Bobby Armani De Cordova-Reid (talaffuzi: Bobbi Armani De Kordova-Rid; 1993-yil 2-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi. U Premyer-liga vakili Leicester City klubida hujumchi yoki chap qanot vingeri sifatida oʻynaydi. Angliyada tugʻilgan De Cordova-Reid xalqaro miqyosda Yamayka terma jamoasida toʻp suradi.
Yoshligi va shaxsiy hayoti De Cordova-Reid Angliyaning Bristol shahrida tugʻilgan va kelib chiqishi yamaykalik. U Eastonda oʻsgan. De Cordova-Reid Watford va Norwich Cityda oʻynagan futbolchi Anthony McNameening amakivachchasi. 2018-yil oktyabr oyida u ismini Bobby De Cordova-Reidga oʻzgartirdi. „De Cordova“ onasining ismi boʻlib, Reid bu harakatini: „Men uchun qilgan mashaqqatli mehnatidan keyin shunday qilishni xohladim“, — deb ifodalaydi. Leyboristlar partiyasidan boʻlgan deputat Marsha de Cordova De Cordova-Reidning katta singlisidir.
Klubdagi faoliyati
Bristol City De Cordova-Reid Bristol Cityning yoshlar jamoasida oʻynagach, 2011-yil 4-aprelda unga shu klub tomonidan professional shartnoma taklif qilindi. U 2010—2011-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyini uchun asosiy jamoaga chaqirildi va u yerda kattalar safidagi debyutini amalga oshirdi. 2011-yilning noyabrida De Cordova-Reid yil oxirigacha ijarada oʻynash uchun Cheltenham Townga oʻtdi. 2013-yilning 25-martida u Oldham Athletic bilan 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan ijara shartnomasini imzoladi.
De Cordova-Reid 2014-yil sentyabr oyida Plymouth Argyle bilan bir oylik ijara shartnomasini imzoladi. Keyin ijara shartnomasi ikkinchi oyga uzaytirildi, ammo u jarohati tufayli Bristol Cityga ertaroq qaytib keldi. Bristolda bir marta maydonga tushganidan soʻng, De Cordova-Reid oʻsha oyning oxirida Plymouthga ijaraga qaytdi. U 2015-yil yanvar oyida uchinchi marta ijarada oʻynash uchun Plymouthga qaytdi. De Cordova-Reid keyingi mavsumda Futbol ligasi chempionatida 27 marta oʻynab, ikkita gol urdi va Bristol City ligada 18-oʻrinni egallab, toʻgʻridan-toʻgʻri Futbol ligasi 1ga tushib ketishdan himoya qilindi.
De Cordova-Reid jamoasi Premyer-ligadagi raqiblari Watford, Stoke City, Crystal Palace va Manchester United ustidan gʻalaba qozongan oʻyinlarda maydonga tushib, 2017—2018-yilgi mavsumda Bristol Cityga EFL kubogining yarim finaliga chiqishda yordam berdi. U yarim finalda, APL peshqadami Manchester Cityga qarshi oʻyinda gol urdi.
Cardiff City 2018-yilning 28-iyunida De Cordova-Reid Premyer-liganing yangi aʼzosi Cardiff City bilan 10 million funt sterling evaziga toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U 2017—2018-yilgi mavsumni „gʻalati“ deb taʼriflagan. De Cordova-Reid klubdagi debyutini 2018—2019-yilgi mavsumning ochilish kunida, AFC Bournemouthga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi. U Cardiff futbolkasidagi ilk golini 20-oktyabr kuni Fulhamga qarshi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda (4:2) kiritdi. 2019-yilning 2-fevralida, 26 yoshga toʻlgan tugʻilgan kunida De Cordova-Reid AFC Bournemouthga qarshi kechgan mezbonlik oʻyinda maydonga tushdi va jamoasining raqibi ustidan gʻalaba qozonishiga sababchi boʻlgan ikkala golini ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Fulham 2019-yilning avgustida De Cordova-Reid ijara asosida Fulhamga oʻtdi. U 2019-yil 10-avgustda EFL chempionati doirasidagi Blackburn Roversga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda klub safidagi debyutini qildi. De Cordova-Reid klubdagi ilk golini 2019-yil 26-noyabrda Derby Countyga qarshi gʻalabali oʻyinda (3:0) kiritdi. Uning Fulham bilan tuzilgan shartnomasi 2020-yil 24-yanvarda doimiy asosda oʻynashi uchun uzaytirildi va uch yarim yillik shartnoma imzolandi.
De Cordova-Reid 2020—2021-yilgi mavsumni Fulhamning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi, biroq klub oliy ligada atigi bir mavsum oʻynaganidan soʻng Premyer-ligadan tushib ketdi.
2021-yil 14-avgustda u Huddersfield Town jamoasiga qarshi safarda 5:1 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Leicester City 2024-yil 6-iyulda De Cordova-Reid Premer-ligaga yangi ko‘tarilgan Leicester City klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati 2019-yil iyun oyida De Cordova-Reid iyul oyida boshlanadigan CONCACAF oltin kubogi oʻyinlari uchun Yamayka milliy terma jamoasida oʻynashga taklif etildi. Oʻsha yili avgust oyida u CONCACAF millatlar ligasi doirasidagi Antigua va Barbuda hamda Gayanaga qarshi oʻyinlarda qatnashish uchun rasman terma jamoaga chaqirilgan. De Cordova-Reid 6-sentyabr kuni Antigua va Barbudaga qarshi oʻyinda debyut qildi va ushbu uchrashuvda Yamayka terma jamoasi 6:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaFA kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBristol City2010—2011EFL chempionati100000—102011—2012Chempionat00—00—002012—2013Chempionat411000—512013—2014Birinchi liga2413030203212014—2015Birinchi liga20001000302015—2016Chempionat2821010—3022016—2017Chempionat3031041003542017—2018Chempionat46190062005221Jami13526601532015829Cheltenham Town (ijara)2011—2012Ikkinchi liga1000——10Oldham Athletic (ijara)2012—2013Birinchi liga70———70Plymouth Argyle (ijara)2014—2015Ikkinchi liga333——20353Cardiff City2018—2019Premyer-liga2751010002952019—2020Chempionat1000000010Jami285101000305Fulham (ijara)2019—2020Chempionat244001000254Fulham2019—2020Chempionat1721000302122020—2021Premyer-liga3352121003772021—2022Chempionat4181020—4482022—2023Premyer-liga133000000133Jami1041841413011520Faoliyati jami332561112147037161
Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Yamayka 2019-yil 4 1 2020-yil 2 0 2021-yil 8 1 2022-yil 3 0 Jami 17 2
Hisob va natija birinchi boʻlib Yamaykaning gollari roʻyxatini, hisob ustuni De Cordova-Reidning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.
+Bobby De Cordova-Reid tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2019-yil 6-sentyabr Montego Bay sport majmuasi, Montego Bay, Yamayka 2-0 6-0 2019—2020 CONCACAF millatlar ligasi B 2 2021-yil 12-iyul Exploria stadioni, Orlando, AQSh 2-0 2-0 2021 CONCACAF oltin kubogi
Yutuqlari Fulham
EFL chempionati: 2021—2022 EFL chempionati pley-off bosqichi: 2020
Individual
Bristol Cityda „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“: 2017—2018 EFLning mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2017—2018 Yilning PFA jamoasi: 2017—2018 chempionati CONCACAF oltin kubogi „Turnirning eng yaxshi goli“: 2021
Manbalar
Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Yamaykalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar