Damir Muhidov — oʻzbek sambochisi, 2004-yil oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni, 2007-yil Uralskda oʻtkazilgan jahon kubogi bosqichining bronza medali sovrindori, jahon chempionatlarining kumush (2008-yil) va bronza (2005-yil) medallari sovrindori, 2010-yilgi Jahon oʻyinlari sambo musobaqalari chempioni, Oʻzbekiston xalqaro toifadagi sport ustasi. Birinchi yarim oʻrta vazn toifasida (68 kg gacha) chiqish qilgan. Shuningdek, 2011-yilda Vilnyusda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ham qatnashgan va beshinchi oʻrinni egallagan.

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston sambochilari