Keanan Chidozie Mbaeri Bennetts (; 1999-yil 9-martda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Germaniya 2.Bundesligasining Darmshtadt klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Borussia Mönchengladbach Bennetts 2018-yilda „Tottenham“ akademiyasidan Mönchengladbachning „Borussia“ siga kelib qoʻshilgan edi. 2020-yil 16-iyun kuni Bundesligada Mönchengladbachning „Borussia“ jamoasi safida professional debyutini oʻtkazdi. VfL "Wolfsburg " jamoasiga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida Lars Shtindl oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.
Ipswich Town (ijara) 2020-yil 2-oktyabrda Bennetts Ipswich Townga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Ipswich Town 10-oktyabr kuni „Blackpool“ga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda Bennets ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib „Ipswich“ safida debyut qildi. 15-dekabr kuni Bennetts Ipswich safidagi birinchi golini Burton Albionga qarshi urdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Bennetts „Ipswich“da ijarada oʻynab yurgan vaqtida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Darmstadt 2022-yil 21-oktyabrda Bennetts Germaniya 2.Bundesliganing „Darmshtadt“ klubiga bilan bir yillik shartnoma asosida kelib qoʻshildi.
Terma jamoadagi faoliyati Bennetts 2014-yilda 15 yoshgacha boʻlgan Germaniya terma jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Angliya terma jamoasiga oʻtib, xalqaro miqyosda himoya qildi. Shuningdek, otasi orqali Nigeriya vakili boʻlish huquqiga ham ega edi. Lekin 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Nigeriya safida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Shaxsiy hayoti Bennetts Londonning Edgvar shahrida tugʻilgan. Onasi nemis, gamburglik, otasi esa nigeriyalik. Oʻzi nemis tilini yaxshi biladi. Akasi Jayden Bennetts ham futbolchi.
Faoliyat statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Totenham U21 2017—2018 — — — 3Appearance (s) in EFL Trophy 0 3 0 Borussia Mönchengladbach II 2018—2019Regionalliga West 22 1 0 0 — — 22 1 2019—2020Regionalliga West 2 1 0 0 — — 2 1 2020—2021Regionalliga West 2 0 0 0 — — 2 0 Jami 26 2 0 0 0 0 0 0 26 2 Borussia Mönchengladbach 2019—2020 Bundesliga 1 0 0 0 — — 1 0 2021—2022 Bundesliga 4 0 1 0 — — 5 0 Jami 5 0 1 0 0 0 0 0 6 0 Ipswich Town (ijara) 2020—2021 Birinchi liga 28 1 1 0 0 0 1 0 30 1 Jami faoliyati 59 3 2 0 0 0 4 0 65 3
Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirok Gollar2014Germaniya U15202014—2015Angliya U16302015Angliya U17502017Angliya U1910
Manbalar
Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar