Xonchorbogʻ — Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi qadimiy qishloq. Tumanning janubiy qismida, Zarafshon togʻ tizmasining shimoliy etagida, Eski Anhor kanali boʻyida joylashgan. Aholisi 6 ming kishi. Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Dehqonchilikda Eski Anhor kanali suvidan foydalaniladiManba1Manba2.

Tarixi Tashkil topishi

Xonchorbogʻ toponimi Xon va Chorbogʻ soʻzlari birlashmasidan hosil boʻlgan. Xon turkiy va moʻgʻul xalqlari unvoni. Chorbogʻ shahardan tashqaridagi hovli joyli qoʻrgʻonli bogʻ. Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan chorbogʻ qurdirgan. Xalq ogʻizda aytilishida Xonchorbogʻ yerida juda katta bogʻ barpo qilingan. Undagi mevalar shigʻil pishib moʻl-kul hosil bergan. Bogʻ yonidan katta savdo yoʻli oʻtar, karvon yoʻl yurib Xonchorbogʻga kelganda tuyalar mevali daraxtlarga osilib shoxlarini, hosilini yeb qoʻymasin deb ularning ogʻizini toʻrva xaltalar bilan bogʻlab oʻtilgan. Abdullaxon II ning saroy tarixchisi Hofiz Tanish Buxoriy asarida Abdullaxon II ni Xonchorbogʻ yaqinidagi Qo‘riqi Qoqlik mavzesiga qoʻnib oʻtganligi yozilgan. Abdullaxon II qurdirgan Chorbogʻ yoʻnalishidan miyonkol shamoli esib turgan va hozir ham shunday. Chorbogʻning maydoni 19 gektarni tashkil qilgan.

Abdullaxoja Ibn Darvesh qabri

Chorbogʻdan janubda 1554-yilda vafot etgan Abdulla Ibn Darvesh va Xitoy podshohi qizining qabri mavjud. Chorbogʻ atrofi aholisi 10 ming kishilik katta mahalla boʻlgan. Kasallik tarqalishi natijasida aholining koʻpchilik qismi vafot etgan, qolgan qismi atrofdagi qishloqlarga koʻchib oʻtgan.

Arxeologik tatqiqotlar

Arxeolog Ivan Aleksandrovich Suxarev (1909-1941) 1936-yilda Chorbogʻ xarobalarini oʻrganadi. Chorbogʻ maydoni 19 gektar ekkanligini hisobotida yozib qoldirgan.

XX asr 1937-1938-yillarda Qozogʻistondan ziyolilar, ruhoniylar, boylar qatagʻon qilingan. Ular Xonchorbogʻ yerlariga koʻchirib keltirilgan. 1942-yilda Mesxetiy turklar, 1943-yilda polyaklar, 1944-yilda qirim-tatarlarni Juma temir yoʻl stansiyasidan Xonchorbogʻga koʻchirib keltirilgan. Birinchilardan boʻlib 1938-yilda Chiroqchi tumanidan Jumayev Qoʻshoq (1906-1986) va Boyirov Qurbon (1909-1991) koʻchib kelgan. Xonchorbogʻ OSHP yonida shamol quduq boʻlgan. Uni mahalliy aholi metrogen quduq deyishgan.

Mahalla

1991-yil mart oyida Turgʻun Normurodov mahalla raisi etib saylangan. Dastlab mahalla raisi shtat birligi boʻlsada, oylik ish haqqi ajratilmagan, keyinchalik bir necha yildan keyin oylik ish haqqi ajratilgan. Xonchorbogʻ mahallasi raislari (oqsoqollari): 1940-1965-yillar Boyirov Qurbon (1909-1991) 1965-1980-yillar Mayinov Qurbon (1934-1983) 1980-1991-yillar Jumayev Rahmat (1930-2015) 1991-1992-yillar Normurodov Turgʻun (1957-yil tugʻilgan.) 1992-1995-yillar Qiyamov Erka (1941-2020) 1995-1996-yillar Mayinov Qoʻchqor (1950-yil tugʻilgan.) 1998-1999-yillar Aymatov Eshmamat (1967-yil tugʻilgan) 1999-2000-yillar Normurodov Turgʻun (1957-yil tugʻilgan.) 2000-2002-yillar Xushvaqtov Boyboʻri (1959-yil tugʻilgan.) 2002-2007-yillar Aznarova Nodira (1970-2010.) 2007-2013-yillar Sulaymanov Zarif (1969-yil tugʻilgan.) 2013-2016-yillar Eshonqulov Xurram (1961-yil tugʻilgan.) 2016-2019-yillar Ochilov Jahongir (1982-yil tugʻilgan.) 2019-2021-yillar Ahmedov Joʻrabek (1985-yil tugʻilgan.) 2021-2022 Ochilov Jahongir (1982-yil tugʻilgan.) 2022- hozirgacha Zarif Sulaymonov (1969-yil tugʻilgan)

Maktab

Mahallada 1947-0yilda Holbekov Dunyo (1912-1984) uyida boshlangʻich maktab ochilgan. Bu maktab toʻrt yillik, darslar rus tilida oʻqitiladigan 35-sonli maktab boʻlgan.4-sinfni bitirgan oʻquvchilar tumandagi 11-maktabga kunlik qatnab, 21,31-maktablarga yotoq bilan borib oʻqishni davom ettirgan. Oʻquvchilarni Sanchiquldagi 11-maktabga Arziyev Xudoynazar (1916-2010), Aliyev Saʼdin (1934-2003)lar ot-aravada kunlik olib borib, olib kelishgan. Aravani qora va qizil rangli otlarga qoʻshgan. Qora rangli otning laqabi „karik“, qizil rangli otning laqabi „qovoq“ boʻlgan. Bu ot-arava mahalliy xalq tilida „Furgon“ deyilgan. 1956-yilda maktab oʻzbek tilida oʻqitiladigan maktabga aylantirilgan. 1964-yilda Hamid Olimjon nomli sakkiz yillik 70-son maktab, 1970-yil Yuriy Gagarin nomli 70-oʻrta maktab, 1986-yil Abdulla Qodiriy nomli 9-oʻrta maktab, 2004-yildan 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi maqomida faoliyat yuritib kelyapti. Maktab direktorlari: 1947-1956-yillar Gonanenko 1956-1964-yillar Hayitov Abruy 1964-1965-yillar Abdunazarov Baxtiyor 1966-1967-yillar E.Rajabov 1967-1969-yillar Abdunazarov Baxtiyor 1969-1973-yillar Haqberdiyev Nurmamat (1944-yil tugʻilgan) 1973-1974-yillar Nafasov Koʻchar (1941-yil tugʻilgan) 1974-1977-yillar Mamatov Rahmon (1926-2012) 1977-1999-yillar Sulaymonov Ergash (1942-yil tugʻilgan) 1999-2000-yillar Eshonqulov Xurram (1961-yil tugʻilgan) 2000-2003-yillar Saxatov Xasan (1961-yil tugʻilgan) 2003-2009-yillar Usmonov Asliddin (1972-yil tugʻilgan) 2009-2012-yillar Mamatov Baxriddin (1967-yil tugʻilgan) 2012-2014-yillar Saxatov Sharifjon (1987-yil tugʻilgan) 2014-2015-yillar Mamatov Absalim (1962-yil tugʻilgan) 2015-2019-yillar Barotova Zulfiya (1972-yil tugʻilgan) 2019-yil hozirgacha Raximov Mamarasul (1961-yil tugʻilgan)

Fermir Xoʻjalik oʻyushmasi

Xonchorbogʻ yerlarida Belarus millatiga mansub Petrushkevichning oʻgʻli Fyodor XX-asrning 30-yillarida Zarafshon vohasiga Amerikadan keltirilgan ilk(Markiz Osiyoda) temir gʻildirakli „Fordzon“ traktorlarini haydaganlardan biri boʻlgan. Qishloqda yashovchi otaxonlar oʻsha traktorlarni yaxshi eslashadi.Xonchorbogʻ Fermerlar uyushmasi xoʻjaligi faoliyat yuritib kelmoqda. Xoʻjalik raislari: 1930-yillar Rozen 1964-1969-yillar Akbar Rahimov 1969-1973-yillar Nassrullo Latipov 1973-1977-yillar Norbek Xasanov 1977-1978-yillar Sattor Xamidov 1978-1984-yillar Halim Xakimov 1984-1987-yillar Razzoq Jabbarov 1987-1988-yillar Ismoil Rahimov 1988-1990-yillar Narziqul Eshonqulov 1990-1993-yillar Baxtiyor Sulaymanov 1993-1996-yillar Xolmamat Boʻriyev 1996-1997-yillar Nurmamat Raxmatov 1997-2000-yillar Yoʻldosh Nahangov 2000-2001-yillar Ilhom Mavlonov 2001-2003-yillar Meyli Mustayev 2003-2003-yillar Turgʻun Normurodov 2003-2007-yillar Bahodir Nurmuhammedov 2007-2013-yillar Abdunosir Ashurov 2013-2014-yillar Alisher Tojiyev 2014-2015-yillar Umar Rayimov 2015-2017-yillar Zarif Sulaymanov 2017-2017-yillar Bahodir Nurmuhammedov 2017-2019-yillar Abdunosir Ashurov 2019-2021-yillar Xurshid Jovboʻriyev 2021-yildan hozirgacha Saydalim Kalonov

Urush qatnashchilari

1938-yilda Xonchorbogʻga koʻchib kelgan Jumayev Qushoq (1906-1986) Pastdargʻom tuman harbiy boʻlimidan harbiy xizmatga safarbar etiladi.1942-yilda dushman qurshovida qolib ogʻir tan jarohati oladi. Bu haqdagi xabar oʻsha yili Jumayev Qushoqning oilasiga yetib keladi. Biroz harbiy shifoxonada davolanib chiqib yana urushga qaytgan. 1943-yil 14-sentyabrda koʻzidan jarohat oladi va yana harbiy shifoxonaga yotqiziladi. Sogʻayib harbiy xizmatni davom ettirib, yurtga yorugʻ-nurli yuz bilan, zafar quchib qaytadi. Mahallada yashab oʻtgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari: Arziyev Xudoynazar (1916-2010) Valiyev Mirxoz (1911-1998) Yoqubov Moʻmin Jumayev Qushoq (1906-1986) Isxoqov Ibrohim (1922-2012) Mirzayev Qoraxon (1922-1993) Nazarov Mirzan (1918-2002) Nazarov Bekmurod (1909-1991) Poʻlatov Rabbim (1924-2003) Rasulov Tilov (1921-1977) Rahimov Haydar (1917-1994) Saidov Umarxoʻja kapitan Saidov Xolmurod (1925-1944) Sattarov Farrux (1913-1988) Saxatov Sattor (1912-1987) Saʼdinov Koʻchak (1924-2010) Xoldarov Xolmirza (1916-1997) Shamsiddinov Mirza (1920-1990) Elmanov Boymurod (1921-2000) Yusupov Xolxoʻja (1918-1994) Gʻafforov Hamra (1921-1998) Hamroyev Joʻra (1917-1994)

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Samarqand viloyati qishloqlari Turkum:Pastdargʻom tumani