Aleksandar Ignjovski (; 1991-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi. 2. Bundesliga vakili Holshtein Kiel jamoasida yarim himoyachi va oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Yugoslaviya SFRning Belgrad shahrida tugʻilgan Ignjovski birinchi mavsumida 2008-yilda Serbiya Superligasining OFK Beograd klubida oʻynagan va oʻsha mavsumda yigirma uchta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan. 2009-yil 8-iyulda 2. Bundesliga klubi TSV 1860 Munich ijaraga berildi.
Ijara muddati tugagach Belgradga qaytdi, Werder bilan shartnoma imzolashdi. 2014-yilning 1-aprelida klub bilan shartnomasini uzaytirmaslik qarorini eʼlon qildi. Bu vaqt ichida „Werder“da 60 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
2014-yilning 3-aprelida Ignjovski Eintracht Frankfurt klubi bilan 2014—2015-yilgi mavsumdan boshlab uch yillik shartnoma imzolaganini, u yerda „Werder“dagi sobiq bosh murabbiyi Thomas Schaaf bilan yana birga klubda boʻlishini eʼlon qildi. Frankfurtdagi debyutini 2014-yil 23-avgust kuni SC Freiburgga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi.
2016-yilning iyun oyida Ignjovski SC Freiburg bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning 28-avgustida „Freiburg“ safida ligada „Hertha“ga qarshi oʻyinning 66-daqiqasida Onur Bulut oʻrniga maydonga tushib debyutini oʻtkazdi. Klub 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
2019-yilning 21-iyulida Ignjovski ikki yillik shartnoma asosida Holstein Kielga qo‘shildi.
Xalqaro faoliyati Ignjovski 2009-yildan Serbiya U-21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 2010-yil mart oyida Makedoniya terma jamoasi bosh murabbiyi Mirsad Jonuz Ignjovski makedoniyalik boʻlganligi sababli uni Makedoniya terma jamoasida ishtirok ettirish istagi borligini rasman maʼlum qilgan, ammo bu amalga oshmagan. Buning oʻrniga Serbiya terma jamoasida oʻynadi, debyutini 2012-yil 28-fevralda Kiprning Larnaka shahrida Armanistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarOFK Beograd2008—2009Superliga Srbije2330000002331860 Munich (ijara)2009—20102. Bundesliga3002000003202010—2011230200000250Jami530400000570Werder Bremen2011—2012Bundesliga2600000002602012—20132011000002112013—2014140000000140Jami601100000611Eintracht Frankfurt2014—2015Bundesliga2002000002202015—2016180000010190Jami380200010410Freiburg2016—2017Bundesliga19020——2102017—2018000010—10Jami1902010002201. FC Magdeburg2018—20192. Bundesliga17000——170Holstein Kiel2019—20202. Bundesliga21010——2202020—202110010—101202021—20225000——502022—20236000——60Jami420200010450Jami faoliyati252411010202664
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Serbiya 2012 10 0 2013 1 0 2014 0 0 2015 0 0 2016 1 0 Jami 12 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari
Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:2. Bundesliga futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar