Nemanja Maksimović () (1995-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Getafe“ klubi va Serbiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Ilk faoliyati Banja Koviljacada tugʻilgan Maksimovic „Srvena Zvezda“ Belgradning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida toʻp surgan, ammo oxir-oqibat uning shartnomasi bekor qilingan. 2013-yilgi UEFA U19 chempionatidagi oʻyinidan soʻng u Sloveniyaning Domjale jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U professional debyutini 2013-yilning 18-oktabrida Zavrč bilan 2:2 hisobidagi durang bilan tugagan o‘yinda o‘tkazgan.

Astana 2015-yilning 7-fevralida Maksimovic Qozogʻiston Premyer-ligasining „Astana“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. 2015-yilning 27-avgustida Maksimovic 2015/2016-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob o‘yinida APOEL darvozasiga hisobni tenglashtirgan golni urgan va bu gol „Astana“ni Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga oloib chiqgan.

Valensia 2017-yilning 2-iyulida Valensiya Maksimovic bilan 2022-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. U klubdagi debyutini 18-avgust kuni La Liga doirasida „Las-Palmas“ga qarshi kechgan oʻyinda Karlos Solerning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan.

Getafe 2018-yilning 16-iyulida Maksimovic Getafe bilan 2024-yilgacha shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Maksimovic 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan Serbiya U19 jamoasida oʻynagan UEFA: Match Report — France 0-1 Serbia — 1 August 2013. U 2015-yilda Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan FIFA U-20 Jahon chempionati uchun Serbiya U20 terma jamoasiga chaqirilgan va finalda qo‘shimcha bo‘limlarga ikki daqiqa qolganida g‘alaba keltirgan golni urgan va bu gol Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etishga yetarli boʻlgan. Maksimovic 2016-yilning 23-martida Polshaga qarshi o‘yinda (1:0) Serbiya terma jamoasi safida debyut qilgan. 2018-yil may oyida u Serbiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibiga kiritilgan, ammo u yakuniy tarkibga kiritilmagan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDomžale2013-20141. SNL1100000—1102014-201516331——194Jami273310000304Astana2015Premyer League23630111103872016313101021043520170000000000Jami54940213208112Valencia2017-2018La Liga15061——211Getafe2018-2019La Liga36140——4012019-20203521070—4322020-202135100——3512021-202235100——3512022-202312000——120Jami15355070001655Karyerada jami249171822832029722

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Serbiya 2016-yil 3 0 2017-yil 1 0 2018-yil 7 0 2019-yil 8 0 2020-yil 7 0 2021-yil 11 0 2022-yil 3 0 Jami 40 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol yarim himoyachilari

Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar