Douglas Santos () — braziliyalik futbolchi, „Zenit“ klubi himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.

Jamoalardagi faoliyati „Nautico Recife“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2012-yilning 16-fevralida Pernambukano ligasida „Central“ga qarshi oʻyinda u asosiy jamoada debyut qilgan. 26-fevral kuni „Belo Jardim“ga qarshi kechgan duelda Santos „Nautico Recife“ safida ilk golini kiritgan. 19-iyul kuni „Ponte Preta“ qarshi oʻyinda Santos Braziliya A Seriyasida debyut qilgan. 2013-yilning yozida u Ispaniyaning „Granada“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 2,3 million yevroni tashkil qilgan edi. Santos darhol Italiyaning hamkor klubi „Udinese“ jamoasiga ijaraga berilgan. Shu bilan birga keyin uni sotib olgan. 21-dekabr kuni „Livorno Calcio“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan.

2016-yilning yozida Santos Germaniyaning „Hamburg“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil qilgan. 17-sentyabr kuni „RB Leipzig“ qarshi oʻyinda Germaniya Bundesligasida debyut qilgan. 2018-yilning mart oyida poytaxtning „Hertha“ klubiga qarshi kechgan duelda Duglas „Hamburg“ safidagi ilk golini urgan. Mavsum oxirida klub Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi, lekin Santos jamoada qoldi.

2019-yilning yozida Santos Rossiyaning „Zenit“ klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 10,8 million yevroni tashkil qilgan. U 14-iyul kuni „Tambov“ga (2:1) qarshi birinchi davradagi uy oʻyinida debyut qilgan.

Jamoadagi karyerasi 2013-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u oʻrinbosar boʻlgan va hech qachon maydonga tushmagan.

Yoshlar terma jamoasi tarkibida Santos ikki marta Tulondagi turnirda g‘olib chiqdi.

2016-yilda Braziliya olimpiya terma jamoasi tarkibida Santos Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Iroq, Daniya, Kolumbiya, Gonduras va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yil 30-may kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Santos Braziliya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yili u AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmagan.

Statistikasi +KlubMavsumLigaKubogMilliy kubogMillatlar ligasiBoshqaJamiBo`limO`yinlarGollarO`yinlarGollarO`yinlarGollarO`yinlarGollarO`yinlarGollarO`yinlarGollarNáutico2012Série A221——31—2522013—20—121—141Jami22120—152—393Udinese (loan)2013–2014Serie A30————30Atlético Mineiro2014Série A13160———1912015310206190—48120161001010010110321Total5419016119110993Hamburger SV2016–2017Bundesliga20020———2202017–201827110———2812018–2019Bundesliga33151———382Total80281———883Zenit Saint Petersburg2019–2020Russian Premier League2804060——3802020–20212830050—103432021–20222702170—103712022–202311020——10130Jami94381180—301224Jami25372723413443035113

Yutuqlari

Jamoaviy yutuqlari „Atlético Mineiro“

Mineiro ligasi chempioni — 2015-yil Braziliya kubogi sohibi 2014-yil

Rossiya chempioni — 2019-2020, 2020-2021, 2021-2022 2019-2020-yilgi Rossiya kubogi gʻolibi Rossiya Superkubogi gʻolibi — 2020, 2021, 2022

Terma jamoadagi yutuqlari Braziliya (U23)

Olimpiya chempioni — 2016

Shaxsiy yutuqlari Braziliya kumush toʻp sohibi: 2015-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari

Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari

Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari