Peter Pan sindromi bir metafora sifatida, ruhan ulgʻaymaslik va bolalik davriga bogʻlanib qolish tushunchasiga asoslangan. Bu fan tomonidan tan olingan ruhiy kasallik emas. Bu ibora, shuningdek, unumdorlikni oshiruvchi texnologiyalardan qochadigan va ish koʻlamini oshirmaydigan kompaniyalarga nisbatan ham ishlatilgan.
Bu ijtimoiy jihatdan yetilmagan katta yoshdagi odamlarni tasvirlash uchun ishlatiluvchi pop-psixologiya atamasi hisoblanadi. Bu atama 1983-yilda doktor Dan Kiley tomonidan "Peter Pan sindromi: hech qachon ulgʻaymaydigan erkaklar" kitobi nashr etilgandan beri populyar sixologiyada oddiy odamlar va baʼzi psixologiya mutaxassislari tomonidan norasmiy ravishda ishlatilib kelingan. Kiley shuningdek, "Wendy dilemmasi" nomli kitob ham yozgan boʻlib, u 1984-yilda nashr etilgan.
Peter Pan sindromi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan kasallik sifatida tan olinmagan. Bu sindrom ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasida ham (DSM-5) koʻrsatilmagan.
Peter Pan sindromiga tegishli deb qaraluvchi xususiyatlarni oʻzida namoyon qiluvchi odamlar baʼzan Peter Panners deb ataladi. Ushbu atama va konseptsiya DSM-5 (ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasida) ga oid emas, aksincha, u omma tomonidan oʻzini risoladagidek tutmaydigan insonlarni kamsituvchi soʻz tarzida qoʻllanadi. Sindrom belgilari Carl Jung tomonidan ilgari surilgan puer aeternus psixologik tushunchasiga asosan belgilangan.
Tarixi Ushbu konseptsiya psixoanalitik doktor Dan Kiley tomonidan birinchi marta 1983-yilda nashr etilgan "Peter Pan sindromi: hech qachon ulgʻaymaydigan erkaklar" kitobi sababli mashhur boʻlib ketdi. Uning kitobi xalqaro miqyosda eng koʻp sotilgan kitobga aylandi va koʻplab pop-psixologiya kitoblarining yozilishiga asos boʻldi. Doktor Kileyda „Peter Pan sindromi“ gʻoyasi oʻzi davolagan koʻplab muammoli oʻsmir oʻgʻil bolalar J. M. Barrie spektaklidagi mashhur qahramon singari ulgʻayish va mas’uliyatni qabul qilishda qiyinchilikka uchrayotganini payqaganidan keyin paydo boʻldi. Bu muammo ularda balogʻat yoshiga qadar davom etgan. Doktor Kiley keyinchalik uning oʻzi ham oʻsmirlikda Peter Pan sindromini boshdan kechirganini tan oldi.
Island (1962) Kiley oʻzining 1983-yilgi kitobida bu atamani kashf qilgunga qadar, Peter Pan sindromi tushunchalari Aldous Huxleyning 1962-yilda chiqqan „Island“ romanida yaqqol koʻrinib turadi; unda qahramonlardan biri „xavfli qoidabuzarlar“ va „qudratga tashna toʻpolonchilar“ haqida gapiradi. Bu turdagi erkaklar „oʻqishni bilmaydigan, oʻrganmaydigan, hech kim bilan til topishmaydigan va bora-bora jinoyatning yanada zoʻravon shakllariga qoʻl uradigan oʻgʻil bolalar“ deb tasvirlangan edi. U bu tushunchaning arxetipi sifatida Adolf Gitler shaxsini koʻrsatadi.
Real hayotdan misol Peter Pan sindromiga chalingan mashhur insonlar ham mavjud boʻlib, ularning orasida eng koʻzga koʻringani Michael Jackson hisoblanadi. Uning oʻzi ham „Men qalban Peter Panman“ deb aytgan edi. Jackson 1988-yildan 2005-yilgacha yashagan Kaliforniyadagi 1,100 gektarlik Neverland Ranch„Neverland Never More“ , by William Etling (author of Sideways in Neverland: Life in the Santa Ynez Valley), EdHat.com, 2009 nomini ham Peter Pan yashaydigan hayoliy orol Neverland nomi bilan atagan. Uning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqchi sanʼat olamiga oilasi bilan birga juda erta kirib kelgani sababli bolalik davrini bolalar kabi oʻtkaza olmagan. U Neverland Ranchda koʻplab bolalar haykallari, gulli soatlar, hayvonot bogʻi, kinoteatr va paxtaqand butkalari oʻrnatilgan bogʻlar, ikkita temir yoʻl, karusellar, fermuar, sakkizoyoq, qaroqchilar kemasi, Wave Svinger, Super Slide, roller coaster, kartotekalar, bamperli avtomobillar, tipi qishlogʻi va koʻngilochar arkada kabi bolalarga xos ashyo va oʻyin obyektlarini toʻplagan.
The New York Daily News gazetasining xodimi yozuvchi Carry Milago 2009-yil 26-iyunda shunday xabar bergan edi: „Jacksonning pullari bilan yillar davomida mahalliy bolalardan tortib uzoq hududlarda yashovchi kasal oʻsmirlargacha minglab maktab oʻquvchilari bogʻlarga tashrif buyurishdi. Ular buni xuddi bir tush kabi eslashadi“. Neverlandga tashrif buyurgan maktabgacha taʼlim muassasasi oʻqituvchisi USA Today nashriga 2003-yilda bergan intervyusida Neverlanddan „dolchinli ruletlar, vanil va konfet hidi hamda bolalarning kulgulari taralayotgandek tuyuladi“ deb aytgan edi.
Manbalar
Turkum:Sindromlar Turkum:Ruhiy salomatlik