Tigran Barseghyan () (1993-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — Armanistonlik professional futbolchi, Fortuna Ligasi vakili Slovan Bratislava va Armaniston terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Armaniston poytaxti Yerevanda tugʻilgan Barseghyan oʻzining ilk professional faoliyatini Armaniston Premyer-ligasining „Banants“, „Gandzasar Kapan“ va „Mika“ klublari safida oʻynashdan boshlagan. 2016-yil 30-avgustda u chet elga koʻchib oʻtgan va Armanistonlik boshqa futbolchi Ovannes Hambardzumyan oʻynayotgan Makedoniyaning FK Vardar jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

FK Vardarda ikki yarim mavsum oʻtkazgandan soʻng, Makedoniyaning eng mashhur saytlaridan gol.mkBarsegјan: Rabotnata viza mi praveshe problem, veќe si baram nov klub at gol.mk va boshqa OAV tomonidan Makedoniya Birinchi Futbol Ligasida oʻynagayotgan eng yaxshi chet ellik oʻyinchilardan biri deb topilgan. Ammo u viza muammolari tufayli klubni tark etganBarsegјan: Rabotnata viza mi praveshe problem, veќe si baram nov klub at gol.mk.

2020-yilning 24-yanvarida Qozogʻiston Premyer Ligasining „Astana“ klubi Barsegyan bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilingan.

2021-yilning 24-noyabrida Slovan Bratislava Barsegyan bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilingan.

Xalqaro faoliyati Barsegyan 2014-yilda Armaniston U21 terma jamoasidan chaqiruv olgan. 2016-yilda u kattalar terma jamoasida debyut qilganTigran Barseghyan at National-Football-Teams.com. Tigran 2018/2019-yilgi UEFA Millatlar ligasida Armaniston terma jamoasi safida ishtirok etgan. Tigran Millatlar ligasi doirasida Lixtenshteynga qarshi oʻyinda Armaniston terma jamoasi safida gol urgan va uning jamoasi yakunda gʻalaba qozongan. Tigran Ruminiyaga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga penaltidan gʻalaba toʻpini kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolMika2013—2014Armaniston Premyer Ligasi14420--1642014—20152455120-316Jami3897120004710Gandzasar Kapan2015—2016Armaniston Premyer Ligasi21440--254Vardar2016—20171. MFL1672000-1872017—201831920122-45112018—2019740020-94Jami542040142007222Kaisar2019Qozogʻiston Premyer Ligasi291230--2912Astana2020Qozogʻiston Premyer Ligasi19300201022320212475242213110Jami43105262315715Karyerada jami174552332243123063

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Armaniston 2016-yil 3 1 2017-yil 8 0 2018-yil 8 1 2019-yil 9 3 2020-yil 6 1 2021-yil 3 2 Jami 37 8 +Tigran Barsegyan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2016-yil 1-iyun StubHub Center, Karson, Amerika Qoʻshma Shtatlari 3-0 4-0 Oʻrtoqlik 2 2018-yil 6-sentyabr Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 2-1 2-1 2018-2019 UEFA Millatlar ligasi D 3 2019-yil 8-iyun Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 3-0 3-0 UEFA Yevro-2020 saralashi 4 2019-yil 11-iyun Olimpiya stadioni, Afina, Gretsiya 3-1 3-2 UEFA Yevro-2020 saralashi 5 2019--yil 12-oktyabr Rheinpark Stadion, Vaduz, Lixtenshteyn 1-0 1-1 UEFA Yevro-2020 saralashi 6 2020-yil 5-sentyabr Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya 1-2 1-2 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi C 7 2021-yil 28-mart Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 8 2021-yil 31-mart Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 3-2 3-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari Banants Yerevan

Armaniston Premyer-ligasi 2-oʻrin sohibi: 2010—2011, 2011—2012 Armaniston kubogi sohibi: 2009—2010, 2010—2011 Armaniston Superkubogi sohibi : 2010—2011

Mika

Armaniston kubogi sohibi: 2014—2015

Vardar

Makedoniya Birinchi ligasi : 2016—2017

Slovan Bratislava

Fortuna Liga : 2021—2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Armanistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari