Špela Rogelj (1994-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — nafaqadagi sloveniyalik changʻida sakrash yoʻnalishidagi sportchidir.
Faoliyati
Dastlabki yillar Rogelj changʻida sakrash boʻyicha faoliyatini 2008-yil 23-yanvarda Dobbiakoda oʻn uch yoshida boshlagan. Bu Mintaqalararo kubok musobaqalariga toʻgʻri keladi. Keyinchalik 2009-yilda Liberetsda changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida qatnashib 30-oʻrinni egallagan. Ikki yil oʻtgach, 2011-yil 27-yanvarda Otepada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida faqat Kolin Matteldan ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egallagan. Uning Qitʼa kubogidagi eng yaxshi natijasi 2011-yilning 29-noyabrida Rovaniemida erishilgan ikkinchi oʻrindir.
Jahon chempionatidagi faoliyati Jahon kubogi darajasida u 2014-yil 5-dekabrda Lillexammerdagi birinchi yakka tartibdagi musobaqalarida gʻalaba qozonish bilan boshlagan, bu unga 2015-yil 11-yanvarda Sapporoda boʻlib oʻtadigan keyingi musobaqagacha ayollar turnir jadvalida yetakchilik qilishiga sabab boʻlgan. Mavsum davomida, Rogelj oʻzining dastlabki formasini saqlab qola olmagan va 2014—2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan; Shunga qaramay, bu uning jahon chempionatidagi eng yuqori reytingi hisoblanib qolgan.
Jahon chempionati rekordi Rogelj Xalqaro changʻida sakrash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan changʻida sakrash Jahon kubogining 2011-yilgi musobaqalaridan boshlab hozirgi kungacha yaʼni 2021—2022-yilgi changʻida sakrash Jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. Ammo koʻp yillik urinishar texnik qoʻnishdagi va uchish uslubidagi kamchiliklar unga ballar yigʻishda anchagina toʻsqinlik qilgan. Asosan jamovaiy musobaqalarda faol ishtirok etgan, yakka tartibdagi natijalari jamoaviy bahslardan yuqoriroq hisoblanadi.
Turnir jadvali Mavsum Jami ballar 2011—2012-yil 17 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2012-2013-yil 11 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2013-2014-yil 20 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2014—2015-yil 4 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2015-2016-yil 10 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2016-2017-yil 17 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2017-2018-yil 19 Yoʻq Yoʻq 11 Yoʻq Yoʻq 2018-2019-yil 21 Yoʻq Yoʻq 35 26 18 2019-2020-yil 22 Yoʻq Yoʻq Yoʻq 24 Yoʻq 2020-2021-yil 19 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 11 2021-2022-yil 12 14 8 Yoʻq 11 Yoʻq
Yakka tartibdagi gʻalaba Raqam Mavsum Sana Manzil Tepalik Hajmi 1 2014—2015-yil 2014-yil 5-dekabr Lillehammer Lysgårdsbakken HS100
Manbalar