Mark-Anthony Kaye () — Kanadalik professional futbolchi boʻlib, Oliy Liga futbol klubi Toronto FC va Kanada terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi Kaye Kanadadaning Ontario shahrida tugʻilgan va birinchi marta Skarborodagi Wexford SC futbol klubida oʻynashni boshlagan. Keyinchalik u Ayaks SC jamoasiga oʻtgan, 2009-yilda viloyat chempionligini qoʻlga kiritgan. U Lawrence Park Collegiate Institutidagi oʻrta maktabda oʻqigan.

Universitetdagi faoliyati Kaye 2012- va 2013-yillar oraligʻida York universitetida ikki yil universitet futbolida oʻynagan. Universitetdagi faoliyati davomida u 29 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol urgan.

Klub faoliyati Kaye Yorkni tark etadi va 2013-yilda Major League Soccer ning Toronto FC akademiyasi boʻlgan TFC Academyga qoʻshildi. 2014-yilda u Ontario 1-ligasida katta akademiyasi jamoasi bilan toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Kaye USL Proning Wilmington Hammerheads jamoasiga TFC akademiyasidan 2014-yil avgust oyida ijara asosida qoʻshildi. U professional debyutini 2014-yil 23-avgust kuni Oranj Kaunti Blyuz FKga qarshi liga oʻyinida oʻtkazdi. Ertasi kuni Kaye oʻzining birinchi professional golini va golli uzatmasini amalga oshirdi, chunki Uilmington LA Galaxy II bilan 3:3 hisobida durang oʻynagandi. Hammasi boʻlib Kay 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Toronto FC II 2015-yilning 12-martida Kaye va yana yetti nafar futbolchi USL jamoasi Toronto FC II bilan ilk mavsum oldidan shartnoma imzoladilar. U 21-mart kuni „Charleston Battery“ga qarshi debyut qildi va 22 ta oʻyinda golsiz maydonga tushdi. thumb| Kaye 2017-yilda Cincinnati himoyachisi Ostin Berri bilan toʻqnash kelgan holati|left

Los Ageles FC Louisvildagi ikki mavsumdan soʻng, Kaye oʻzining ilk mavsumi uchun MLS jamoasi Los-Anjeles FCga oʻtkaziladi. U LAFCdagi debyutini 2018-yilgi mavsumning ochilishida Sietl Saundersga qarshi oʻtkazadi. 2018-yilning 26-iyulida Kaye Los Angeles Gelaksisiga qarshi El Tráfico raqobat oʻyinida oyogʻini sindirib oldi, murabbiy Bob Bredli unga jarrohlik amaliyoti kerakligini aytdi, LAFC esa uning qaytish vaqtini belgilamadi. NBC Sports xabariga koʻra, jarohat futbolchini „4-6 oy“ga safdan chiqarishi mumkin boʻlgan.

Xalqaro martabasi

Yoshlar 2016-yilning may oyida Kaye Gayana va Grenadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga Kanada U23 terma jamoasiga chaqirildi. Kaye ikkala uchrashuvda ham oʻzini koʻrsaata oldi. 2017-yilning mart oyida Kaye mezbon Qatar va Oʻzbekiston terma jamoalari ishtirok etgan „Aspire“ turniriga yana U23 terma jamoasiga chaqirilgan.

Kattalar Kaye 2017-yil 13-iyun kuni Kyurasaoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan. 27-iyun kuni u 2017-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogi uchun Kanada terma jamoasiga kiritildi. U 2019-yil 20-may kuni KONKAKAF Oltin Kubogi-2019 uchun terma jamoaga kiritilgan. Kaye Kanadadagi ilk gollarini 2021-yil 29-mart kuni Kayman orollari ustidan 11:0 hisobida gʻalaba qozonib, dubl qayd etdi.

Oʻyin uslubi Luisvilldagi faoliyati davomida Kaye „hujumkor yarim himoyachi va vinger“ sifatida oʻynagan, biroq MLSga koʻtarilganidan soʻng u „boks-to-boks“ markaziy yarim himoyachi oʻnini oʻz zimmasiga oldi. Toronto FC II bilan oʻynagan vaqtida Kaye tez-tez chap qanot himoyasichisi boʻlib oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaPley-offXalqaro oʻyinKontinentalBoshqaJamiBoʻlimOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarToronto FC III2014League1 Ontario91————91Wilmington Hammerheads2014USL Pro7210———82Toronto FC II2015USL210————210Louisville City FC2016USL24120———26120171944021——255Jami4356021——516Los Angeles FC2018MLS202—20——22220193141010——334202016310—502024320211000000——100Jami77920305020899Colorado Rapids2021MLS1511000——1612022173—1020—203Jami324101020—364Toronto FC2022MLS80—00——80Jami195219061702021922

Xalqaro faoliyati +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish Milliy terma jamoa YilOʻyinGollar Kanada 2017-yil 5 0 2018 1 0 2019 8 0 2020 0 0 2021-yil 16 2 2022 6 0 Jami 36 2 +Mark-Entoni Kaye tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxatiT/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 29-mart, 2021-yil IMG Akademiyasi, Bradenton, Amerika Qoʻshma Shtatlari 5-0 11-0 2022-yil FIFA Jahon chempionati saralashi 2 7-0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar

Havolalar

Mark-Anthony Kaye at Major League Soccer Mark-Anthony Kaye at Soccerway Mark-Anthony Kaye at the Canadian Soccer Association League 1 Ontario profile York Lions profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kanadalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari