Xolmon isirg‘aguli ( ) — O‘rta Osiyoda o‘suvchi, loladoshlar oilasiga mansub, Fritillāria kiruvchi bir pallali gulli o‘simliklar turiРегель Е. А. Тр. Санкт-Петербургского имп. ботан. сада. — 1884. — Т. 8. — С. 653. .
Fritillaria imperialis keng tarqalgan turi bilan chambarchas bog‘liq .
Qirg'izistonda uni aygul (oyning guli) deb atashadi.
Tavsif Gulbarg o‘lchami 120 sm Barglari halqasimon 12-24 sm, Barglari yaltiroq, yashil, pastki barglari keng cho‘ziq, ba’zan poyada halqa hosil qilib joylashadi. Ushbu o‘simlik poyasida 35-50 tagacha barg bo‘ladi. Gullari qo‘ng‘iroqsimon, pastga qarab osilib turadi, qizg‘ish, qirmizi-qo‘ng‘ir rangli, 5—20 tadan bo‘lib, soyabonsimon to‘pgul hosil qiladi. Mevasi yuqoriga qarab tik turuvchi, qisqa bandli, eni 6 sm, ensiz qanotchali qutichaga o‘xshaydi. Aprelda gullab, mevasi may oyida yetiladi. Erta bahordan yozning o‘rtalarigacha, urug‘lar yoki ildizlar bilan ko‘payadi. Gullari ekishdan 5-6 yil o‘tgach paydo bo‘ladi. Markaziy Osiyoda o‘sadi .
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7e/Batken_obl_flag.svg/220px-Batken_obl_flag.svg.png|left|thumb| Qirg'izistonning Botken viloyati bayrog'idagi Xolmon isirg‘aguli
Turlari
Fritillaria eduardii var. inodora (Regel) Wietsma - Tojikiston, O'zbekiston Fritillaria eduardii var. eduardii - Tojikiston, O'zbekiston, Qirg'iziston
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston Qizil kitobi