Yiyang (soddalashtirilgan xitoycha: 益阳, anʼanaviy xitoycha: 益陽, pinyin: Yìyáng) — Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Zi daryosi boʻyida joylashgan, Duntinxu koʻli boʻylab choʻzilgan va shimolda Xubey bilan chegaradosh boʻlgan prefektura darajasidagi shahar. 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Yiyang aholisi 4,313,084 nafar kishidan iborat boʻlib, hududda istiqomat qiladi. Avvalgi aholini roʻyxatga olish 2000-yilda boʻlib oʻtgan va unda shaharda 4,309,143 nafar kishi yashashi qayd etilgan Compilation by LianXin website. .

Tarixi Yiyang okrugi miloddan avvalgi 221-yilda Sin Chu davlatini bosib olgandan keyin tashkil topgan. U Yiyang deb atalishiga sabab okrug markazi Yi daryosining (zamonaviy Zi daryosi) shimoliy qirgʻogʻida joylashganida edi. Keyin esa hozirgi hudud Gʻarbiy Xan davrida Changsha knyazligi qoʻmondonligining bir qismiga aylantirildi.

Hududiy boʻlinishi thumb| Yiyang hududini (; I-YANG (YIYANG) AMS, 1953-yil) oʻz ichiga olgan xarita Yiyang ikkita tuman, bitta okrug darajasidagi shahar va uchta okrugni boshqaradi. Quyida taqdim etilgan maʼlumotlarda metrik tizim va 2010-yilgi milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlaridan foydalanilgan. Xarita Inglizcha nomi Soddalashtirilgan xitoycha Anʼanaviy xitoycha Pinyin Maydoni Aholisi Aholi zichligi Ziyang tumani 680 410,542 604 Heshan tumani 1,379 839,265 609 Yuanjiang shahri 2,071 667,104 322 Nan okrugi 1,075 725,562 675 Taojiang okrugi 2,063 769,568 373 Anhua okrugi 4,950 901,043 182 Iqlimi

Qishloq xoʻjaligi Yiyang yaqinida koʻplab tepalikli qishloq xoʻjaligi yerlari mavjud. Shahar atrofida asosiy ekin mahsulotlari ― guruch, choy, bambuk ham yetishtiriladi.

Hukumat Yiyangning hozirgi meri Chjan Chihengdir.

Dinlari Tarixiy jihatdan buddizm va daosizm dinlari Yiyang xalqi hayotida juda muhim rol oʻynagan. Hozirgi vaqtda bu dinlarning ikkalasi ham Xitoyning boshqa koʻplab joylarida boʻlgani kabi tanazzulga yuz tutdi. Biroq, bugungi kunda, buddizm va nasroniylik Yiyangda koʻplab tarafdorlarga ega, mos ravishda bu dinlarga Yiyang aholisining 340,500 hamda 238,100 nafari eʼtiqod qiladi.

Kollejlari va universitetlari

Xunan shahar universiteti ()

Xalqaro munosabatlari Yiyang quyidagilar bilan birodarlashgan:

Namxae okrugi, Janubiy Koreya (2006) Petah Tikva, Isroil (2011) Stara Zagora, Bolgariya (1994.12.04) Guarulhos, Braziliya (2019)

Manbalar

Havolalar Hntj.gov.cn  — shahar haqida qisqacha maʼlumot Turkum:Xitoy shaharlari