link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cc/Nilgais_fighting%2C_Lakeshwari%2C_Gwalior_district%2C_India.jpg/330px-Nilgais_fighting%2C_Lakeshwari%2C_Gwalior_district%2C_India.jpg|alt=See caption|thumb| Ikki erkak antilopalar shoxlari yordamida bir-biri bilan urishmoqda
Zoʻravonlik — bu jarohatlash, suisteʼmol qilish, zarar yetkazish yoki yoʻq qilish uchun jismoniy kuch ishlatishdir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan zoʻravonlikka taʼrif quyidagicha berilganKrug et al., „World report on violence and health“ , World Health Organization, 2002.:
Xalqaro miqyosda zoʻravonlik 2013-yilda taxminan 1,28 million kishining oʻlimiga sabab boʻlgan, 1990-yilda bu koʻrsatkich 1,13 million edi. Vaholanki, oʻtgan yillar davomida dunyo aholisi qariyb 1,9 milliard kishiga oshgani aholi jon boshiga zoʻravonlik darajasi keskin pasayganidan dalolat beradi. 2013-yilda vafot etganlarning taxminan 842 000 tasi oʻziga-oʻzi azob berish (oʻz joniga qasd qilish), 405 000 tasi shaxslararo zoʻravonlik va 31 000 tasi jamoaviy zoʻravonlik (urush) hamda huquqiy aralashuv bilan bogʻliq. Zoʻravonlik tufayli har bir oʻlim uchun oʻnlab kasalxonalarga yotqizish, yuzlab shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga tashrif buyurish va minglab shifokorlar qabuliga yozilish holatlari yuz beradi„Global Burden of Disease“ , World Health Organization, 2008.. Bundan tashqari, zoʻravonlik koʻpincha jismoniy va ruhiy salomatlik hamda ijtimoiy faoliyat uchun umrbod oqibatlarga olib keladi va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni sekinlashtirishi mumkin.
2013-yilda dunyo boʻylab shaxslararo zoʻravonlik oqibatida 405 000 ga yaqin oʻlimning 180 000 tasi oʻtochar qurol bilan hujum qilish, 114 000 tasi oʻtkir buyum bilan tajovuz qilish, qolgan 110 000 tasi esa boshqa sabablarga koʻra sodir boʻlgan.
Zoʻravonlikning oldini olishda koʻp shakllar mavjud. Mamlakatdagi zoʻravonlik darajasi va oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan omillar oʻrtasida kuchli bogʻliqlik bor. Masalan, konsentrlangan (mintaqaviy) qashshoqlik, daromadlar va gender tengsizliklari, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, bolalar va ota-onalar oʻrtasida xavfsiz, barqaror hamda tarbiyaviy munosabatlarning yoʻqligi. Garchi ruhiy va jismoniy salomatlik hamda individual reaksiyalar, shaxsiyatlar va boshqalar bu xatti-harakatlarning shakllanishida doimo hal qiluvchi omillar boʻlib kelgan boʻlsada, zoʻravonlikning asosiy sabablarini hal qiluvchi strategiyalar uning oldini olishda nisbatan samarali boʻlishi mumkinWHO / Liverpool JMU Centre for Public Health, „Violence Prevention: The evidence“ , 2010..
Turlari
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Typology_of_violence.jpg/220px-Typology_of_violence.jpg|thumb| Zoʻravonlik tipologiyasi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti zoʻravonlikni uchta keng toifaga ajratadi:
oʻziga nisbatan zoʻravonlik shaxslararo zoʻravonlik jamoaviy zoʻravonlik
Ushbu boshlangʻich toifalash shaxs tomonidan oʻziga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik, boshqa shaxs yoki kichik bir guruh tomonidan sodir etilgan zoʻravonlik va davlatlar, uyushgan siyosiy guruhlar, militsiya qismlari hamda terroristik tashkilotlar kabi katta tuzilmalar tomonidan sodir etilgan zoʻravonliklarni farqlaydi.
Shu bilan bir qatorda, zoʻravonlik birinchi navbatda instrumental yoki reaktiv/dushmanlik kayfiyati sifatida tasniflanishi mumkin.
Oʻziga nisbatan
Oʻziga qaratilgan zoʻravonlik oʻz joniga qasd qilish xatti-harakatiga hamda oʻz-oʻziga azob berishga boʻlinadi. Birinchisiga oʻz joniga qasd qilish fikrlari, oʻz joniga qasd qilishga urinishlar, shuningdek, baʼzi mamlakatlarda para suitsid yoki qasddan oʻziga jarohat yetkazish hamda suitsidning oʻzi kiradi. Oʻz-oʻziga azob berish, aksincha, oʻz-oʻziga zarar yetkazish (mazoxistik) kabi harakatlarni oʻz ichiga oladi.
Jamoaviy link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/24/The_Bochnia_massacre_German-occupied_Poland_1939.jpg/220px-The_Bochnia_massacre_German-occupied_Poland_1939.jpg|right|thumb| Fashistlar Germaniyasining Polshani bosib olishi paytida polshalik tinch aholini qirgʻin qilishmoqda, 1939-yil dekabr Boshqa ikkita keng toifadan farqli oʻlaroq, jamoaviy zoʻravonlikning pastki toifalari shaxslar yoki davlatlar guruhlari tomonidan sodir etilgan zoʻravonlik sabablarini koʻrsatadi. Siyosiy zoʻravonlik urush va ular bilan bogʻliq tajovuz mojarolari, davlat zoʻravonligi va qurolli guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan shunga oʻxshash harakatlarni oʻz ichiga oladi. Bunday vaziyatlarda tinch aholiga nisbatan zoʻravonlikning bir qancha omillari boʻlishi mumkin. Iqtisodiy zoʻravonlik iqtisodiy faoliyatga toʻsqinlik qilish, muhim xizmatlardan foydalanishni rad etish yoki iqtisodiy boʻlinish va parchalanishni keltirib chiqarish maqsadida amalga oshirilgan iqtisodiy daromadga asoslangan hujumlarni oʻz ichiga oladi. Shubhasiz, mahalliy va submilliy guruhlar tomonidan sodir etilgan harakatlar bir nechta sabablarga ega boʻlishi mumkin. Koʻrinmas zoʻravonlik atrof-muhitning buzilishi, ifloslanish va iqlim oʻzgarishi kabi koʻpincha koʻrinmaydigan (undan taʼsirlanmaganlar uchun), uzoq davom etadigan zoʻravonlik shaklidir.
Urush
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9b/UStankParis-edit1.jpg/220px-UStankParis-edit1.jpg|thumb| Ikkinchi jahon urushi paytida Parijda Amerika Qoʻshma Shtatlari M8 Greyhound zirhli mashinasi
Urush — ijtimoiy guruhlar, millat (xalq)lar, davlatlar oʻrtasidagi nizolarning kuch, odatda, qurolli kuchlar yordamida qal qilinishi. Urushda asosiy va hal qiluvchi vosita sifatida qurolli kuchlardan, shuningdek, kurashishning iqtisodiy, siyosiy, gʻoyaviy va b. vositalaridan foydalaniladi. Urushlar davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosat natijasidir. Bu jamoaviy zoʻravonlikning eng ekstremal shaklidirŠmihula, Daniel (2013): The Use of Force in International Relations, p. 64, .. Urush hududiy va boshqa nizolarni hal qilish vositasi sifatida, hududni egallash yoki resurslarni talon-toroj qilish, milliy oʻzini-oʻzi mudofaa qilish, ozodlik yoki millatning bir qismining undan ajralib chiqishga urinishlarini bostirish uchun bosqinchilik sifatida olib boriladi. Mafkuraviy, diniy va inqilobiy urushlar ham mavjudŠmihula, Daniel (2013): The Use of Force in International Relations, p. 84, ..
Sanoat toʻntarilishidan beri zamonaviy urushlarning halokatliligi oʻsib bormoqda. Birinchi jahon urushi qurbonlari 40 milliondan, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari esa 70 milliondan oshgan.
Shaxslararo
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/51/Peter_Paul_Rubens_-_Cain_slaying_Abel_%28Courtauld_Institute%29.jpg/220px-Peter_Paul_Rubens_-_Cain_slaying_Abel_%28Courtauld_Institute%29.jpg|thumb| Qobil Hobilni oʻldirmoqda link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Schnorr_von_Carolsfeld_Bibel_in_Bildern_1860_093.png/220px-Schnorr_von_Carolsfeld_Bibel_in_Bildern_1860_093.png|right|thumb| Shoul Dovudga hujum qilmoqda (Shoul oʻzini yaxshi his qilish uchun Dovud musiqa chalar edi), 1860-yilda Julius Schnorr von Karolsfeldning yogʻochga oʻyilgan rasmi
Shaxslararo zoʻravonlik ikkita kichik toifaga boʻlinadi: Oilaviy zoʻravonlik va intim sherik zoʻravonligi — yaʼni oila aʼzolari va intim sherik tomonidan qilinadigan zoʻravonlik, bu holatlar, odatda uyda sodir boʻladi. Jamiyat zoʻravonligi — bir-biriga aloqador boʻlmagan va bir-birini taniydigan yoki tanimaydigan shaxslar oʻrtasidagi zoʻravonlik, asosan uydan tashqarida sodir boʻladi. Birinchi guruh zoʻravonlik shakllariga bolalarni tahqirlash, intim sherik tomonidan zoʻravonlik va keksa yoshdagilarga nisbatan mushtumzoʻrlik kabi jinoyatlar kiradi. Ikkinchisiga esa yoshlar zoʻravonligi, tasodifiy zoʻravonlik harakatlari, begonalar tomonidan zoʻrlanish yoki jinsiy tajovuz, maktablar, ish joylari, qamoqxonalar va qariyalar uylari kabi muassasalar ichidagi zoʻravonliklar kiradi. Oilalarda shaxslararo zoʻravonlik sodir boʻlganda, uning psixologik oqibatlari ota-onalar, bolalar va ularning munosabatlariga qisqa va uzoq muddatli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Bolaga nisbatan yomon munosabat
Bolalarga nisbatan shafqatsizlik deganda, 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlish va eʼtiborsizlik tushuniladi. U jismoniy va/yoki ruhiy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik, beparvolik, sovuqqonlik va bolani tijoriy yoki boshqa maqsadda ekspluatatsiya qilishning barcha turlarini oʻz ichiga oladi, bu esa bolaning sogʻligʻi, omon qolishi, rivojlanishi yoki qadr-qimmatiga, mas’uliyatliligiga, ishonchiga qattiq yoki potentsial zarar yetkazishi mumkin. Intim sherigiga nisbatan mushtumzoʻrlik ham baʼzan bolalarga nisbatan zoʻravonlik koʻrinishiga kiradiWorld Health Organization (2006). „Preventing child maltreatment: a guide to taking action and generating evidence“ Geneva: WHO and International Society for the Prevention of Child Abuse and Neglect..
Bolalarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlish butun umr davomida jiddiy oqibatlarga olib keladigan global muammodir, ammo uni oʻrganish murakkab va qiyin sanaladiSchechter DS, Willheim E (2009). The Effects of Violent Experience and Maltreatment on Infants and Young Children. In CH Zeanah (Ed.). Handbook of Infant Mental Health, 3rd Edition. New York: Guilford Press, Inc. pp. 197-214..
Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatning tarqalishi boʻyicha ishonchli global hisob-kitoblar mavjud emas. Koʻpgina mamlakatlar, ayniqsa past va oʻrta daromadli mamlakatlar haqida maʼlumotlar juda oz. Joriy hisob-kitoblar mamlakatga va qoʻllangan tadqiqot usuliga qarab juda katta farq qiladi. Ayollarning taxminan 20 foizi va erkaklarning 5-10 foizi bolaligida jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlganini, barcha bolalarning 25-50 foizi esa jismoniy zoʻravonlikka duchor boʻlgani aytiladi.
Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat umrbod jismoniy va ruhiy salomatlik, ijtimoiy va kasbiy faoliyat (masalan, maktab, ish va munosabatlardagi qiyinchiliklar) buzilishi oqibatlarini oʻz ichiga oladi. Bular mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Bolalarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlish boshlanishidan oldin uning oldini olish mumkin va u koʻp tarmoqli yondashuvni talab qiladi. Samarali profilaktika dasturlari ota-onalarni qoʻllab-quvvatlaydi va ijobiy tarbiya koʻnikmalarini oʻrgatadi. Bolalar va oilalarga doimiy gʻamxoʻrlik yomon munosabatda boʻlish xavfini kamaytirishi va uning oqibatlarini olishi mumkin.
Yoshlar
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0d/Kids_off_the_Block_Rocks_in_grass_IMG_4815.JPG/220px-Kids_off_the_Block_Rocks_in_grass_IMG_4815.JPG|thumb| Chikagodagi Roseland shahrida zoʻravonlik natijasida halok boʻlgan har bir bola uchun bittadan, yuzlab oddiy tosh bloklardan iborat „Kids Off the Block (KOB)“ yodgorligi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, yoshlar 10 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan odamlardir. Yoshlar zoʻravonligi yoshlar oʻrtasida sodir boʻladigan zoʻravonlikka ishora boʻlib, bezorilik va jismoniy janjaldan tortib, jinsiy va jismoniy tajovuzdan qotillikgacha boʻlgan ogʻirroq harakatlarni oʻz ichiga oladi.
Dunyo boʻylab har yili 10-29 yoshli yoshlar oʻrtasida 250 000 ga yaqin qotillik sodir boʻladi, bu har yili jahon miqyosida sodir boʻlgan qotilliklar umumiy sonining 41 foizini tashkil qiladi („Global Burden of Disease“, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, 2008)Mercy, J.A., Butchart, A., Farrington, D., Cerda, M. (2002). Youth violence. In Etienne Krug, L.L. Dahlberg, J.A. Mercy, A.B. Zwi & R. Lozano (Eds.), World Report on Violence and Health pp 23-56. Geneva, Switzerland: World Health Organization. Yoshlar zoʻravonligi insonning psixologik va ijtimoiy faoliyatiga jiddiy, koʻpincha umrbod taʼsir qiladi. Yoshlar oʻrtasidagi zoʻravonlik sogʻliqni saqlash, farovonlik va jinoiy adliya xizmatlarining narxini sezilarli darajada oshiradi; mahsuldorlikni pasaytiradi; mulk qiymatini kamaytiradi; va umuman jamiyat tuzilishini buzilishiga sabab boʻladi.