Kim Do hun (1970-yil 21-iyulda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Kimning oxirgi boshqargan jamoasi Singapurning „Lion City Sailors“ klubi boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati Kim futbolchilik faoliyati davomida Jeonbuk Hyundai Motors, Vissel Kobe va Seongnam Ilhwa Chunma jamoalarida oʻynagan. U Janubiy Koreya terma jamoasida ham oʻynagan va 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan.

1999-yil 28-martda Kim Braziliyaga qarshi o‘yinda (1:0) oʻzining terma jamoadagi yagona golini kiritgan. Uning goli natijasida Janubiy Koreya Braziliyani magʻlub etgan birinchi va yagona Osiyo davlatiga aylangan.

Murabbiylik faoliyati Kim murabbiylik faoliyatini 2014-yilda Janubiy Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. U 2015-yildan 2016-yilgacha Incheon unitedni, keyin esa 2017-yildan 2021-yilgacha Janubiy Koreyaning K ligasida Ulsan Hyunday jamoasini boshqargan. Ulsanni boshqarayotganda jamoasini 2020-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi chempioni darajasiga olib chiqgan.

2021-yil 18-mayda Kim ikki yarim yillik shartnoma asosida Singapur Premer-ligasi klubi Lion City Sailors murabbiyiga aylangan. Oʻzining birinchi mavsumida u dengizchilarni 2021-yilgi Singapur Premer-ligasi chempionligiga olib borgan.

2022-yilning 24-iyulida u o‘yin oxirida Tampines Rovers yordamchi murabbiyi Mustafic Fahrudinga boshi bilan zarba bergan. 2022-yil 11-avgustda Kim o‘zining hujumi uchun uch o‘yinga diskvalifikaciya qilinganidan keyin isteʼfoga chiqgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSangmu FC1993Semipro Ligasi????——????1994Semipro Ligasi????——????Jami????——????Jeonbuk Hyundai Motors1995K Ligasi186—73——2591996K Ligasi166??64——22101997K Ligasi93??51——1442000K Ligasi2012??73——27152001K Ligasi268??97??1036152002K Ligasi228??82??—3010Jami11143??4220??1015463Vissel Kobe (Ijara)1998J1 Ligasi33172200——35191999J1 Ligasi25100020——2710Jami58272220——6229Seongnam Ilhwa Chunma2003K Ligasi4028??—??—40282004K Ligasi235??95?(9)1033102005K Ligasi209??124——3213Jami8342??219??1010551Karyerada jami252112226529??20321143

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Janubiy Koreya 1994-yil 5 1 1995-yil 3 2 1996-yil 14 7 1997-yil 12 6 1998-yil 8 0 1999-yil 4 1 2000-yil 2 0 2001-yil 8 3 2002-yil 6 2 2003-yil 10 8 Karyerada jami 72 30

Yutuqlari Yonsei universiteti

Koreya Prezidenti kubogi : 1989

Sangmu FC

Koreya yarim professional ligasi (bahor) : 1994

Jeonbuk Hyundai Motors

Koreya FA kubogi : 2000 Osiyo kubogi egalari kubogi sohibi: 2001-02

Seongnam Ilhwa Chunma

K ligasi 1 : 2003 Koreya Liga kubogi : 2004 OFK Chempionlar Ligasi ikkinchi sovrindori: 2004

Janubiy Koreya B

Yozgi Universiada kumush medali: 1993 Sharqiy Osiyo oʻyinlari : 1993

Janubiy Koreya

EAFF chempionati : 2003

Shaxsiy yutuqlari

Koreya yarim professional ligasi (bahor) eng yaxshi toʻpurar: 1994 K Liga 1 eng yaxshi toʻpurar : 2000, 2003 K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 2000, 2003 Koreya Ligasi kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2001 K liga 1 eng qimmat oʻyinchisi : 2003 Osiyo Chempionlar Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2004

Murabbiylik faoliyati Ulsan Hyundai

Koreya Angliya kubogi : 2017 Osiyo Chempionlar Ligasi : 2020

Lion City Sailors

Singapur Premer-ligasi : 2021 Singapur hamjamiyat qalqoni kubogi : 2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar