Onyinye Wilfred Ndidi (; 1996-yil 16-dekabrda Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan) — nigeriyalik futbolchi, „Leicester City“ futbol klubi va Nigeriya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati thumb|396x396px| Wilfred Ndidi „Leicester City“ futbol klubi safida Wilfred Ndidi faoliyatini Belgiyaning „Genk“ futbol klubida boshlagan. 2015-yilning 31-yanvarida Wilfred Ndidi „Genk“ futbol klubi tarkibida „Charleroi“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2016-yilning 15-yanvarida „Sylte Waregem“ jamoasiga qarshi oʻyinda Wilfred Ndidi „Genk“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. 2016-yil oxirida Angliyaning „Leicester City“ futbol klubi Wilfred Ndidi bilan 15,5 million funt evaziga shartnoma imzolagan. 14-yanvar kuni „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Wilfred Ndidi Angliya premyer ligasida debyut qilgan. Aprel oyida „Stoke City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Wilfred Ndidi „Leicester City“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi.
Xalqaro faoliyati 2013-yilda Wilfred Ndidi 20 yoshgacha boʻlgan Nigeriya terma jamoasi safida Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Urugvay, Kuba va Janubiy Koreya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2015-yilning yozida Wilfred Ndidi Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Wilfred Ndidi Braziliya, Shimoliy Koreya, Vengriya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2015-yil 8-oktabrda Wilfred Ndidi Nigeriya milliy terma jamoasi safida Kongo DR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
2018-yilda Wilfred Ndidi Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Wilfred Ndidi Xorvatiya, Islandiya va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2019-yilda Wilfred Ndidi 2019-yilda Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Turnirda Wilfred Ndidi Burundi, Gvineya, Madagaskar, Tunis, Jazoir, Janubiy Afrika va Kamerun jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2022-yilda Wilfred Ndidi ikkinchi marta Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Misr, Sudan, Gvineya-Bisau va Tunis jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi JamoaTemporadaLigaKubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolK. R. C. Genk2014—20156—————602015—20163845———4342016—201719—31122343Jami63481122837Leicester City F. C.2016—2017172214—2332017—201833—51——3812018—20193822———4022019—20203227———3922020—20212616—4—3612021—202220—3—823122022—202310—1———110Jami176726216221811Umumiy faoliyatida2391134328430118
Manbalar
Havolalar
Profile at the Leicester City F.C. website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:KRC Genk futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari