Anssi Valtteri Jaakkola (talaffuzi: Anssi Valtteri Yaakkola; 1987-yil 13-martda tugʻilgan) – finlandiyalik sobiq professional futbolchi. U oxirgi marta EFL Ikkinchi ligasi klubi Bristol Rovers va Finlandiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan. Hozirda Southend United klubida darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Jaakkola Kemi shahrida tugʻilgan. U kattalar klubidagi faoliyatini 2004-yilda, 17 yoshida TP-47 klubida boshlagan va 2007-yilda Serie Aning Siena klubi bilan shartnoma imzolagan.
Jaakkola Finlandiya terma jamoasi safida 2011-yilning iyun oyida, 24 yoshida debyut qilgan.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki faoliyati Jaakkola dastlab TP-47 va FC-88 jamoalarida oʻynagan. 2007-yil yanvar oyida u Serie A vakili Siena bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Jaakkola Serie Adagi debyutini 2007—2008-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida Dimitrios Eleftheropoulosning oʻrniga maydonga tushgan holda amalga oshirdi va Palermo bilan 2:2 hisobida kechgan ushbu uchrashuvda jamoasi bilan durang natija qayd etdi. 2009-yilda u Lega Pro Seconda Divisionedagi V. F. Colligiana klubiga ijaraga berildi. Jaakkola 2010-yilning iyul oyida Slavia Prague klubiga tekinga oʻtdi va u bilan ikki yillik shartnoma imzoladiAnssi Jaakkola slávistou at Slavia Prague website.
Kilmarnock 2011-yil yanvar oyida Jaakkola Slaviani tark etib, Shotlandiya Premyer-ligasining Kilmarnock klubiga oʻtdi. Ushbu klubning menejeri fin millatiga mansub Mixu Paatelainen edi. Jaakkola 12-fevral kuni Hibernian jamoasiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib klubdagi debyutini amalga oshirdi. 2013-yilning yozida shartnomasi muddati tugagach, Kilmarnockni tark etdi.
Ajax Cape Town Jaakkola 2013-yil avgust oyida Janubiy Afrika Premyer-ligasidagi Ajax Cape Town klubiga qoʻshildi. Premyer-ligadagi debyutini u 2013-yilning 22-sentyabrida, Polokwane klubiga qarshi oʻyinning 57-daqiqasida Brandon Peterson oʻrniga maydonga tushib oʻtkazdi.
Reading 2016-yilning 11-iyulida Jaakkola Reading klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U Readingdagi debyutini 2016-yilning 8-avgustida oʻtkazdi va klubning Plymouth Argyle jamoasiga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan ushbu oʻyinida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. 2018—2019-yilgi mavsum oxirida Reading jamoasi bilan shartnomasi bekor qilindi.
Bristol Rovers Reading bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Jaakkola Birinchi liga vakili Bristol Roversga qoʻshildi. Jaakola Rovers safidagi debyut mavsumida 20 tadan ortiq oʻyin oʻtkazdi, ammo uning mavsumi Yangi yil kunidagi Milton Keynes Donsga qarshi oʻyinda olgan jarohati tufayli muddatidan oldin yakunlandi. Mavsumi qisqartirilganidan soʻng, u klub bilan 2020-yil 3-iyulda 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha davom etadigan, yana bir yilga choʻzish imkoniyatiga ega boʻlgan yangi shartnomani imzoladi. 2020-yil 8-dekabrda Jaakkola Leyton Orientga qarshi EFL kubogi oʻyinida Axilles payidan olgan jarohati tufayli maydonni tark etishga majbur boʻldi. Dastlab u bir necha hafta davomidagina musobaqalarda ishtirok eta olmasligi kutilgan edi , biroq 2021-yil fevral oyiga kelib ham u jamoasi safiga qaytmagan edi. Shu paytda yangi bosh murabbiy Joey Barton Jaakkolaning oʻyinlarga qaytishiga „taxminan bir hafta qolgani“ haqida maʼlumot berdi . Futbolchi 2021-yil 27-martda, oʻz maydonida Sunderlandga qarshi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda jamoasi safiga qaytdi. Bu paytda Rovers pastki ligaga tushib qolishga qarshi kurashni davom ettirayotgan edi.
Jaakkola 2021—2022-yilgi mavsum Ikkinchi ligasining dastlabki ikkita oʻyinida maydonga tushdi, biroq Axilles payidagi jarohatining qaytalanishi uni yana maydondan chiqishga majbur qildi. Sentyabr oyi boshlarida murabbiy Barton Jaakkolaning yana bir hafta davomida oʻynay olmasligini taxmin qilgan boʻlsa-da , futbolchining Axilles payiga ukol qilish zaruriyati tugʻildi. Oktyabr oyiga kelib, jarohatning toʻliq tuzalishiga imkon berish va muammoni butunlay bartaraf etish maqsadida, Jaakkolaning noyabr oyigacha jamoa safidan chiqish ehtimoli yuqori ekanligi maʼlum boʻldi . U yoʻqligida ajoyib oʻyin koʻrsatgan James Belshaw tufayli Jaakkola jarohatdan sogʻayib qaytgach, maydonga zaxira oʻrindigʻida tushishiga toʻgʻri keldi. Biroq, yanvar oyi oxirida Belshaw biroz lat yegach, u asosiy tarkibga qaytish imkoniyatiga ega boʻldi . Rovers 2021—2022-yilgi mavsum oxirida Birinchi ligaga koʻtarilganidan soʻng , darvozabonlar murabbiyi Tony Warner Jaakkolaning sobiq klubi, Readingga oʻtib ketdi va Jaakkola mavsum oldidan darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yurita boshladi .
Xalqaro faoliyati 2010-yil 30-avgustda Jaakkola jarohat olgan Peter Enckelman oʻrniga Finlandiya terma jamoasinining Yevropa chempionati saralash bosqichidagi Moldova va Gollandiyaga qarshi oʻyinlarida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Biroq, u hech qaysi oʻyinda maydonga tushmadi. Jaakkola 2011-yil 7-iyun kuni Shvetsiyaga qarshi kechgan oʻyinda terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi va u 5 ta golni oʻtkazib yuborgach, Finlandiya 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
2021-yilning may oyida Jaakkola kechiktirilgan UEFA Euro 2020 chempionatida qatnashadigan terma jamoaning 26 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritildi . Jaakkola UEFA Euro 2020 turnirida Finlandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, biroq Lukas Hradeckyning zaxira oʻyinchisi sifatida maydon yuzini koʻrmagan. 2021-yil 21-iyun kuni Belgiyaga 0:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Finlandiya terma jamoasi chempionatning „B“ guruhida 3-oʻrinni egallagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTP-472005Veikkausliiga3000——302006Ykkönen14000——140Jami17000——170Siena2006—2007Serie A0000——002007—2008Serie A1000——102008—2009Serie A0000——002009—2010Serie A0000——00Jami1000——10Colligiana (ijara)2008—2009Lega Pro Seconda Divisione7000——70Slavia Prague2010—2011Chexiya Birinchi ligasi2020——40Kilmarnock2010—2011Shotlandiya Premyer-ligasi800000—802011—2012Shotlandiya Premyer-ligasi500010—602012—2013Shotlandiya Premyer-ligasi000000—00Jami1300010—140Ajax Cape Town2013—2014Janubiy Afrika Premyer-divizioni2400010—2502014—2015Janubiy Afrika Premyer-divizioni2804020—3402015—2016Janubiy Afrika Premyer-divizioni260101040320Jami780504040910Reading2016—2017Chempionat000030—302017—2018Chempionat503030—1102018—2019Chempionat1501000—160Jami2004060—300Reading U232016—2017———3030Bristol Rovers2019—2020Birinchi liga2103020002602020—2021Birinchi liga2102000102402021—2022Ikkinchi liga2000000020Jami440502010520Faoliyati jami1820160130802190
Xalqaro : Milliy terma jamoa Yil Raqobatbardosh Doʻstona Jami Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Finlandiya 2011-yil 1 0 0 0 1 0 2017-yil 0 0 1 0 1 0 2018-yil 0 0 1 0 1 0 Jami 1 0 2 0 3 0
Yutuqlari
Klub Kilmarnock Shotlandiya liga kubogi: 2011—2012; Ajax Cape Town MTN 8: 2015 Bristol Rovers EFL Ikkinchi ligasi uchinchi oʻrin: 2021—2022 Individual Ajax Cape Townda „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“: 2014
Shaxsiy hayoti Jaakkolaning ikki qiz va bir oʻgʻil farzandi bor. Uning rafiqasi shotland millatiga mansub.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari