Kane Leo Wilson () (2000-yil 11-martda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, Kane Wilson „Bristol City“ futbol klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

West Bromwich Albion Kane Wilson 7 yoshida „West Bromwich Albion“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Wilson 2015—2016-yilgi mavsumning koʻp qismini klubning 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida oʻtkazgan. Kane Wilson oʻzining asosiy jamoadagi birinchi oʻyinini „Paris Saint-Germain“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan.

Kane Wilson EFL kubogining birinchi bosqichida 2016-yil 23-avgustda „Northampton Town“ futbol klubiga qarshi bahsda oʻyinning 70-daqiqasida Brendan Galloway oʻrniga maydonga tushgan. Oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va Wilsonning jamoasi penaltilar seriyasida 4:3 hisobida magʻlub boʻlgan.

Ushbu uchrashuvdan besh kun oʻtgach, Kane Wilson „The Hawthorns“ doirasida „Middlesbrough“ futbol klubiga qarshi Premyer-liga oʻyinida „West Bromwich“ futbol klubining asosisy tarkibiga kiritilganKendrick, Mat (28 August 2016). .

Exeter City (ijara) Kane Wilson „Exeter City“ futbol klubi safiga yozgi transfer oynasida besh oyga ijaraga berilgan. Kane Wilson 28-oktyabrda „Mansfield Town“ futbol klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan uchrashuvda klub safidagi dastlabki oʻyinni oʻtkazgan. Ushbu uchrashuvda Kane Wilson oʻyinning 93-daqiqada ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan.

Tranmere Rovers (ijara) 2019-yilning 9-avgustida Kane Wilson 2020-yil yanvarigacha ijara asosida „Tranmere Rovers“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Wilson ertasi kuni klub safidagi dastlabki uchrashuvni „Portsmouth“ futbol klubiga qarshi (2:0 hisobida magʻlubiyat) oʻtkazgan.

Forest Green Rovers Kane Wilson 2020-yil 8-iyulda „Forest Green Rovers“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Kane Wilson klub safida 2022-yilgi EFL mukofotlari marosimida mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan .

Bristol City 2022-yil 10-iyunda Wilson chempionat vakili „Bristol City“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarWest Bromwich Albion2016—2017Premyer liga000010—102017—2018Premyer liga000000—002018—2019Chempionat000000—002019—2020Chempionat000000—00Jami000010—10West Bromwich Albion U232016—2017———2020Exeter City (ijara)2017—2018Ikkinchi liga19110—20221Walsall (ijara)2018—2019Birinchi liga140002040200Exeter City (ijara)2018—2019Ikkinchi liga170———170Tranmere Rovers (ijara)2019—2020Birinchi liga130201010170Forest Green Rovers2020—2021Ikkinchi liga2711010403312020—2021Ikkinchi liga453102000483Jami724203040814Jami162660801701935

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari