Respublika kuni () Turkiyada va qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasida milliy bayramdir hisoblanadi. 1923-yildan buyon Turkiya Respublikasining e’lon qilinishi sharafiga har yili nishonlanadigan bayramdir.

Tarixi 1923-yil 29-oktabrda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani Respublika deb e’lon qildi va bu voqea sharafiga milliy bayram sifatida Respublika (Jumhuriyat) kuni tashkil etildi. Turkiya 1920-yilning 23-aprelida Turkiya Buyuk Millat Majlisi tashkil etilgandan beri amalda respublika boʻlgan, biroq Turkiya Respublikasining rasmiy eʼlon qilinishi oradan uch yarim yil oʻtibgina sodir boʻldi.

1923-yil 29-oktyabrda davlatning respublika maqomi eʼlon qilindi va uning rasmiy nomi () „Turkiya Respublikasi“ boʻldi. Shundan soʻng Turkiya Buyuk Millat Majlisida ovoz berish boʻlib oʻtdi, uning natijalariga koʻra Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti boʻldi.

Eslatmalar

Adabiyotlar

Marat Terterov, Turkiya: Biznes va sarmoya sharhi, GMB Publishing Ltd, 2006, p. 94.

Havolalar

Respublika bayramining go'zalligi va fazilatlarini ta'kidlagan o'ttizta she'r. muallimce (o'qitish tili) .