Malay ayigʻi (Helarctos malayanus; ayrim manbalarda inglizchadan kirib kelgan „quyosh ayigʻi“ nomi ham ishlatiladi) — Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik oʻrmonlarida uchraydigan Ursidae oilasiga mansub tur hisoblanadi. Bu boʻyi taxminan 70 santimetr (28 in) va ogʻirligi boʻlgan eng kichik ayiq turidir. U katta panjalari, oʻroqsimon shaklda qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va uzun boʻlmagan tumshugʻi bilan boshqa ayiqlardan ajralib turadi. Moʻynasi odatda qop-qora lekin kulrangdan qizil ranggacha farqlanishi mumkin. Koʻkrak qafasidagi toʻq sariq rangdan qaymoq ranggacha boʻlgan dogʻlari sababli malay ayiqlari ayrim tillarda „quyosh ayigʻi“ deb ham nomlanadi. Uning noyob morfologiyasi — koʻkrak qafasining oʻzgachaligi, ichkariga qayrilgan va katta tirnoqli kuchli old oyoqlari — toqqa chiqishga moslashganligidan dalolat beradi.
Barcha ayiq turlari orasida eng koʻp vaqtini daraxtda oʻtkazuvchi (daraxtda yashovchi) malay ayigʻi ajoyib alpinist boʻlib, yerdan 2 dan 7 metrgacha (7 to 23 ft) balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. U asosan kun davomida faol boʻladi, lekin tungi hayot tarziga koʻra faolligi odamlar gavjum boʻladigan joylarda koʻproq uchraydi. Malay ayiqlari odatda yolgʻiz yashaydilar lekin baʼzida juft holatda ham uchraydilar (masalan, ona va bolasi birgalikda). Bu tur ayiqlar boshqa ayiq turlari singari qishki uyquga ketmaydilar, chunki ular uchun oziq-ovqat resurslari butun yil davomida mavjud boʻladi. Malay ayiqlari hamma narsani isteʼmol qila oluvchi hayvonlar boʻlgani sababli, chumolilar, asalarilar, qoʻngʻizlar, asal, termitlar va turli xil o'simlik mevalari va urugʻlari kabi mahsulotlarni oʻz ichiga olgan keng ovqatlanish ratsioniga ega; qushlar va kiyiklar singari umurtqali hayvonlar bilan ham oziqlanishi mumkin. Ular yil davomida koʻpayadi; ayiqlar ikki yoshdan toʻrt yoshgacha jinsiy yetuklikka erishadi. Urgʻochi ayiq bir yoki ikkita bola koʻrishi mumkin, ayiqchalar taxminan uch yil davomida onalari bilan qoladilar.
Malay ayigʻining yashash diapazoni shimolda Hindistonning shimoli-sharqiy qismi bilan chegaralangan hamda janubdan janubi-sharqqa tomon Bangladesh, Kambodja, Myanma, Laos, Tailand va Vyetnam orqali Bruney, Indoneziya va Malayziyaga qadar choʻzilgan. Bu ayiqlar oʻrmonlarning doimiy kesilishi, oziq-ovqat va yovvoyi hayvonlar savdosi uchun noqonuniy ov qilinishi sababli kamayib bormoqda, shuningdek, ular qishloq xoʻjaligi yerlariga, plantatsiyalarga va bogʻlarga ovqat qidirib kirganda odamlar tomonidan oʻldirilish holatlari kuzatilgan. Soʻnggi 30 yil ichida dunyodagi barcha shu tur ayiqlari soni 35 foizga kamaygan. IUCN ushbu turni himoyaga olingan jonzotlar roʻyxatiga kiritgan.
Etimologiya Bu jonzot koʻkrak qafasidagi oʻziga xos toʻq sariqdan qaymoq ranggacha boʻlgan, yarim oyga oʻxshash dogʻi sababli ham „quyosh ayigʻi“ deb nomlangan. Ilmiy umumiy nomi Helarktos ikkita yunoncha soʻz birikishidan kelib chiqqan: khēlios (hēlios, „quyosh bilan bogʻliq“) va arktos (arctos, „ayiq“). Yana bir nomi — „asal ayigʻi“, malay va indonez tillarida beruang madu boʻlib, bu asal qoliplaridagi asal bilan oziqlanish odatiga oid nom hisoblanadi. „Asal ayigʻi“ kinkajou ham isteʼmol qilishi mumkin.
Taksonomiya va filogeniya Ayiqlarning ilmiy nomi — Ursus malayanus 1821-yilda Sumatradan topilgan malay ayigʻini birinchi marta tasniflagan Stamford Raffles tomonidan taklif qilingan. 1825-yilda Thomas Horsfield Borneodan topilgan malay ayigʻini tasniflashda turni oʻziga xos Helarctos jinsiga mansub deya baholagan.
Hajmdagi farqlar asosida ikkita kichik tur nomi taklif qilingan:
Malaya malay ayigʻi (H. m. malayanus) Osiyoning materik qismida va Sumatra orolida uchraydi. Borneo malay ayigʻi (H. m. euryspilus) faqat Borneo orolida uchraydi. Uning bosh suyagi Malaya malay ayigʻinikidan kichikroq.
1901-yilda annamlik Pierre Marie Heude tomonidan tasniflangan H. anmamiticus alohida tur hisoblanmaydi, lekin H. m. malayanus ga kichik sinonim sifatida keltiriladi. 1906-yilda Richard Lydekker H. m.wardii nomi bilan ataluvchi boshqa bir kichik turni taklif qildi, chunki malay ayigʻining bosh suyagi, uning qalinroq moʻynaga ega Tibetdan kelgan turining bosh suyagiga oʻxshash edi, ammo Tibet namunasi keyinchalik Osiyo qora ayigʻi (Ursus thibetanus) ekanligi aniqlandi. Ikki kichik tur oʻrtasidagi genetik farqlar juda noaniq. Bu monotipik takson deya baholanadi.
Filogeniya Ursid turlari oʻrtasidagi filogenetik munosabatlar yillar davomida noaniq boʻlib kelgan. Malay ayiqlari va yalqov ayiqlar (Melursus ursinus) oʻrtasida duragaylar yaqin munosabat qayd etilib, Helarctosni Melursusning sinonimi sifatida koʻrib chiqish taklif qilingan. Biroq, keyingi tadqiqotlar ikki turning yaqin munosabatda boʻlishida farqlar kuzatilishini aniqladi. 2007-yilda oʻtkazilgan filogenetik tadqiqot malay ayigʻining Ursidae boshqa turlari bilan munosabatlarini quyidagi kladogrammada koʻrsatilganidek, toʻliq mitoxondriyal DNK ketma-ketligiga asoslangan holda borishini kuzatdi. Qoʻngʻir ayiq/oq ayiqning genetik nasli aslida ikkita qora ayiq/Malay ayigʻi avlodidan genetik jihatdan ajralib chiqqanligi taxmin qilingan, bu taxminan 6.72 dan 5,54 million yil avval (mya); malay ayigʻi paydo boʻlishi esa 6,26-5,09 mya va 5,89-3,51 mya oraligʻida sodir boʻlgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi. Ayiq turlarining yadro genlari ketma-ketligi shuni koʻrsatdiki, yalqov ayiq va malay ayiqlari avvalo Ursinae ayiqlari boʻlib, ular monofiletik Ursus guruhiga kirmaydi; bundan tashqari, ayiqlar oʻrtasidagi barcha munosabatlar ijobiy natija beradi.
Xususiyatlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/37/Helarctos_malayanus_3zz.jpg/220px-Helarctos_malayanus_3zz.jpg|left|thumb| Bosh suyagidagi kalta tumshugʻi Malay ayigʻi barcha ayiq turlarining orasidagi eng kichigi hisoblanadi. U katta panjalari, kuchli qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va kalta tumshugʻi bilan ajralib turadi. Bosh va tana uzunligi , yelkasining balandligi deyarli ga yetadi. Voyaga yetgan ayiqning vazni boʻladi. Burni kulrang, kumush yoki toʻq sariq rangga ega. Moʻynasi odatda qop-qora, lekin kulrangdan qizil ranggacha farqlanishi mumkin. Yunglari ipakdek nozik boʻlib, barcha ayiq turlari orasida yungi eng kalta ayiq turi hisoblanadi, bu ularning issiq tropik yashash joylariga xos ravishda shu holatga kelgan. Koʻkrak qafasida sabzirang yoki sargʻimtirdan qaymoqranggacha boʻlgan odatda U shaklida baʼzan esa yarim aylana yo doira shaklidagi dogʻi boʻladi. Baʼzi turlarda bunday dogʻlar boʻlmasligi ham mumkin. Malay ayiqlari orqa oyoqlarida turib, dushmanlarga qarshi tahdid sifatida koʻkrak qafasidagi dogʻini namoyish etishi mumkin. Ayiqchalar kulrang-qora tusda, och jigarrang yoki oq rangli tumshugʻi va koʻkrak qafasidagi xira oq rangli dogʻiga ega; katta yoshdagi oʻsmir ayiqlarning moʻynasi quyuq jigarrang boʻlishi mumkin. Ayniqsa, kattalardagi teri qalin va qora rangda, qorovul tuklari esa yengilroq boʻladi. Yelkada ikkita aylanma dogʻ paydo boʻladi, bu yerdan yunglar har tomonga tarqaladi. Boʻyinning yon tomonlaridan uning baland yelkasi turtib chiqadi va koʻkrak qismining markazida aylana dogʻ paydo boʻladi. Panjalarining qirralari sargʻish yoki jigarrang, patki qismi esa moʻynasiz boʻlib, bu daraxtlarga oson chiqish uchun moslashgan boʻlishi mumkin deya baholanadi. Tirnoqlari oʻroqsimon; oldingi tirnoqlari uzun va ogʻir. Dumi ga yetadi. Osiyo qora ayigʻi malay ayiqlarinikiga oʻxshash qaymoqrangli koʻkrak dogʻiga ega; 2008-yilda oʻtkazilgan tadqiqotda ikkala ayiqning tirnoqlaridagi farqlar ularni bir-biridan ajratish vositasi sifatida muhokama qilindi. Ayiq tilining uzunligi 10 dyuymdan oshishi mumkin.
Oziqlanish paytida malay ayigʻi hasharotlar va asal olish uchun tilini uzaytirishi mumkin. Tishlari juda katta, ayniqsa soʻyloqtishlari va oldingi uzib oluvchi tishlari ayrim sabablarga koʻra tanasining kattaligiga nisbatan yirikroq boʻladi; buning sababi, hasharotlar, lichinkalar yoki asalni yeyish uchun kuchli jagʻlari boʻlishi kerakligi va tirnoqlari va soʻyloqtishlari bilan tropik qattiq daraxtlar poʻstloqlarining tez ochilishiga xizmat qilish boʻlishi mumkin. Boshi tanaga mutanosib ravishda katta, keng va ogʻir, ammo quloqlari nomutanosib tarzda kichikroq; tanglay bosh suyagiga mutanosib ravishda keng boʻladi. Ushbu ayiqning umumiy oʻziga xos morfologiyasi — ichkariga qayrilgan old oyoqlari, koʻkrak qafasining bunday oʻzgachaligi, katta tirnoqli kuchli old oyoqlari — toqqa chiqishga moslashganligidan dalolat beradi.
Ekologiya va xulq-atvor link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fe/Sun_bear_climbing.jpg/220px-Sun_bear_climbing.jpg|left|thumb| Malay ayiqlari eng daraxtsevar ayiqlar qatoriga kiradi. Barcha ayiqlar ichida eng koʻp vaqtini daraxtda oʻtkazuvchi (daraxtda yashovchi) malay ayigʻi ajoyib alpinist boʻlib, yerdan balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. U asosan kun davomida faol boʻladi, lekin tungi hayot tarziga koʻra faolligi odamlar gavjum boʻladigan joylarda koʻproq uchraydi. Uxlaydigan joylari asosan qulagan ichi boʻsh xodalar hisoblanadi, lekin ular shuningdek, boʻshliqlari boʻlgan tik turgan daraxtlarda, yiqilgan baquvvat shoxlar yoki daraxt ildizlari ostidagi boʻshliqlarda va yerdan baland daraxt shoxlarida ham uxlaydilar. Bundan tashqari, u mihur suzuvchi hisoblanadi. Malay ayiqlari aql- zakovatliligi bilan ajralib turadi; tutqun ayiq shkafda shakar saqlanayotganini kuzatgan, keyin kalit bilan qulflangan shkaf qulfni ochish uchun oʻz panjasidan foydalangan. 2019-yilda chop etilgan tadqiqotda malay ayiqlarining yuz ifodalarini mohirona taqlid qilishi tasvirlangan, bu aniqlik baʼzi primatlarda (gorillalar va odamlarda) kuzatilgan tadqiqotlarga oʻxshab ketadi.
Malay ayiqlari uyatchan va yolgʻiz yashovchi hayvonlardir va odatda odamlarga ularning oʻzlari hujum qilmasa va yaralamasa yoki bolalari bilan birga boʻlgan vaqtida hujum qilmaydi; ularning qoʻrqoq tabiati bu ayiqlarni oson qoʻlga tushishiga va oʻtmishda uy hayvonlari sifatida boqilganligini isbotlaydi. Biroq, boshqa manbalarda aytilishicha, malay ayiqlari oʻrmondagi xavfli hayvonlar sifatida tanilgan. Ularni odatda yolgʻiz, lekin baʼzida juft holatda uchratish mumkin (masalan, onasi bolalari bilan). Malay ayiqlari atrofni kengroq koʻrish yoki uzoqdagi narsalarni hidlash uchun orqa oyoqlarida turadi; agar ularga tahdid qilinsa, koʻkrak qafasini koʻrsatib, dushmanlarini qoʻrqitishga harakat qiladilar. Ovozli tovushlari xilma-xil boʻlib, hasharotlar izlashda xirillash va irillash singari, koʻpayish davridagi erkak orangutannikiga oʻxshash boʻkirish singari tovushlarni chiqarishi mumkin. Malay ayiqlari qish uyqusiga ketmaydilar, chunki oziq-ovqat resurslari butun yil davomida yetarli boʻladi. Ular turli hududlarda, turli oʻlchamdagi yashash diapazoniga ega boʻlib, Borneo va Malayziya yarim orolida ga yetadi; Sabah (Malayziya) shahridagi Ulu Segama oʻrmon qoʻriqxonasida oʻtkazilgan tadqiqot diapazonlarning oʻlchamlar . ekanligini koʻrsatdi. Yoʻlbarslar ularga tahdid soluvchi asosiy yirtqichlardir; Osiyo yovvoyi itlari va qoplonlarning ham malay ayiqlarini ovlashi qayd etilgan, ammo ular nisbatan kamroq holatda ayiqlarga hujum qiladi. Shunday voqealardan birida yoʻlbars va ayiqning oʻzaro uzoq davom etgan janjali va ikkala hayvonning oʻlimi bilan yakunlangan. Boshqa bir hodisada Sharqiy Kalimantanda yovvoyi urgʻochi malay ayigʻini katta toʻrsimon piton yutib yubordi.
Ovqatlanishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ab/Sun_bear_eating_plant.jpg/170px-Sun_bear_eating_plant.jpg|thumb| Malay ayiqlari ovqatlanish ratsioni asosan oʻsimliklardan iborat boʻlgan yagona yiq turidir