Omar Abdulrahmon Ahmad Al Raqi Al Amoudi (; 1991-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) – professional futbolchi, BAAning Shabab Al-Ahli klubi va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Abdulrahmon 2008—2009-yilgi mavsumda „Al-Ayn“ safida debyut qilgan. Birinchi mavsumida Etisalat kubogi, Prezident kubogi va Superkubokni qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda tizzasidan jarohat olgan va olti oydan koʻproq vaqtga safdan chiqqan. 2010—2011-yilgi mavsumda oʻz klubiga quyi ligaga tushib ketmaslikda yordam bergan. Mavsumni 29 uchrashuvda 11 gol bilan yakunlagan va yilning eng umidli futbolchisi deb topilgan. 2011—2012-yilgi mavsumda Abdulrahmon yana oʻsha jarohatni oldi va olti oyga safdan chiqdi. „Manchester Siti“ safidagi ikki haftalik mashgʻulotdan soʻng, 2012—2013-yilgi mavsumda asosiy oʻyinchiga aylanish uchun „Al-Ayn“ga qaytdi va 2012-yilgi Superkub va liga chempionligiga erishgani uchun Vatanida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

ESPN FC Abdulrahmonni 2012-yilning eng yaxshi osiyolik futbolchilar oʻntaligida birinchi oʻringa joylashtirdi. 2013-yilda Abdulrahmon FIFA tomonidan Osiyoning eng istiqbolli kelajak yulduzlari roʻyxatiga kiritilgan. 2012—2013-yilda Goal nashrining mavsumning eng yaxshi oʻyinchilaridan tuzilgan 50 talik roʻyxatida 39-oʻrinni egallagan.

Yoshligi Omar Abdulrahmon Ar-Riyodda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati Yaman. Uning otasi Abdulrahmon Ahmad sobiq futbolchi. Ikkita opasi va uchta akasi bor: Ahmad, Xolid va Muhammad. Yoshligida Ar-Riyod mahallalarida futbol oʻynagan.

Omar shahzoda Faysal bin Fahd stadioni yaqinidagi Al Malaz klubi mashgʻulot maydonida tasodifan uni koʻrgan skaut (kuzatuvchi) Abdulrahmon Eyssaning eʼtiborini tortdi va kuzatuvchi Omardan qaysi klubda oʻynayotganligini soʻradi. Omar esa hech qaysi klub tarkibida harakat qilmasligini va BAA fuqaroligiga ega emasligini aytdi.

2000-yilda Abdulrahmon bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor boʻlgan „Al Hilol“ sudga murojaat qilgan. Chunki butun oilasiga emas, faqat uning oʻziga BAA fuqaroligi taklif etilgan. Otasi bu taklifni rad etgan.

Keyin Abdulrahmonning doʻsti Ahmad Al Garunga yosh iqtidorli futbolchilarni qidirayotgan „Al Ain“ning faxriy aʼzosi Nosir bin Talubdan qoʻngʻiroq boʻldi. Abdulrahmon Eyssa unga Omarning isteʼdodi va uning ukalari Muhammad va Xolid haqida gapirib berdi. Soʻngra Al Ain Omarning butun oilasiga Birlashgan Arab amirliklari fuqaroligini berishga rozi boʻldi. Abdulrahmon ikki ukasi bilan klubga qoʻshildi va klubning yoshlar akademiyasida mashgʻulotlarda ishtirok eta boshladi.

Manbalar

Havolalar

Al Ain FC profile (archived) UAEFA profile (archived)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Al Hilol SFC klubi futbolchilari Turkum:Al-Ain klubi futbolchilari

Turkum:Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohiblari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari muhojir erkak futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar