<table border="1" cellspacing="0" cellpadding="2" align="right" style="margin-left:1em;"> Merkuriy 24px|Merkuriy astronomik ramzi|alt=☿ 250px Merkuriy (MESSENGER surati) Mehvar tasnifi </tr>O'rtacha radius69 816 927 kmEkssentrisiteti0,20530294Aylanish davri87,969 sutkaSinodik davri115,88 sutkaEng kichik orbital tezligi38.86 km/sO'rtacha orbital tezligi47.87 km/sEng katta orbital tezligi58.98 km/sChekinish3,38°Tabiiy yo'ldoshlar soni0Fizik tasnifEkvatorining diametri4879.4 kmMaydoni7.5×107 km2Massasi3.302×1023 kgO'rtacha zichlik5.427 g/sm3 tortish kuchi3.701 m/s2Aylanish davri-58.6462 sutkaEkliptikaga og'ish burchagi0.01°Albedo0,10-0.12Ikkinchi kosmik tezlik4,25 km/s Sirtidagi Harorat <td> min.*o'rta.maks. 90 K340 K700 K(*Minimal harorat bulut qatlamining eng ustiga oid.) </td> </tr>Atmosfera tasnifiAtmosfera bosimiJuda pastKaliy31,7 %Natriy24,9 %A Kislorod9,5 %Argon7 %Geliy5,9 %M Kislorod5,6 %Azot5,2 %Karbon dioksidi3,6 %Suv3,4 %Vodorod3,2 %<tr>

</table>

Merkuriy yoki Utorid (Atorid)(arab.) — Quyosh tizimidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan soʻng uning yaqinida koʻrinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304–1023 kg; Oʻrtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri 88 sutka. Orbital harakatining tezligi 47,9 km/sek. M. satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, koʻrinma sferik albedosi Ak=0,058. Quyoshdan oʻrtacha uzoklikdagi temperaturasi; Quyosh zenit da boʻlganda T=618 K; nadirda esa G<250 K. Quyoshdan eng uzoq masofada boʻlganda yorugʻligi —0,3 dan + 0,6 gacha yulduz kattaligida. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng boʻlib, kuzatuvchiga uning yoritilgan yarim doirasi koʻrinadi. Yuzasida qora, oqish dogʻlar va kuchsiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N va argon Ag boʻlishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yoʻldoshi mavjud emas.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Astronomiya Turkum:Quyosh tizimi Turkum:Sayyoralar