link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/21/BelarusWomen%27sNational_01.JPG/250px-BelarusWomen%27sNational_01.JPG|thumb|250x250px| Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida — UEFA 6-guruhi da Turkiya ayollar terma jamoasiga qarshi 2014-yil 17-sentyabrda oʻynagan. Belarus ayollar futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Belarus Respublikasi sharafini himoya qildi. Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliaytini Belarusiya Futbol Federatsiyasi boshqaradi[🖉.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan soʻng Belarus Respublikasi Rossiya tarafida boʻlganligi uchun FIFA va UEFA kabi futbol boʻyicha Jahon va Yevropa boshqaruv organlari Belarus milliy terma jamoalari (erkakar va ayollar) va klub jamoalarini xalqaro musobaqalardan qatnashishini taqiqladi[🖉.
Tarixi Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta xalqaro turni sifatida 1997-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida paydo boʻlgan va oʻsha turnirda Chexiya, Polsha va Estoniya ayollar milliy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Birinchi rasmiy oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yil 7-oktyabrda Chexiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻlishgan. 1996-yil may oyida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk uchrashuvlarida oʻzlarini 2:0 hisobida magʻlub etgan Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, xalqaro maydondagi birinchi rasmiy gʻalabasini qoʻlga kiritdilar. 1999-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi B toifasiga kiritilgan, lekin Jahon chemionatiga chiqa olmagan.
2001-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida yana B toifasiga kiritilgan Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Estoniya ayollar terma jamoasini 4:1 va 0:7, Isroil ayollar milliy terma jamoasini 0:5 va 1:0, Slovakiya ayollar terma jamoasini uy oʻyinida 1:0 hisobida magʻlub etdi. Shuningdek, Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Ruminiya ayollar terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi, ammo javob oʻyinida ruminiyaliklar 0:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Saralashning soʻngi oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Slovakiya ayollar terma jamoasiga 6:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
2003-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida ham B toifasi qolgan Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlarida oʻz guruhida 3-oʻrinni egalladi.
2005-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Estoniya terma jamoasini 5:0 va 1:3, Qozogʻiston ayollar milliy futbol terma jamoasini 0:2 va 8:1, Isroil ayollar milliy terma jamoasini esa 0:2 hisobida magʻlub etishdi. Isroil ayollar terma jamoasiga qarshi javob oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi 1:1 hisobida durang oʻynagan holda ikki ochko qoʻlga kiritdi. Natijada Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta saralash oʻyinlari guruh bosqichida birinchi oʻrinni egalladi, ammo Yevropa chempinati saralash tizimi 2007-yil uchun birlashtirilganligi sababli Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi umum natijalar hisobiga pley-off bosqichiga oʻtkazilmadi.
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi toifaga koʻtarildi, lekin 7 ochko bilan guruhda oxirgidan bittta oldingi oʻrinni egalladi. 2009-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi guruh bosqichida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilgi Yevropa chempionati saralashida esa Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Finlandiya, Ukraina, Slovakiya va Estoniya ayollar milliy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan edi.
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Ismi Lavozimi Eduard Demenkovets Bosh murabbiy
Bosh murabbiylar tarixi Ismi Murabbiylik davri Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba koʻrsatkichi % Eduard DemenkovetsNomaʼlum 0 0 0 0 00,0 %
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
Quyidagi futbolchilar 2021-yil 26-oktabr sanasidagi Niderlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan oʻkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Oʻtkzailgan oʻyinlar va gollar soni 2021-yil 20-iyun holatiga koʻra berilgan.
Manba: Natijalar va oʻyinlar — Soccerway.com sayti
Xalqaro musobaqalarda Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1991-yil Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 1991-yilgi UEFA chempionati 1995-yil Kiritilmadi 1995-yilgi UEFA chempionati 1999-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 1 2 3 8 9 −1 2003-yil 8 5 0 3 27 16 +11 2007-yil 8 2 1 5 6 23 −17 2011-yil 8 4 1 3 17 14 +3 2015-yil 10 2 0 8 12 31 −19 2019 8 1 0 7 5 21 −162023-yil Aniqlanishi uchun Jami - - - - - - - - 48 15 4 29 75 114 −39
UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionatida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar1984-yildan 1991-yil Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 1993-yil Kiritilmadi Kiritilmadi1995-yil 1997-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 3 0 3 12 9 2001-yil 8 5 1 2 20 9 2005-yil 8 5 1 2 21 3 2009-yil 8 1 1 6 10 27 2013-yil 8 4 1 3 10 17 2017-yil 8 3 0 5 10 20 2022 7 2 0 5 11 15 Jami - - - - - - - 53 23 4 26 94 100
Yana qarang Belarusiyada sport Belarusda futbol Belarusiya erkaklar milliy futbol jamoasi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt FIFA profili