Salida shahri ( ; ispancha :, „chiqish“) — Qoʻshma Shtatlarning Kolorado shtatidagi Chaffee okrugining markazi va eng gavjum munitsipaliteti boʻlgan qonuniy shahar hisoblnaadi. Aholisi 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida 5,666 kishini tashkil etgan.

Tarix Salidada 1881-yildan beri pochta boʻlimi faoliyat koʻrsatmoqda. Salida ispan tilida „chiqish“ degan maʼnoni anglatadi, Salida Arkanzas daryosining vodiydan chiqish qismidan oʻtuvchi maydonini qamrab olganligi va Qirollik darasidan yuqori oqimdagi Bighorn Sheep kanyoniga yaqin joylashganligi sababli shu nom bilan nomlangan.

Geografiyasi Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosi maʼlumotlariga koʻra, shaharning umumiy maydoni ni tashkil etadi.Arkanzas daryosi shahar hududidan oʻtadi va mahalliy qishloq xoʻjaligi uchun asosiy suv manbai hisoblanadi.

Sawatch tizmasi shimol va janubda joylashgan hamda Salidadan taxminan gʻarbda joylashgan. Mosquito tizmasi sharqda Sawatch tizmasi bilan parallel boʻlib, Yuqori Arkanzas vodiysini tashkil qiladi va togʻ tizmasining janubiy chekkasi, Salidadan sharqda qad roslagan, u mahalliy aholi orasida Arkanzas tepaliklari sifatida tanilgan. Salidaning janubiy ufqidagi asosiy tabiiy obyekt boʻlgan Metodist togʻi Sangre de Kristo togʻlaridagi eng shimoliy hududda joylashgan togʻ hisoblanadi. Salida shimolida Yuqori Arkanzas vodiysi va Buena Vista shahri joylashgan.

AQShning 50-yoʻnalish magistrali shaharning janubiy chekkasi yoqalab oʻtadi va Canon Citygacha Arkanzas daryosi boʻylab sharqqa Poncha Springsgacha gʻarbga; va Gunnisongacha uzunlikda boʻlgan kontinental boʻlinish orqali boriladi, shahar Canon City va Pueblo sharqiy qismida joylashgan.

Iqlim Köppen iqlim maʼlumotlariga koʻra, Salida sovuq yarim qurgʻoqchil iqlimga ega (BSk) deya tariflanadi.

Demografiya

2000-yilgi aholini roʻyxatga olishda shaharda 5504 kishi, 2504 xonadon va 1449 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi ni tasjkil etgan. Oʻrtacha zichligi boʻlgan 2748 ta uy-joy mavjudligi aniqlangan. Shaharning irqiy tarkibi 92,66 % oq, 0,05 % afroamerikalik, 1,44 % tubjoy amerikalik, 0,38 % osiyolik, 0,02 % Tinch okeani orollari, 3,29 % boshqa irqlardan va 2,16 % ikki yoki undan ortiq irq vakillaridan iborat edi. Har qanday irqning ispan yoki latino millatiga mansub vakillari 10,76 % ni tashkil etadi.

2504 ta xonadonning 25,0 foizi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalar, 45,9 foizi birga yashaydilar er-xotinlar, 8,6 foizi eri bo‘lmagan bevalar, 42,1 foizi oila aʼzolari bo‘lmagan yakka yashovchilardan tarkib topgan. Uy xoʻjaliklarining 35,9 foizini bir kishi va 15,4 foizini 65 va undan katta yoshdagi bir kishi tashkil etadi. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,15 va oilaning oʻrtacha kattaligi 2,80 kishidan iborat.

Yosh taqsimoti esa quyidagicha: 21,4 % 18 yoshgacha, 6,3 % 18 dan 24 gacha, 27,5 % 25 dan 44 gacha, 24,2 % 45 dan 64 gacha, 20,6 % 65 va undan katta yoshlilardan iborat. Oʻrtacha umr yoshi 42 yosh hisoblanadi. Har 100 ayolga 94,6 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 92,7 nafar erkak toʻgʻri keladi.

Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 28,790 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 38,240 dollarni tashkil etdi. Erkaklar oʻrtacha daromadi 30,447 dollarni, ayollarniki esa 20,867 dollarni tashkil qilishi aniqlangan. Shaharning aholi jon boshiga daromadi 17 252 dollarga toʻgʻri keladi. Oilalarning qariyb 9,2 foizi va aholining 14,8 foizi qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan, shu jumladan 18 yoshgacha boʻlganlar 23,7 foizi va 65 yoshdan oshganlarning 13,7 foizi ham ayni shu toifadagi insonlardir.

Taʼlim Shaharga Salida davlat maktablari faoliyat koʻrsatadi. Ikki davlat oʻrta maktabi, Salida oʻrta maktabi va Horizons Exploratory Academiyasi; va uchta oʻrta maktab, jumladan: Salida oʻrta maktabi, Salida Montessori Charter maktabi va Crest akademiyasi shular jumlasidandir. Kolorado togʻ kolleji Salida shahrida ham oʻz kampusiga ega.

Infratuzilma

Sogʻliqni saqlash Salida va Chaffee okrugi aholisiga Rush Drive-da, shaharning shimoliy tomonida joylashgan Heart of Rockies mintaqaviy tibbiyot markazi xizmat koʻrsatadi.

Transport Salida Koloradoning Bustang tarmogʻining bir qismi hisoblanadi. U Alamosa-Pueblo va Gunnison-Denver Outrider yoʻnalishlarida joylashgan.

Madaniyat Salida Downtown tarixiy okrugi 1984-yilda Tarixiy joylar milliy reestri roʻyxatiga kiritilgan va Koloradodagi eng katta tarixiy tuman hisoblanadi. 2012-yil 30-mart kuni Salida shahar markazi Koloradodagi ikkita sertifikatlangan ijodiy tumanlardan biri sifatida tariflanadi. Salida, shuningdek, Davlat sheʼriyat jamiyatlari milliy federatsiyasi (NFSPS) bilan bogʻliq boʻlgan Kolorado shtatidagi Kolumbin shoirlarining Shavano boʻlimiga ega. Guruh kattalar va talabalar uchun mahorat darslari va festivallar tashkil qiladi hamda sheʼrlar tanlovlarini amalga oshiradi. 2012-yil 30-mart kuni Kolorado Creative Industries kompaniyasi, Shtatning Iqtisodiy rivojlanish va xalqaro savdo boshqarmasining boʻlimi Salida shahrining tarixiy markazi Koloradodagi ikkita „sertifikatlangan ijodiy tumanlar“dan biri sifatida tanlanganligini eʼlon qildi.

Taniqli odamlar

Sally Blane, aktrisa Louie Croft Boyd, Rio Grande kasalxonasining hamshiralar boshligʻi Chris Guccione, Beysbol Oliy Ligasi hakami Kent Haruf, yozuvchi Rut Hinshaw Spray, tinchlik faoli

Yana qarang

Kolorado konturi Kolorado bilan bogʻliq maqolalar indeksi Kolorado shtati Kolorado shaharlari va shaharchalari Kolorado munitsipalitetlari Kolorado okruglari

Manbalar

Havolalar

Turkum:Kolorado shtatidagi okruglar Turkum:Koloradodagi shaharlar