Jason Clarence Kreis (; 1972-yil 29-dekabrda AQShning Nebraska shtati Omaxa shahrida dunyoga kelgan) — amerikalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hozirda u AQSh olimpiya terma jamoasini boshqarmoqda.

Jason Kreis futbolchilik faoliyatining asosiy qismini AQShning „Dallas“ futbol klubida, keyinroq esa „Real Salt Lake“ futbol klubida oʻtkazdi. Umuman olganda, u 300 dan ortiq professional oʻyinda maydonga tushgan. 1999-yildagi natijalariga koʻra futbolchi MLS tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchilar roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. U shuningdek, AQSH terma jamoasida ham 14ta oʻyin oʻtkazgan.

Dastlabki yillari Jason Kreis oʻzining tugʻilgan shahri Omahadagi „Gladiator“ futbol futbol klubida oʻynagan. Uning ota-onasi Nebraskada birinchilardan boʻlib oʻzlarining futbol klubini tashkil qilishgan. Omaxadagi Burk oʻrta maktabiga oʻqishga kirgan Jason Kreis mahalliy futbol jamoasiga chaqirildiNEBRASKA USA TODAY — Wednesday, June 8, 1988. Birinchi kursni tugatgandan soʻng, Jason Kreis va uning oilasi Luiziana shtatining Mandevil shahriga koʻchib oʻtdi, u yerda u Mandeville oʻrta maktabi jamoasi bilan bir nechta turnirlarida qatnashdi. Shuningdek, 1991-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan va nufuzli Vashington D.C. Capital Cup kubogini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati Jason Kreis atigi 14 ta xalqaro oʻyinda maydonga tushgan. U birinchi oʻyinini 1996-yil 30-avgustda Salvadorga qarshi oʻtkazdi. Jason Kreis oʻzining yagona golini 1999-yil 8-sentyabrda Yamaykaga qarshi oʻyinda kiritgan va bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan.

Keyingi faoliyati          2019-yilning 19-martida Jason Kreis AQShning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga murabbiy etib tayinlangan.

2021-yil 1-mart kuni Jason Kreis „Inter Miami“ futbol klubining yangi bosh murabbiyi Fil Nevillning yordamchisi etib tayinlangan.

Statistika Klublardagi faoliyatiLigaKubokPlay-off bosqichlaridaXalqaro turnirJamiJamoaMavsumOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDallas Burn199631130021-331419973282041-38919983092021-3410199932181161-3920200027113120-321220012571030-297200227133031-3314200318710--197200425510--265Jami24791142225-28398Real Salt Lake200524900--249200630800--308200740---40Jami581700--5817Umumiy faoliyatida305108142225-341115

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar