Fedora Core () – RPMga asoslangan Linux erkin operatsion sistemasining distributivi. Bu distributiv Red Hat firmasi homiylik qiladi.
Tarixi Hozirgi kunda distributivning 16 relizi chiqdi.
Versiya Kod nomi Chiqarilgan sanasi Qoʻllab quvvatlanishi 17 Beefy Miracle May 2012-yil Hozircha eʼlon qilinmagan 16 Verne 8-noyabry 2011-yil Hozir qoʻllab quvvatlanadi 15 Lovelock 24-may 2011-yil Hozir qoʻllab quvvatlanadi 14 Laughlin 2-noyabr 2010-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 13 Goddard 25-may 2010-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 12 Constantine 17-noyabr 2009-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 11 Leonidas 9-iyun 2009-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 10 Cambridge 25-noyabr 2008-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 9 Sulphur 29-aprel 2008-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 8 Werewolf 8-noyabr 2007-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 7 Moonshine 31-may 2007-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 6 Zod 24-oktabr 2006-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 5 Bordeaux 20-mart 2006-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 4 Stentz 13-iyun 2005-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 3 Heidelberg 8-noyabr 2004-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 2 Tettnang 18-may 2004-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan 1 Yarrow 5-noyabr 2003-yil Qoʻllab quvvatlanishi toʻxtatilgan Fedora Red Hat, Inc firmasining AQSHda va boshqa davlatlarda savdo belgisidir.
Fedoraning asosiy qoʻshimcha repozitoriylari Bu repozitoriylar rasmiy emas va har doim oʻzaro mos kelmasligi mumkin, lekin bularning hammasi Fedoraga toʻgʻri keladi.
Livna – Fedora Extras bilan mos, RPMforge bilan ishlay olmaydi, Fedora Core 4-7 va Fedora 8. Repozitoriy asosan multimedia uchun moʻljallangan. MP3 kodeklari, ATI va nVidia video kartalar uchun drayverlar mavjud. RPMforge – Dag paketlari, Dries va FreshRPMS, Fedora Extras bilan mos, Livna bilan zid, Fedora Core 1-5 uchun. Dag – Fedora Core 1-3 uchun. Dries – Fedora Core 1-6 va Fedora 7 uchun. JPackage – Javada yozilgan programmalar mavjud. kde-redhat – KDE varianti va u uchun har xil programmalar. Dribble – oʻyinlar, emulyatorlar va multimediyaga oid repozitoriy.
Fedoraga asoslangan distributivlar ASPLinux – Rossiyaning Linux distributivi boʻlib, ASP Linux kompaniyasining mahsuloti Linux XP – kompaniyasining tijorat mahsuloti. Ishlab chiqaruvchilarning soʻziga qaraganda, Linuxdan Windows XPga koʻchishni yengillashtiradi. Red Flag Linux – Xitoyda ishlab chiqilgan distributiv.
Hozirgi kunda Fedora distributiviga asoslangan 60 donadan ortiq distributivlar mavjud. Batafsil maʼlumotni qoʻyidagi sahifada topishingiz mumkin:proyekta Fedora .
Havolalar Bosh sahifasi Fedora Core oʻrnatish uchun qoʻllanma Fedora Core oʻrnatish uchun qoʻllanma Fedora FAQ FC6 10 minut ichida oʻrnatish Fedora Daily Package
Turkum:Informatika