Florian Kamberi (1995-yil 8-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, Shveysariyaning „Wintertur“ klubi va Albaniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Kamberi avvalroq Grasshopper, Karlsruher SC, Hibernian va Rangers klublarida oʻynagan. Shveysariyaning U20 va U21 terma jamoalarida 5 ta oʻyinda maydonga tushgan

Klublardagi faoliyati

Grasshoppers Kamberi professional faoliyatini Shveysariyaning Grasshoppers klubida boshlagan. 2016-yilning 31-avgustida 2016—2017-yilgi mavsum uchun Karlsruher SCga ijaraga berildi.

Hibernian Kamberi 2018-yil yanvarida Shotlandiya Premyer ligasining „Hibernian“ klubi bilan transfer boʻyicha kelishishdi. 3-yanvar kuni debyut qildi va „Motherwell„ ga qarshi oʻyinda (2:1) birinchi golni urdi. Kamberi Hibsda 3-aprel kuni Hamiltonga qarshi oʻyinda (3:1) xet-trik qayd etdi.

2018-yilning iyun oyida Hibernian Kamberi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 12-iyul kuni NSÍ Runavíkga qarshi Yevropa ligasi saralashida uchta gol urdi.

Rangersga ijara Kamberi 2020-yilning 31-yanvarida „Rangers“ ga ijara asosida o‘tdi. COVID-19 pandemiyasi boshlanganligi sababli Shveysariyaga qaytdi, 2020-yil iyun oyida Hibernianda mashgʻulotlar oʻtadi.

St. Gallen 2020-yilning 6-avgustida „St. Gallen“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Kamberi 2020-yil noyabr oyida COVID-19 uchun ijobiy sinovdan o‘tdi va 2020—2021-yilgi mavsumning boshida St. Gallenda kam o‘ynadi.

Aberdinga ijara 2021-yilning 1-fevralida Kamberi mavsum oxirigacha Aberdin safida ijara asosida top surdi.

Sheffield Wednesday (ijara) 2021-yil 30-iyulda Kamberi Angliyaning EFL League Onesiga tushib qolgan Sheffield Wednesdey jamoasiga o‘tdi . Klubdagi ilk golini 2021-yil 21-avgustda Rotherham Unitedga qarshi o‘yinda (2:0) kiritdi.

Wintertur 2022-yil 7-iyulda Kamberi Wintertur bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati Kamberi Shveysariya terma jamoasining yosh toifadagi jamoalarida o‘ynagan va 2016-yilning mart oyida Angliyaga qarshi o‘yinda 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi safida gol urgan. Kelib chiqishi Albaniyalik boʻlganligi uchu Kamberi Albaniya terma jamoasiga ilk bor 2019-yilning noyabr oyida chaqirilgan.

2021-yil 17-mart kuni Kamberi Andorra, Angliya va San-Marinoga qarshi jahon chempionati saralash bosqichi oldidan Albaniya terma jamoasiga chaqirildi

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarGrasshopper2015—2016Shveysariya Superligasi28310——2932016—2017Shveysariya Superligasi4000—50902017—2018Shveysariya Superligasi0000——00Jami323100050383Karlsruher SC (ijara)2016—20172. Bundesliga15100——151Hibernian (ijara)2017—2018Shotlandiya Premyer-ligasi1490000—149Hibernian2018—2019Shotlandiya Premyer-ligasi33831106443132019—2020Shotlandiya Premyer-ligasi2032055—278Jami53115165647021Rangers (ijara)2019—2020Shotlandiya Premyer-ligasi6100003091St. Gallen2020—2021Shveysariya Superligasi8000—10902021—2022Shveysariya Superligasi0000000000Jami8000001090Aberdeen (ijara)2020—2021Shotlandiya Premyer-ligasi110310000141Sheffield Wednesday (ijara)2021—2022EFL birinchi ligasi234200021275Jami faoliyati162291126517519541

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kosovolik erkak futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Albaniyalik erkak futbolchilar