Rolls-Royce Sweptail – Rolls-Royce Motor Cars tomonidan yaratilgan yagona nusxadagi hashamatli katta avtomobil.
Umumiy koʻrinishi Sweptail modeli Rolls-Royce Phantom Coupé asosida yaratilgan boʻlib, uni tayyorlash uchun toʻrt yil davomida qoʻlda yigʻilgan. Ushbu avtomobil 1920 va 1930-yillardagi avtomobilsozlik sanʼatidan ilhomlanib yaratilgan boʻlib, 2013-yilda superyaxta va samolyotlar boʻyicha mutaxassisning buyurtmasiga binoan ishlab chiqarilgan.
Sweptail 2017-yil may oyida Concorso d’Eleganza Villa d’Este koʻrgazmasida namoyish etilgan. Sweptail oʻsha paytda dunyodagi eng qimmat yangi avtomobil boʻlib, narxi taxminan 10 million funtni tashkil qilgan.
Sweptail avtomobili Gonkongda yashovchi mijoz Sem Li tomonidan sotib olingan.
Rolls-Royce Motor Cars kompaniyasining sobiq dizayn direktori Jiles Teylor ushbu avtomobilni „avtomobil dunyosidagi yuqori moda (Haute couture) ekvivalenti“ deb taʼriflagan.
2019-yilda Sweptail dunyodagi eng qimmat avtomobil maqomini yoʻqotdi. Bu unvon Bugatti La Voiture Noire avtomobiliga oʻtdi, uning narxi 18,7 million AQSh dollarini tashkil qilgan.
Galereya
Manbalar
Turkum:Avtomobillar Turkum:Buyuk Britaniya avtomobillari