Moriba Kourouma Kourouma (talaffuzi: Moriba Kuruma Kuruma; 2003-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — Ilaix Moriba (talaffuzi: Ilaysh Moriba) nomi bilan tanilgan gvineyalik professional futbolchi. U Bundesliganing RB Leipzig klubidan ijaraga olinib, La Liga klubi Celtada va Gvineya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi Moriba Gvineyaning Konakri shahrida tugʻilgan. Uning onasi gvineyalik, otasi esa gvineyalik-liberiyalikdir. Moriba Ispaniya va Gvineya fuqaroligiga ega.

Klubdagi faoliyati

Barcelona Moriba Barcelonaga 2010-yilda Espanyoldan kelib qoʻshilganIlaix Moriba, Barça through and through since the age of seven, FC Barcelona, 22 January 2021. U oʻz tengdoshlari orqasida eng yaxshi oʻyinchilaridan biri hisoblangan va koʻpincha oʻzidan kattaroq oʻyinchilar toifasida oʻynagan. Moriba 15 yoshida Real Madridning 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etganidan keyin boshqa tengdoshlaridan ajralib turishini koʻrsatdi. Eng eʼtiborlisi uning soʻnggi goli boʻldi; u bu oʻyinning ikkinchi bo‘limi boshlanishi bilan maydonning o‘rtasidan to‘pni darvozaga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

2019-yilning yanvarida, Moribaning yoshlar jamoasi safidagi shartnomasi tugash arafasida boʻlganida, Manchester City kabi klublar uni qoʻlga kiritishga harakat qilishdi.

Keyingi mavsumda Moriba Barca B klubi safidagi doimiy oʻyinchiga aylandi. U jamoadagi birinchi golini 2020-yil 8-mart kuni, Llagosteraga qarshi (3:2) gʻalaba bilan kechgan oʻyinda kiritgan.

2020—2021-yilgi mavsumda Moriba birinchi marta Granadaga qarshi La Liga oʻyinida asosiy tarkibga kiritildi. U safarda, 4:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan ushbu oʻyinda zaxirada oʻtirgan, biroq maydonga tushmagan. Keyinchalik Moriba birinchi jamoadagi debyutini va oʻyin boshidan maydonga tushgan birinchi uchrashuvini 21-yanvar kuni Ispaniya kubogining 32-turida Cornellàga qarshi oʻtkazdi; 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinning 74-daqiqasida uning oʻrniga Sergio Busquets maydonga tushdi. 2021-yilning 13-fevralida Moriba La Ligadagi debyutini Alavesga qarshi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda (5:1) oʻtkazdi va bu oʻyinda Francisco Trincãoga asistentlik qildi. U La Ligadagi ilk golini 2021-yil 6-mart kuni Osasunaga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan safar oʻyinida kiritdi va klub tarixidagi beshinchi eng yosh toʻpurar boʻldi, bu roʻyxatdagi Moribadan oldingi oʻrinlarni Ansu Fati, Boyan Krkic, Lionel Messi va Pedri egallagan edi.

2021-yil 10-mart kuni Moriba UEFA Chempionlar ligasidagi debyutini 1:1 hisobida kechgan Paris Saint-Germainga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 79-daqiqada Sergio Busquets oʻrniga maydonga tushdi.

RB Leipzig 2021-yilning 31-avgustida Moriba 16 million yevro asosiy to‘lov va qo‘shimcha 6 million yevrolik o‘zgaruvchan to‘lovlar evaziga Bundesliganing RB Leipzig klubiga oʻtdi. Barcelona kelajakda futbolchini sotish boʻyicha har qanday kelishuv toʻlovlarining 10 % iga ega bo‘lish huquqini ham oʻzida saqlab qoldi.

Valenciaga ijaraga 2022-yil 28-yanvarda Valencia Moribani mavsum oxirigacha ijaraga olganini eʼlon qildi. Moriba ushbu klubda 2022—2023-yilgi mavsumda ham ijarada o‘ynadi.

Celtaga ijara 2024-yil 7-avgustda Moriba yana La Ligaga qaytib, sotib olish imkoniyati bilan RC Celta de Vigoga ijaraga o‘tdi.

Xalqaro faoliyati Moriba Ispaniyaning yoshlar terma jamoasi sobiq aʼzosi va u Gvineya hamda Liberiya terma jamoalari safida ham oʻynash huquqiga ega. Koʻrinib turibdiki, yosh yigit oxir-oqibat Gvineya terma jamoasida oʻynashni tanlagan va u xalqaro maydondagi debyutini 2020-yil iyun oyida, COVID-19 pandemiyasi 2020-yilgi futbol mavsumini muzlatib qoʻyishidan oldin oʻtkazishi kerak edi.

2021-yil 21-avgustda Moriba rasman Ispaniya terma jamoasidan voz kechib, Gvineya milliy terma jamoasi safida o‘ynashga qaror qildi. 2021-yil 27-dekabrda u Gvineyaning Afrika Millatlar kubogi 2021 oʻyinlari uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Moriba Gvineya terma jamoasi safidagi debyutini 2022-yil 3-yanvarda, Ruandaga qarshi 3:0 hisobidagi magʻlubiyat bilan kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida amalga oshirdi.

Oʻyin uslubi Jismoniy xususiyatlari va ijodkorligi tufayli Moriba fransuz futbolchisi Paul Pogba bilan taqqoslanadi, Pogbaning ota-onasi va katta akalari ham Gvineyadan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Barcelona B 2019—2020 Segunda División B 8 1 — — 3 0 11 1 2020—2021 11 1 — — 0 0 11 1 Jami 19 2 — — 3 0 22 2 Barcelona 2020—2021 La Liga 14 1 3 0 1 0 0 0 18 1 RB Leipzig 2021—2022 Bundesliga 2 0 1 0 3 0 — 6 0 Valencia (ijara) 2021—2022 La Liga 14 0 4 0 — — 18 0 2022—2023 6 0 0 0 — 0 0 6 0 Jami 20 0 4 0 — 0 0 24 0 Faoliyati jami 55 3 8 0 4 0 3 0 70 3

Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Gvineya 2022 10 0 Jami 10 0

Yutuqlari Barcelona

Copa del Rey: 2020—2021

Manbalar

Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar