Joseph Elliott Bunney () (1993-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Joseph Bunney „Macclesfield“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Joseph Bunney futbolchilik faoliyati davomida „Rochdale“, „Bolton Wanderers“, „Hartlepool United“, „Grimsby Town“, „Lancaster City“, „Kendal Town“, „Stockport County“, „Northwich Victoria“, „Matlock Town“, „Altrincham“ va „Warrington Rylands“ futbol klublarida oʻynagan.

Klublardagi oʻyin faoliyati

Dastlabki yilllardagi oʻyin faoliyati Joseph Bunney Manchesterning Gorton shahrida tugʻilgan. Joseph Bunney yoshligida „Lancaster City“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. 2011—2012-yilgi mavsumda Joseph Bunney klubning asosiy jamoasi tarkibiga qoʻshildi.

Rochdale Joseph Bunney professional faoliyatidagi ilk oʻyinini 2013-yil 27-aprelda „Rochdale“ futbol klubi tarkibida oʻtkazdi. 2014-yilning 1-iyulida Joseph Bunney „Rochdale“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi.

Northampton Town 2018-yilning 16-yanvarida Joseph Bunney nomaʼlum toʻlov evaziga „Northampton Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2018-yilning 25-iyunida Joseph Bunney „Blackpool“ futbol klubi bilan ijara shartnomasini imzoladi va klub jamoasi tarkibiga qoʻshildi.

2019-yil 31-yanvarda Joseph Bunneyning „Blackpool“ futbol klubidagi ijara muddati qisqartirildi va keyin mavsum oxirigacha sobiq jamoasi „Rochdale“ futbol klubiga ijaraga berildi.

Joseph Bunney 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Northampton Town“ futbol klubini tark etdi.

Bolton Wanderers 2019-yilning 2-sentyabrida Joseph Bunney „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan shartnomaga imzo chekdi. 2019-yil 26-iyun kuni Joseph Bunney „Bolton Wanderers“ futbol klubini tark etditheboltonnews „Bolton announce retained list with 14 players out of contract“.

Matlock va Hartlepool 2020-yil 19-oktyabrda Joseph Bunney „Matlock Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladiManchester Evening News: „Former Bolton Wanderers, Blackpool and Rochdale defender joins non-league Matlock Town“. Joseph Bunney klub uchun ikkita oʻyin oʻtkazdi va ikkala oʻyinda ham golli uzatmani amalga oshirdi. Bir oy oʻtgach, Joseph Bunney 30-noyabr kuni „Hartlepool United“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ligaga qaytish 2021-yil 25-avgustda Joseph Bunney Milliy Liga vakili „Altrincham“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2021-yil 8-oktyabrda Joseph Bunney „Warrington Rylands“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Joseph Bunney 2022—2023-yilgi mavsum oldidan „Macclesfield“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarStockport County2012—2013Premer konferensiya1000—0010Rochdale2012—2013Angliya Ikkinchi ligasi11000000112013—2014Angliya Ikkinchi ligasi2132000102432014—2015Angliya Birinchi ligasi1922010002222015—2016Angliya Birinchi ligasi3291010003492016—2017Angliya Birinchi ligasi2913010303612017—2018Angliya Birinchi ligasi200200051271Jami12216100309014417Northampton Town2017—2018Angliya Birinchi ligasi1200000001202018—2019Angliya Birinchi ligasi00000000002019—2020Angliya Ikkinchi ligasi4000101060Jami160001010180Blackpool (ijara)2018—2019Angliya Birinchi ligasi5000001060Rochdale (ijara)2018—2019Angliya Birinchi ligasi160000000160Bolton Wanderers2019—2020Angliya Birinchi ligasi2000000020Matlock Town2020—2021NPL Premer diviziya2000—0020Hartlepool United2020—2021Angliya Milliy ligasi4000—1050Grimsby Town2020—2021Angliya Ikkinchi ligasi5000000050Altrincham2021—2022Angliya Milliy ligasi4000—0040Warrington Rylands2021—2022NPL diviziyasi7500—1085Macclesfield2022—2023NPL diviziyasi2010—0030Umumiy186211104013121422

Manbalar

Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari