Yaponiyaning Toyama prefekturasi Chubu mintaqasida joylashgan shahardir. 2018-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 15387 ta xonadonda 41564 nafar aholi istiqomat qilganKurobe city official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 95,8 nafarni tashkil qiladi. Uning umumiy maydoni 426,31 kvadrat kilometrni (164,60 mi²) tashkil etdi.
Geografiyasi Kurobe Toyama prefekturasining shimoli-sharqida joylashgan boʻlib, topografiyasi Toyama koʻrfazidagi dengiz sathidan tortib, Nagano prefekturasi bilan chegaradosh Shimoliy Alp togʻlarining 3000 metrli togʻlariga qadar davom etadi. Shahar boʻylab Kurobe daryosi oqib oʻtadi.
Iqlimi Kurobe nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi yumshoq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Kurobe shahrida oʻrtacha yillik harorat 13,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2277 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,6 °C atrofida boʻladiKurobe climate data.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Toyama prefekturasi Asahi Nyuzen Kamiichi Nagano prefekturasi Omachi Hakuba
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKurobe population statistics, Kurobe aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Tarixi Bu hududda Aimotohimesha ziyoratgohi joylashgan boʻlib, uning nomini Kurobe daryosi bilan uyqash tuyiladi, ikkalasi ham Kurobe daryosining kuchli iloni haqidagi mahalliy afsonaning markaziy elementini hisoblanadi.
Hozirgi Kurobe hududi qadimgi Etchu provinsiyasi tarkibiga kiritilgan. Ikuji va Mikkaychi shaharlari 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan bunyod etilgan. 1954-yil 1-aprelda Ikuji shahri Sakurai shahri bilan birlashib, Kurobe shahrini hosil qilganKurobe official city history.
2006-yil 31-martda Unazuki shahri (Shimoniikava tumanidan) Kurobega birlashtirildiKurobe official city history.
Hukumat Kurobe toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. right|thumb|270x270px| Kurobe shahar hokimiyati
Iqtisodiyoti Kurobe shahrida YKKning jahon shtab-kvartirasi joylashgan.
Taʼlim tizimi Kurobe shahrida toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi hamda toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.
Transport
Temir yoʻl
22x22px Gʻarbiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi (JR West) — Hokuriku Shinkansen Kurobe-Unazukionsen 22x22px Ainokaze Toyama temir yoʻli Kurobe — Ikuji 18x18px Toyama Chiho temir yoʻli Dentetsu-Ishida — Dentetsu Kurobe — Higashi-Mikkaichi — Ogyū — Nagaya — Shin-Kurobe — Shitayama — Vakaguri — Tochiya — Urayama — Oritateguchi — Oritate — Aimoto — Uchiyama — Otozawa — Unazuki Onsen Kurobe darasi temir yoʻli
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 8
Xalqaro munosabatlar
— Sneek, Friesland, Niderlandiya 1970-yil 10-sentyabr — Macon-Bibb, Georgia, AQSH 1977-yil 10-mayKurobe city official home page — Samcheok, Koreya
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Kurobe darasi Unazuki Onsen
Kurobe shahridan taniqli odamlar
Susumu Kurobe, aktyor Mitsuhiro Miyakoshi, siyosatchi Galereya
Manbalar
Havolalar
Kurobe Unazuki-onsen Tourist Board
Turkum:Toyama prefekturasidagi shaharlar Turkum:Kurobe (Toyama)