Christopher Scott Durno () (1980-yil 31-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Christopher Durno Milliy xokkey ligasida (NHL) „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati Yoshligida Christopher Durno 1994-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida 'North York" kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Christopher Durno toʻrt yil davomida „Michigan Tech“ xokkey jamoasi bilan kollejda xokkey oʻynadi. Professional boʻlganidan soʻng, Christopher Durno ECHLda „Gwinnett Gladiators“ va Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Milwaukee Admirals“ xokkey jamoalari safida oʻynadi. 2006—2007-yilgi mavsumni boshlash uchun Christopher Durnoni „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga taklif qilinganidan soʻng, u 2006-yil 25-sentyabrda klub bilan shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Christopher Durno klubning filiali „Norfolk Admirals“ xokkey jamoasiga yuborildi.
2006-yil 28-dekabrda Christopher Durno Sebastien Caron va Matt Keith bilan birga Bruno St. Jacques va P. A. Parenteau evaziga „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga sotildi. Keyinchalik, Christopher Durno 2007-yil 26-yanvarda „Nashville Predators“ xokkey klubi safiga qoʻshild.
Christopher Durno 2007—2008-yilgi mavsumni AHLning „San Antonio Rampage“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. 2008-yil 3-iyulda Christopher Durno „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Shundan keyin, Christopher Durno 2008—2009-yilgi mavsumni „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi bilan boshladi. 2009-yilning 18-yanvarida Christopher Durno NHLdagi debyutini „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6-2 hisobida gʻalaba) o‘tkazdi.
2010-yil 25-iyulda Durno „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi.
Durno 2011-yil 15-iyulda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Keyin Christopher Durno klubning AHLdagi filiali „Charlotte Checkers“ xokkey klubi safiga yuborildi. 2011-yil 6-oktyabrda Christopher Durno yangi jamoaning muqobil sardori etib tayinlandi.
2012-2013-yilgi mavsumning oʻrtalarida Durno 2012-yil 20-noyabrda Italiyaning „Sport Ritten-Renon“ xokkey klubi bilan Yevropadagi birinchi shartnomasini imzoladi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1999—2000Michigan TechWCHA2411230—————2000—2001Michigan TechWCHA35961546—————2001—2002Michigan TechWCHA36781548—————2002—2003Michigan TechWCHA355111660—————2003—2004Gwinnett GladiatorsECHL6820264646137512102004—2005Gwinnett GladiatorsECHL66203656101852782005—2006Gwinnett GladiatorsECHL1312102219—————2005—2006Milwaukee AdmiralsAHL572020405221224182006—2007Norfolk AdmiralsAHL2241561—————2006—2007Portland PiratesAHL121122—————2006—2007Milwaukee AdmiralsAHL2913316244123102007—2008San Antonio RampageAHL802326491097022262008—2009Lake Erie MonstersAHL76182745131—————2008—2009Colorado AvalancheNHL20000—————2009—2010Lake Erie MonstersAHL171081820—————2009—2010Colorado AvalancheNHL4144847100002010—2011Norfolk AdmiralsAHL73191736120300042011—2012Charlotte CheckersAHL53571258—————2012—2013Ritten-RenonITL221012224073366NHL jami434484710000
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari