James Stanley Daly () (2000-yil 12-yanvarda tugʻilgan) —angliyalik futbolchi. James Daly Milliy liga vakili „Woking“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi James Daly Sharqiy Sussexning Brighton shahrida tugʻilgan. Daly „Brighton & Hove Albion“ futbol klubini qoʻllab-quvvatlaydi. Biroq, „Crystal Palace“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.

Klubdagi faoliyati

Crystal Palace James Daly 14 yoshida „Crystal Palace“ futbol klubining akademiyasiga qoʻshildi.

2018-yilning 7-aprelida James Daly AFKning „Bournemouth“ futbol klubiga qarshi safar oʻyinida klubning asosiy tarkibiga kiritildi.

2018-yilning may oyida James Daly klubning „Yil oʻyinchisi“ deb topildi va iyul oyida klub bilan bir yillik professional shartnoma imzoladi.

2018-yil avgust oyida Daly „Kingstonian“ futbol klubi jamoasiga 2018—2019-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berildi.

2019-yilning iyun oyida Daly „Crystal Palace“ futbol klubi bilan shartnomani uzaytirdi.

Bristol Rovers 2020-yil 31-yanvarda James Daly ikki yarim yillik shartnoma asosida EFL Birinchi ligasi vakili „Bristol Rovers“ futbol klubiga qoʻshildi. U „Bristol Rovers“ futbol klubi safida 29-fevral kuni „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (0:1) ilk oʻyinini oʻtkazdi. 2020-yil 10-oktyabrda Daly klub uchun oʻzining birinchi golini urdi.

Stevenage James Daly 2021-yilning 2-iyunida Ikkinchi liga vakili „Stevenage“ futbol klubi safiga bepul transfer asosida qoʻshildi.

Woking 2022-yil 2-iyunda James Daly „Stevenage“ futbol klubini tark etganidan soʻng, bir yillik shartnoma asosida Milliy liga vakili „Woking“ futbol klubiga oʻtishga rozi boʻldi.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Boʻlim Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarCrystal Palace2017—2018Premyer liga00———002018—2019Premyer liga00———002019—2020Premyer liga0000——00Jami0000000000Kingstonian (ijara)2018—2019Isthmian Ligasi166100021197Bristol Rovers2019—2020Birinchi liga30——00302020—2021Birinchi liga283110030324Jami313110030354Stevenage2021—2022Ikkinchi liga150001031191Woking2022—2023Milliy liga166100000166Jami78153110828918

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar