Gary Christofer Kagelmacher Pérez (; 1988-yil 21-aprelda tugʻilgan) — urugvaylik professional futbolchi, Chilining „Universidad Católica“ klubida markaziy himoyachi va oʻng qanot himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Montevideoda tugʻilgan Kagelmacher professional faoliyatini mahalliy Danubio FC klubida boshlagan. 2007-yilda, 19 yoshida Ispaniya Segunda B divizioni vakili „Real Madrid Castilla“ klubiga ijaraga berildi.

2008—2009-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida Kagelmacher „Real Madrid“ safida La Ligada „Osasuna“ga qarshi oʻyinda debyut qildi, safarda 2:1 hisobida magʻlub boʻlishdi. 2010-yilning yozida Belgiya Pro-ligasining KFC Germinal Beerschot jamoasiga ijaraga berildi. 2011-yil 6-may kuni Beerschot bilan toʻrt yillik doimiy shartnomaga rozi boʻldi. Keyingi transferlar oynasida yana boshqa mamlakat klubi — Fransiyaning „Monako“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

2013—2014-yilgi mavsumda Valenciennes klubida ijara asosida toʻp surdi. 2014-yil 30-iyun kuni Kagelmacher TSV 1860 Munich jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Oʻzining yangi jamoasi tarkibidagi ilk gollarini keyingi yilning 8-martida SV Sandhausenga qarshi oʻyinda kiritdi, ammo 3:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.

31 yoshli Kagelmacher Isroil Premyer-ligasida vakili Maccabi Haifa klubida bir mavsum va Belgiya oliy divizionining KV Kortriyk jamoasida ikki yarim mavsum oʻynaganidan keyin 2020-yil yanvaridagi transfer oynasida vataniga qaytdi. Peñarol bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik xorijda, Meksikaning Liga MX ligasi Club León va Chili Primera Divizioni Club Deportivo Universidad Católica klublarida oʻynadi.

Xalqaro faoliyati Kagelmacher 2005-yilgi FIFA Jahon chempionatida Urugvayning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan. Ikki yil oʻtgach, 2007-yilgi Jahon chempionatida 20 yoshgacha boʻlganlar bilan maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiManbaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarDanubio2007—2008Primera2000-2040Real Madrid B (ijara)2007—2008Segunda B272---272Real Madrid B2008—2009Segunda B271---271 2009—2010323---323 Jami594---594-Real Madrid2008—2009La Liga1000--10 Beerschot (ijara)2010—2011Belgiya Pro ligasi21340-60313Beerschot2011—2012Belgiya Pro ligasi19430--224 Monaco2011—2012Liga 21700000-170 2012—20133532000-373 Jami523200000542-Valenciennes (ijara)2013—2014Liga 13101010-331 1860 Munich2014—20152. Bundesliga26210-20292 2015—201632130--351 Jami58340-20643-Maccabi Haifa2016—2017Isroil Premyer ligasi341104030421 Kortrijk2017—2018Belgiya birinchi divizioni A14030-80250 2018—201928030-100410 2019—202019221-00213 Jami61281-180873-Jami faoliyati365222315031042423-

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar