksiyasining bir qismidir. Vodiy zambaklari tuxumini Viktor Vekselberg 2004-yilda Fabergéning boshqa 10 ta tuxumlari bilan birga sotib olgan.

Tavsifi Vodiy zambaklari tuxumi pushti emal bilan sirlanib marvarid bilan qoplangan. Tuxum shudring tomchilari shaklidagi olmos va yashil rangdagi oltin barglar bilan bezatilgan. Oltin poyali zambaklar yashil sirlangan barglar va yoqut, marvarid va olmos bilan bezatilgan oltindan yasalgan gullarga ega.

Oʻziga xos xususiyati Bu tuxumning o'ziga xos xususiyati oltinga oʻrnatilgan marvarid tugmachasini burish orqali tuxumning ichidan „koʻtarilib chiqadigan portretlar“ hisoblanadi. Mexanizm toʻliq koʻtarilganda, yoqut bilan oʻrnatilgan imperator toji ostida uchta portret koʻrinadi: Podshoh Nikolay II va uning ikki qizi, Buyuk Gertsog Olga va Buyuk Gertsog Tatiana. Bu portretlar fil suyagiga Johannes Zehngraf tomonidan chizilgan. Portretlar atirgul shaklidagi olmoslar bilan bezatilgan. 1898- yil 31-iyuldagi taqdimot sanasida ishlov berilgan oltin panellar bilan jihozlangan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Fabergé— Imperator Rossiyasining xazinalari

Turkum:Fabergé tuxumlari