Ivica Ivushić() (1995-yil 1-fevralda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, NK Osijek jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xorvatiya terma jamosi sharfini himoya qiladiDrama Istrina golmana: Prijete mi jer ne puštam golove Rijeci! goal.com.
Klubdagi faoliyati Xorvatiyaning Rijeka shahrida tugʻilgan Ivica Ivušić yoshlikdagi faoliyatini mahalliy „Rijeka“ futbol klubida boshlagan. U 2009-yilda Italiyaning "Internazionale" futbol akademiyasiga qoʻshilgan va akademiyada sakkiz yil davomida salohiyatini oshirgan. 2014-yilning iyul oyida Ivica Ivušić Lega Pro klubi Pratoga ijaraga berilgan. 2014-yil 30-avgustda u San-Marino Kalsio jamosiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Keyinchalik Ivica Ivušić 2015-yil 17-avgustda Prva HNL Istra 1961 jamoasiga qoʻshilgan. Italyan akademiyasi Ivica Ivušićni Istraliklarga 75.000 yevro evaziga sotgan. Istra jamoasida bir nechta mavsum oʻtkazganidan soʻng, 2018-yil 18-yanvar kuni Gretsiyaning „Olimpiacos“ klubi Ivica Ivušićni nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolab jamoa tarkibiga qoʻshib olganini eʼlon qilgan.
2018-yilning 12-iyunida Ivica Ivušić Xorvatiyaga qaytgan. Gretsiya jamoasi darvozabonni 200.000 yevro evaziga NK Osijek jamoasiga sotgan. Ivica Nk Osijek jamosi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolab jamoa tarkibiga qoʻshilgan.
Xalqaro faoliyati U 2021-yilning 4-sentyabr kuni Slovakiya futbol terma jamosiga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida Xorvatiya terma jamoasi safida debyut qilgan va safarda kechgan uchrashuvda Xorvatiya terma jampaosi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ivušić o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bugungi kungacha Ivica Ivušić terma jamoa safida 5 marotaba oʻyinga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolPrato2014—15Seriya C11010——120Istra 19612015—16Prva HNL5000——502016—1722020——2402017—1815000——150Jami42020——440Olympiacos2017—18Superleague Greece000000—00Osijek2018—19Prva HNL0000——002019—203603020—4102020—213601010—3802021—22700040—110Jami7904070—900Karyerada jami13207070001460
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xorvatiya 2021 2 0 2022 3 0 Jami 5 0
Manbalar
Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar